FAKT! "Qizilqum" joriy mavsum o'z maydonida bir marotaba g'alaba qozongan
26 iyu 2021 10:53
Yangiliklar
FAKT! "Qizilqum" joriy mavsum o'z maydonida bir marotaba g'alaba qozongan
Navoiyning "Qizilqum" jamoasi bugun Superliganing 11-turida o'z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qiladi.
Ushbu bahs mezbonlar uchun uydagi ettinchisi hisoblanadi. "Qizilqum" o'z maydonida o'tgan so'nggi beshta uchrashuvda g'alaba qozona olmagan. Umuman Hamid Aktamov shogirdlari faqat 1-turda "Andijon"ni mag'lubiyatga uchrata olishgan.
"Qizilqum"ning joriy yilda uydagi natijalariga etibor qaratamiz.
1-tur. "Qizilqum" - "Andijon" 1-0
3-tur. "Qizilqum" - "So'g'diyona" 1-1
5-tur. "Qizilqum" - "Nasaf" 1-2
7-tur. "Qizilqum" - "Navbahor" 1-1
9-tur. "Qizilqum" - "Paxtakor" 0-1
10-tur. "Qizilqum" - "Surxon" 1-1
Bugun mezbonlar beshta o'yinlik g'alabasiz seriyaga barham bera oladimi?
Fikrlar