So’nggi yangiliklar

19:53"Бухоро" Руминия жамоаси билан дурангга рози бўлди  1 19:32Ўзбекистон U-16 термаси "Бунёдкор" U-19 жамоасидан устун келди  3 19:13Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Хитойга етиб борди  9 18:58"Манчестер Юнайтед" футболчиси жароҳат сабаб 10 ҳафтани ўтказиб юборади  3 18:32Украина терма жамоаси ҳимоячиси: "Ҳусанов ҳақиқатан ҳам яхши сифатларга эга"  2 18:03Мудрик ушбу мавсум майдонга қайтмайди  0 17:33Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Вьетнамга имкониятни бой берди  2 17:08Арсен Венгер: "Мен Кэррикни табриклашим керак"  1 16:39"Ғазалкент" биринчи ғалабасига эришди  1 16:13"Қизилқум" "Факел" билан жанговар дуранг ўйнади, Кенжабоевдан хет-трик!  4 15:48"Реал" бразилиялик ҳимоячига кўз тикди  0 15:25"Пахтакор" ёшлар жамоаси Қатарга йўл олди  1 15:03Винисиус Жуниор "Реал" раҳбариятига келажаги бўйича аниқ баёнот берди  8 14:35"Каттақўрғон" ва "ҚМУ Жайхун" Про лигада қатнашади  2 14:08Абдуқодир Ҳусанов Осиё рамзий терма жамоасидан жой олди  14

Fabregas: "Azar "Real"ga ko'p narsa bera oladi" Yangiliklar

Fabregas: "Azar "Real"ga ko'p narsa bera oladi"

"Monako" yarim himoyachisi Sesk Fabregas sobiq jamoadoshi Azarning "Real"ga o'tishi, Grizmanning "Barselona"ga transfer qilinishi va o'zining Ispaniyaga qaytishi mumkinligi haqida gapirib o'tdi.

"Azar betakror futbolchi. U aynan "Real" uchun juda katta foydasi tegadigan futbolchi. CHunki u maydonda katta hududda harakatlanadi. U to'pni egallashni va uni nazorat qilishni yaxshi ko'radi. To'pni boshqa bir joyda qabul qilib, darvoza tomoni "yurish"ni xush ko'radi. Unga "ushbu poziciyani egalla va shu joyda qol" deb bo'lmaydi. 

Masalan, "Barselona"da hamma pozicion futbol ko'rsatishga urinadi. To'pni bir birlariga aniq uzatishlari uchun hamma o'z poziciyasida bo'lishi talab etiladi. Azar esa doim to'p bilan bo'lishi va unga erkinlik lozim. U "Real"ga ko'p narsa berishi mumkin.

Grizmanning "Barselona"ga o'tishi men uchun "syurpriz" bo'ldi. U o'tgan yili "Atletiko" bilan shartnomasini uzaytirganida, bu klub bilan buyuk natijalarga erisha olishi mumkin deb o'ylagandir. Ammo futbol o'zgarmoqda. Uning kataloniyaliklar safiga o'tishi "Barsa"ni yanada kuchliroq qiladi. CHunki Antuan haqiqatan yaxshi futbolchi va jamoaning hujum chizig'ida muhim rol o'ynashi aniq.

32 yoshda Ispaniyaga qaytish haqida o'ylashim qiyin.  Men "Barselona"da to'p tepishni istagandim va uch yil bu jamoa sharafini himoya qildim. U erda ko'plab sovrinlar yutdim va baxtli edim. Yana o'z yurtimga qaytib to'p tepishim uchun juda ko'p holatlar sodir bo'lishi kerak", deydi Fabregas.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика