Fakt: "Man Siti" "Borussiya"ni rasmiy o'yinlarda mag'lub qilolmagan
06 apr 2021 17:57
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/629474_original.jpg)
![](/upload/storage/629474_220.jpg)
Fakt: "Man Siti" "Borussiya"ni rasmiy o'yinlarda mag'lub qilolmagan
Bugun Dortmundning "Borussiya"si Manchesterda mehmon bo'ladi. SHu munosabat bilan mazkur jamoalar o'rtasidagi uchrashuvlar tarixiga nazar tashlaymiz.
"Manchester Siti" dortmundliklar bilan rasmiy o'yinlarda faqat 2 bor to'qnash kelgan. Ushbu o'yinlar Echropa CHempionlar Ligasi 2012-2013 yilgi mavsumining guruh bosqich bahslariga to'g'ri keladi. O'shanda "Real", "Man Siti", "Ayaks" va "Borussiya" D guruhida o'rin egallagan, yakunda nemis va ispan grandlari keyingi bosqichga yo'l olgan edi. Guruh bahslarini mag'lubiyatsiz o'tkazgan dortmundliklar 14 ochko bilan guruhni peshqadam sifatida yakunlagan bo'lsa, "shaharliklar" 3 ochko bilan oxirgi pog'onani band qilgan.
"Siti" va "Borussiya" o'rtasidagi dastlabki o'yin 2012 yilning 3 ontyabr kuni "Etihad"da o'tkazilgan. Uchrashuvda hisob nemislar vakili Marko Roys tomonidan ochilgan. Zahiradan maydonga tushgan Mario Balotelli esa 90-daqiqa o'tib borayotgan paytda Roman Vaydenfyoller darvozasini ishg'ol qilib, inglizlarga 1 ochko olib bergan edi.
"Manchester Siti" 1:1 "Borussiya" Dortmund
Gollar: 0:1 - Roys 61, 1:1 - Balotelli 90 (pen.)
Manchester Siti: 1. Xart, 4. Kompani, 22. Klishi (45. Balotelli, 81') , 33. Nastasich, 5. Sabaleta, 14. Garsiya (17. Roduell, 34') , 42. Ture Yaya, 21. Silva, 8. Nasri (13. Kolarov, 57') , 16. Aguero, 10. Jeko
Borussiya D: 1. Vaydenfeller, 15. Xummels (27. Felipe Santana, 74') , 29. SHmelcer, 4. Subotich, 6. Bender S., 10. Gyotce (5. Kel, 88') , 11. Roys, 16. Blashhikovski, 26. Pishhek, 8. Gyundogan (19. Grosskroyc, 82') , 9. Levandovski R.
Ogohlantirishlar: Kompani 28', Ture Yaya 85', Blashhikovski 58', Roys 92'.
Yurgen Klopp va Roberto Manchini shogirdlari o'rtasidagi 2-o'yin dekabr oyining 4-sanasida o'tkazilgan va Yulian SHiberning goli "Borussiya"ga g'alaba keltirgan edi.
"Borussiya" Dortmund 1:0 "Manchester Siti"
Gol: SHiber 57.
"Borussiya D": 1. Vaydenfeller, 15. Xummels, 27. Felipe Santana, 29. SHmelcer, 7. Leytner, 11. Roys (16. Blashhikovski, 46') , 21. Kirx, 44. Perishich I., 8. Gyundogan, 19. Grosskroyc, 23. SHiber (9. Levandovski, 77').
"Manchester Siti": 1. Xart, 4. Kompani, 6. Leskott, 33. Nastasich, 3. Maykon, 14. Garsiya, 18. Berri, 8. Nasri (5. Sabaleta, 69') , 11. Sinkler (16. Aguero, 57') , 32. Teves, 10. Jeko (45. Balotelli, 65').
Ogohlantirishlar: Garsiya 29', Leskott 60', Balotelli 92'
Bugungi o'yin jamoalar uchun 3-si bo'ladi. Ko'ramiz, "shaharliklar" o'z tarixida 1-bor "arilar"ni mag'lub qila biladimi...
Manchester City Kevin De Bruyne - 19', Phil Foden - 90' |
Champions League Final Stage . Quarter Finals-tur 07/04/2021, 01:00 1
:
2
Tugadi
|
Borussia Dortmund Marco Reus - 84' |
Stadion: Etihad Stadium, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Ovidiu Hategan
"Liverpul" "Real"ni "tiz cho'ktirgan" o'yinni eslaymiz (+umumiy statistika)
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar