Fakt. "Mashal" Termizda tarixiy natija qayd etishi mumkin, Qo'qonga 25 yil oldingi to'qnashuv qaytdi
26 apr 15:51
Yangiliklar
Fakt. "Mashal" Termizda tarixiy natija qayd etishi mumkin, Qo'qonga 25 yil oldingi to'qnashuv qaytdi
Termizda "Mashal" - "Surxon" uchrashuvi bo'lib o'tsa, Jizzaxda "So'g'diyona" - "Andijon", Qo'qonda "Qo'qon-1912" - "Xorazm" qarama-qarshiligi guvohiga aylanamiz. Mazkur uchrashuvlar oldidan ayrim malumotlar bilan o'rtoqlashishni lozim topdik.
- "Qo'qon-1912" va "Xorazm" Superligada 25 yildan so'ng to'qnash keladi. Jamoalar so'nggi bor 2000 yilgi mavsumda o'zaro uchrashgan bo'lib unda mehmonlarning qo'li baland kelgan (2:0). Maydon egalari oxirgi martta raqibini o'z maydonida 1998 yil enggan (3:1).
"Temiryo'lchi" - "Qo'qon-1912" 3:1
08.06.1998. 13-tur
Gollar: Muhiddin Abduvaliev, Dilshod Mavlonov, Sergey Ni - Quvvat To'reev
- Bahrom Haydarov shogirdlari joriy mavsumda uyda mag'lub bo'lmayapti, 3 ta o'yin, 2 durang, 1 g'alaba.
"Qo'qon-1912" - "Andijon" 1:1
"Qo'qon-1912" - "Шo'rtan" 0:0
"Qo'qon-1912" - "Buxoro" 1:0
- "So'g'diyona" 4 yildan buyon Jizzaxda "Andijon"ni mag'lub etishni uddasidan chiqa olayotgani yo'q. "Bo'rilar" oxirgi martta 2021 yilgi mavsumda "burgutlar" ustidan zafar quchgan.
"So'g'diyona" - "Andijon" 4:1
Gollar: Javohir Qahramonov 14, Martin Boake (avtogol) 44, Шohruz Norxonov 53, Sahob Rashidov 90+2, Izzatilla Abdulhaqov 90+3
- Garchi o'yindagi mezbon maqomi "Mashal"ga tegishli bo'lsada, bugungi bahsga Termiz mezbonlik qiladi. "Mashal" esa o'z tarixida Superliga doirasida Termizda "Surxon"ni mag'lubiyatga uchratmagan. 7 ta uchrashuvning 4 tasida durang qayd etilgan bo'lsa, 3 ta o'yinda maydon egalarining qo'li baland kelgan.
27.11.2021. "Surxon" - "Mashal" 1:0
15.06.2020. "Surxon" - "Mashal" 2:2
12.09.2004. "Surxon" - "Mashal" 3:1
03.06.2003. "Surxon" - "Mashal" 1:1
21.09.2002. "Surxon" - "Mashal" 2:2
27.05.1996. "Surxon" - "Mashal" 0:0
27.05.1995. "Surxon" - "Mashal" 4:2
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Суперлига. Голи инобатга олинмаган ва бир киши кам қолган "Пахтакор" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотганига қарамай, мавсумни иккинчи ўринда якунлади
Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаев гол урди!
Fikrlar