FAKT. "Qizilqum" 8 o'yindan buyon Namanganda g'alaba qozona olmayapti
29 okt 2016 12:32
Yangiliklar
FAKT. "Qizilqum" 8 o'yindan buyon Namanganda g'alaba qozona olmayapti
Oliy liganing 27-turida "Qizilqum" klubi safarda "Navbahor" mehmoni bo'ladi.
Navoiy klubi ushbu jamoa maydonidagi oxirgi 8ta o'yinda umuman g'alaba qozona olmagan. So'nggi bor "Qizilqum" 2007 yilgi mavsumda Namangandan 3 ochko bilan qaytgan edi. Umuman olganda vodiyda o'tgan 16ta o'yinning faqat ikkitasida "Qizilqum" g'alabaga erishgan.
"Navbahor" - "Qizilqum" uchrashuvi 16:00da boshlanadi.
Fikrlar