So’nggi yangiliklar

15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  16 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  2 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  15 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  4 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  4 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  8 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  16 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  10

Fakt. Qo'qon-1912 Jizzaxda g'alaba qozonmagan Yangiliklar

Fakt. Qo'qon-1912 Jizzaxda g'alaba qozonmagan

Superliga 8-turida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi o'z maydonida Qo'qonning “Qo'qon-1912” klubini qabul qiladi.

O'TGAN  MAVSUMDA

Birinchi davra 14-turida “So'g'diyona”  safarda   “Qo'qon-1912”ga  qarshi bahs olib borgan edi.  Ushbu bahsda o'tkan masumda jamoamiz sharafini himoya qilgan himoyachi Murod Xolmuxammedov 20 daqiqada hisobni  penaltidan ochgan edi. Ko'p  o'tmay 25 daqiqada  Suxrob Berdiev hisobni 2:0 ko'rinishiga  olib kelgan. Birinchi bo'limning so'nggi daqiqalarida Filip Rayevac hisobni yirik 3:0 holatiga olib kelgan edi. Ikkinchi bo'limning 55 daqiqasida Sardor Eminov penaltidan hisobni qisqartirishga muvaffaq bo'ldi 3:1. 76 daqiqada Sanjar Rashidov Nikita Ribkin darvozasini ishg'ol qildi va  shu tariqa o'yin 3:2 hisobida yakunlangan edi.

“So'g'diyona” oliy liganing 29-turida o'z maydonida “Qo'qon-1912”ni qabul qilgan edi. O'yinning 28 daqiqasida Murod Xolmuxammedov penaltidan hisobni ochgan bo'lsa,64 daqiqada Umid Qodirov hisobni tenglashtirgan edi. Bahsning 90 daqiqasigacha qadar tarkibimizda 9 nafar futbolchi to'p tepdi. Umid Qodirov 90 daqiqada gol urib jamoaning g'alabasini taminlagan edi.


O'YINNI VLADISLAV CEYTLIN BOSHQARADI


Ushbu bahsni Vladislav Ceytlin boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda R.Fozilov(Namangan) va  M.Nexochin (Namangan) yordam beradi. Zahiradagi  hakam SHuxrat Rajabov.

Nazoratchi: R.Seraziddinov
O'zPFL vakili: Erkin Baxtiyorov

O'ZARO USTUNLIK

“So'g'diyona” hamda “Qo'qon-1912”  klublari oliy ligada shu kungacha 22 bor kuch sinashishgan.“Qo'qon-1912” hisobida 7 ta, “So'g'diyona” hisobida 11 ta g'alaba mavjud. 4 o'yinda  durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik  jizzaxliklar tomonida:  37:27. “Qo'qon-1912”  o'zaro o'yinlarda 25 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa ,jizzaxliklar 37 ochkoni qo'lga qiritgan.  “Qo'qon-1912”ning eng yirik g'alabasi 4:2, “So'g'diyona”ning eng yirik muvaffaqiyati  5:2.

 “So'g'diyona” maydonida o'tgan barcha uchrashuvlar:
19.11.2017 «So'g'diyona» – « Qo'qon-1912 » 2:1
29.10.2016 «So'g'diyona» – « Qo'qon-1912 » 1:1
26.06.2015 «So'g'diyona» – « Qo'qon-1912 » 2:1
14.09.2002 «So'g'diyona» – « Qo'qon-1912 » 1:0
10.05.2000 «So'g'diyona» – « Qo'qon-1912» 3:2
25.09.1999 «So'g'diyona» – « Qo'qon-1912 » 1:1
14.08.1998 «So'g'diyona» – « Qo'qon-1912 » 5:2
06.09.1995 «So'g'diyona» – « Qo'qon-1912 » 4:0
03.11.1994 «So'g'diyona» – « Qo'qon-1912 » 3:0
29.09.1993 «So'g'diyona» – « Qo'qon-1912 » 1:0
26.08.1992  «So'g'diyona» – «Qo'qon-1912» 1:0


O'ZARO O'YINLAR HAQIDAGI FAKT:

Jizzaxdagi 11 ta o'yindan 9 tasida “So'g'diyona” g'alaba qozongan. 2 ta o'yinda durang natija qayd etilgan. Jizzaxliklar o'z maydonida bo'lib o'tgan uchrashuvlarda qo'qonliklarga 3 ochkoni boy bermagan.


O'YIN VAQTI VA JOYI.

Yoshlar ligasi bahsi 24 aprel kuni soat 16:00 da “So'g'diyona” qarorgohida bo'lib o'tadi. Asosiy tarkib uchrashuvi 25 aprel  kuni  soat 20:30 da “So'g'diyona” stadionida o'tkaziladi. O'yiini “Sport” telekanali orqali jonli tomosha qilishingiz mumkin. Bahsni Xayrulla Xamidov sharxlab boradi.

“QO'QON-1912” DAGI TANISH FUTBOLCHILAR


Jalil Kimsanov 2012-1013 yillarda,Suxrob Berdiev 2013-2014, Murod Xolmuhammedovlar 2015-2016 “So'g'diyona” sharafini himoya qilishgan. Iqbol Malikjonov, Doniyor Hasanov, Akmal Xolmurodovlar “So'g'diyona” tarkibida sobiq jamoalariga qarshi bahs olib boradi.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика