Fabregas: “Mourinyuni do'stim deb bilaman”
18 noy 2020 19:30
Yangiliklar
Fabregas: “Mourinyuni do'stim deb bilaman”
“Monako” xavbeki Sesk Fabregas “Tottenxem” ustozi Joze Mourinyu haqida gapirdi.
Joze “CHelsi” boshqaruviga qaytganidan keyin 2014 yil Fabregasni o'z jamoasiga taklif qilgan.
“Barselona”dan ketganimdan so'ng, Mourinyu meni eng ko'p ilhomlantira oldi. “Arsenal”da bo'lganimda, u “CHelsi”da va “Barsa”daligimda esa u “Real”da ishlardi.
U “CHelsi”ga qaytganidan so'ng esa menga o'z loyihasi haqida gapirib berdi. O'zimning bor jihatimni ko'rsatishimga amin bo'lgan joyga borishni istadim. Qarorim kimlargadir bog'liq emasdi, chunki professionallik aspekti ham bor edi. Hozirga kelib ham Mourinyuga xat yozib turaman va uni o'z do'stim deb bilaman. Faoliyatimdagi eng qiyin pallalarda u menga katta yordam berdi. Ehtimol, u bilan faoliyatimdagi eng yaxshi mavsumlarimdan birini o'tkazgandirman”, deydi Fabregas.
Fikrlar