Falastin bilan o'yinda futbolchilar atayin yutqazishganmi?
22 iyu 2021 00:31
Yangiliklar


Falastin bilan o'yinda futbolchilar atayin yutqazishganmi?
U 2019 yilning yozida O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari Ektor Kuperni ketkazish uchun Falastinga yutqazib berishgani to'g'risidagi mish-mishlarga izoh berdi.
— Men eshitgan gaplarimga qarab ish qiladigan insonmasman. Futbolchilarni ayblash fikridan ham yiroqman. Lekin, o'zim shubhalanadigan o'yinlar bor. JCH saralish yo'lida Livandagi durang, KXDR va Falastinga yutqazishimiz — bu shubhali o'yinlar. Meni aniq faktim yo'q, shunchaki, shubhalanaman...
Bitta fikrni ilgari surmoqchiman: futbolchilar ayniqsa terma jamoada murabbiy tanlamasligi kerak! Ular tayinlangan murabbiy bilan ishlab, natija ko'rsatishga harakat qilishi kerak. Men o'yinchilar terma jamoada murabbiy tanlab o'tirishi hazm qilolmayman. O'z vaqtida ko'rganman, Abramovning o'rniga Qosimov qo'yilgan davrlarga Timur Kapadze va Server Jeparov federaciyaga kelgan, "Olib qolaylik" deb. Lekin, ular Vatan terma jamoasida o'ynayaptimi, murabbiy kim bo'lishidan qatiy nazar, jonini berib o'ynashi kerak. Tamom!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar