Fahad Al Muvallad ikkinchi marta futboldan chetlatildi
18 may 2022 18:10
Yangiliklar
Fahad Al Muvallad ikkinchi marta futboldan chetlatildi
Ushbu futbolchi Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasi hamda "Al Ittihod" klubi azosi hisoblanadi.
Fahad Al Muvallad 2019 yilning may oyida taqiqlangan dori istemol qilgani tufayli bir yilga futboldan chetlatilgandi. "Al Ittihod" futbolchisini yaqinda "Al Nassr"ga qarshi o'yindan so'ng yana tekshirib ko'rishdi. Uning qonida taqiqlangan modda topilgani sabab futbolchi yana bir yilga chetlatildi.
Klub shifokorining aytishicha, bu hech qanday taqiqlangan dori emas, balki mushaklardagi og'riqni olishga yordam beruvchi vosita ekan. Ammo Saudiya Arabistoni anti-doping qo'mitasi hozircha klub shifokorining gaplariga quloq solmayapti.
SHunday qilib Fahad Al Muvallad faoliyatida ikkinchi bor bir yilga katta futboldan chetda qoladigan bo'ldi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar