FA Anelkani “Vest Xem”ga qarshi o'yinda millatchilik ruhida qilgan qo'l ishorasi uchun ayblayapti
21 jan 2014 15:19
Yangiliklar


FA Anelkani “Vest Xem”ga qarshi o'yinda millatchilik ruhida qilgan qo'l ishorasi uchun ayblayapti
Angliya Futbol associaciyasi (FA), “Vest Bromvich” hujumchisi Anelkaning premer-liga doirasida “Vest Xem”ga qarshi o'yin vaqtida qilgan millatchilik ruhidagi qo'l ishorasi uchun aybdor deb topdi.
23 yanvarda Anelka bu nojo'ya harakati uchun tushuntirish ishlarini olib borishi kerak bo'ladi.
Agar Anelkaning aybdorligi rasman tasdiqlanadigan bo'lsa, u 5 ta o'yindan 10 ta o'yingacha diskvalifikaciya qilinishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, kuni kecha, “Vest Bromvich” Anelkaning hatti-harakati uchun homiysidan ayrilgan edi.

Fikrlar