So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  2 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  0 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  1 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  13 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  29 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

FAKTLAR. "Neftchi" 8 yildan so'ng kuchli beshlikka qaytdi. Superligada so'nggi bor qachon o'zbekistonlik futbolchi to'purar bo'lgan? Yangiliklar

FAKTLAR. "Neftchi" 8 yildan so'ng kuchli beshlikka qaytdi. Superligada so'nggi bor qachon o'zbekistonlik futbolchi to'purar bo'lgan?

Superliganing o'tgan mavsumi haqida.

Superliganing o'tgan mavsumida nafaqat turnir jadvalida, balki to'purarlar poygasida ham raqobat qizg'in ruhda kechdi. 26-turdan o'rin olgan "Paxtakor" - "Bunyodkor" uchrashuvigacha CHeran, Xebay, Nimeli hisobida bir xil 12ta gol bor edi. Aftidan albaniyalik va liberiyalik hujumchilar CHeran gegemonligiga barham berishi mumkin edi. Ammo engilmas Dragan "Bunyodkor"ga 13 golini urdi va ketma-ket beshinchi yil "oltin butsa" egasiga aylandi. Keling to'purarlar mavzusiga oid ayrim malumot va faktlarga to'xtalib o'tsak. 

— Superliga tarixida ilk bor bir futbolchi qatorasiga 5 yil to'purarga aylandi. Bu borada CHeran o'tgan yilgi rekordini yangiladi. 

— Superligada so'nggi marotaba 2017 yil o'zbekistonlik futbolchi to'purarlar ro'yxatida 1-o'rinni egallagan. 2017 yilgi mavsumda Marat Bikmaev 27ta gol bilan etakchi bo'lgan. 

— Dragan CHeran Superliga to'purarlari tarixidagi 6 legioner hisoblanadi. Xorijlik futbolchilarning "snayper" bo'lishini tarixda ilk bor 2009 yil Rivaldo boshlab bergan. 2009 yilgacha birinchilikni o'zbekistonlik futbolchilar hech kimga bermagan.

— O'zbekiston chempionati antirekordi takrorlandi - chempionat to'purari 13ta gol urdi. 2010 yilda Alisher Xoliqov va Nosir Otaqo'ziev ham 13tadan gol urib to'purar bo'lishgandi.  

— Dragan CHeran Superligada 2018 yildagidan keyingi eng kam golini urdi. Hujumchi o'sha mavsumni 3 ta gol bilan yakunlagan.


Endi esa jamoalarning mavsumdagi natijalari, egallagan o'rinlariga oid faktlarga to'xtalamiz. 

— "Neftchi" jamoasi Superligada 8 yildan so'ng kuchli beshlikka qaytdi. Farg'onaliklar so'nggi bor 2015 yilgi mavsumda Murod Ismoilov boshchiligida 5-o'rinni olgandi.

— "Andijon" Superligada 2010 yilgi natijasini takrorladi. "Bugutlar" o'sha mavsum Amet Memet ustozligida turnir jadvalini 7-o'rin bilan yakunlagan. 

— "So'g'diyona" so'nggi 5 yildagi eng yomon natijasini qayd etdi. Jizzaxliklar oxirgi marotaba 2018 yil 11-o'rinni egallagan. 

— Eng katta sakrashni "Surxon" amalga oshirdi. Arslanov va Tokov shakllantirgan jamoa 11-o'rindan 6-o'ringa ko'tarildi va 2019 yilgi natijasini takrorladi. "Andijon" esa Pro ligadan chiqib 7-o'rinda mavsumni tugatdi. 

— Katta pasayish "Qizilqum"da bo'ldi. Jamoa o'tgan yili 5-o'rindan bu yil 12-o'ringa sho'ng'idi. Navoiyliklar so'nggi marotaba 2019 yil 13-o'rindan joy olgan va Superligada qolgandi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика