So’nggi yangiliklar

00:27Ёзги транфер ойнасида рекорд даражада кўп трансфер амалга оширилди – ФИФА  0 00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  1 22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  1 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  1 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  3 21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0 20:44Ўзбекистон миллий терма жамоасининг тўлиқ таркибдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 20:31Ўзбекистон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши иккита ўртоқлик ўйини ўтказади!  5 20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  8 19:37Дешам: "Килиан Мбаппе робот ёки супермен эмас"  5 19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  5 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида: "26 ёшда пул — асосий мақсадингиз бўлмаслиги керак"  2

Eydur Gudonsen: "Do'stlardagi "Joui"ga taqlid qilardim" Yangiliklar

Eydur Gudonsen: "Do'stlardagi "Joui"ga taqlid qilardim"

Mo'jazgina, ammo mag'rur Islandiya betakror tabiati va vulqonlari bilan tanilgan. Ammo ularning hech biri mazkur yurt o'g'lonlarining mashhurliklari oldida ip esholmaydi.

Joriy yil yozida esa futbol dunyosi - Eydur Gudonsen tufayli yana shon-shuhrat cho'qqisiga chiqdi. Uning yoshi 37da, lekin futbol o'ynashda davom etyapti, oilasi esa (katta o'g'lidan tashqari) Barselonada yashayapti - aynan o'sha erda Gudonsenlarning yangi avlodi bir oyog'i bilan Barsa akademiyasida turibdi. Yaqinda fantastik darajadagi karera egasi bo'lgan islandiyalik afsona Da Greko restoranida o'tirgancha fanatlar savollariga javob qaytardi.

- Professional futbolchi farzandi bo'lganingiz bois muvaffaqiyatga erishishingiz oson kechganligi rostmi? Agar futbolchi bo'lmaganingizda, qanday kasbni tanlardingiz?

- Men futbolni tanlamadim, chunki futbolchi farzandi bo'lganim uchun u mening qonimda bor edi. Aytishlaricha, ilk bor to'pni ko'rganimdan keyin boshqa hech narsaga etibor bermagan ekanman. 3 yoshligimdayoq professional futbolchi bo'lishimni bilardim! Otamning o'yinlarini ko'rishni yoqtirardim va hech qachon boshqa kasb haqida o'ylamaganman.

- Ronaldo bilan birga PSVda o'ynash sizga yoqarmidi? Axir yoshingiz endigina  17da edi, nahotki undan biror narsa o'rganolmagan bo'lsangiz?

- Men katta iqtidor egasi bilan o'ynayotganimni tezda tushundim. O'shanda u 19da edi - mendan 2 yoshgina kattaroq, ammo uning oldida men bola edim, u esa haqiqiy erkak. U yugura turib mo'jiza ko'rsata olar, to'pni turli ko'ylarga solardi. Normal futbolchilar - hatto birinchi darajalilari ham - yugura turib to'pni o'zlariga bo'ysundirish uchun tezliklarini kamaytirishadi, u esa aksincha harakat qilardi. Uni to'xtatishning imkoni yo'q edi. Hech kim u kabi o'ynay olmasdi. Undan men ikki qavatli devor uslubini o'rgangandim.

- Islandiya termasi tarkibida otangizning o'rniga maydonga tushganingizda nimalar haqida o'yladingiz?


- Otam bilan bir bahsda maydonga tushishning o'zi ajoyib. Ayniqsa, otam o'rniga meni maydonga tushirishganiga ishongim kelmasdi. U esa mening peshonamdan o'pdi - malum bo'lishicha, otam mendan ham qattiqroq hayajonda ekan. Futbol associaciyasining sobiq prezidenti va Vest Xem direktori Eggert Magnusson otam bilan birga o'ynashimizga ruxsat bermaganligi to'g'risidagi gap-so'zlar yolg'on. 6 haftadan keyin yana bir o'yin bo'lishi va biz birga maydonga tushishimiz lozim edi, ammo olgan jarohatim pand berdi. O'sha jarohatdan keyin otam yana 2 yil to'p surdi, ammo birga maydonga tushish bizga boshqa nasib qilmadi.


- CHelsi tarkibida o'ynayotganingizda gol urganingizdagi qo'l harakatlaringiz nimani anglatardi?

- (kuladi) O'ylashimcha, Do'slar teleserialidagi Jouiga taqlid qilgan bo'lsam kerak. Epizodlardan birida u CHendlerning barcha ich kiyimlarini kiyib oladi-da so'raydi: Yana biror narsa kiyishim mumkinmi?. SHundan so'ng qo'li bilan qandaydir ishoralarni qiladi, menga esa shu harakatlar yoqib qolgandi.

- Siz Jimmi Floyd Xasselbaynk bilan tez til topishib ketdingiz. Oldin ham do'stmidinglar? Uning murabbiylik sohasidagi muvaffaqiyatlaridan hayratdamisiz?


-Biz turlicha o'ynasak-da, futbolga munosabatimiz bir xil edi. Jimmida zarba kuchli, men esa to'g'ri poziciyani egallab, to'p oshirishlarini kutardim. Odatda men undan uzilib qolardim va o'yinga chuqurroq kirib ketardim, ammo o'yin aynan bizning harakatlarimizga moslashardi. Ajoyib davrlar edi. Biz do'stlashib ketdik hatto yangi yilni ham birgalikda kutib oldik. U yangi ishda ham muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotganidan hayratda emasman, boisi u futbolni yaxshi tushunadi. Boz ustiga, barcha gollandiyaliklar singari o'ta qaysar, ammo maqsad sari dadil bora oladi.

- 2003|2004 yillar mavsumi, CHelsi CHL chorak finaliga Monako, Portu va Deportivolar bilan yo'l oldi. O'shanda muvaffaqiyatga ishonchingiz komilmidi? Monakoga yutqazib qo'yish og'ir bo'lgindar?


- Biz finalga yo'l olishimiz shart edi. Monakoda esa biz taktika tanlashda xatoga yo'l qo'ydik. Mehmonda 1:1 hisobidagi durang va bizda bir o'yinchi ko'p. O'yinchi almashtirishlar foydali bo'ldi, ammo biz yutqazdik. Monako yaxshi klub, ammo buyuk jamoa emasdi va biz g'alaba qozonishimiz shart edi. Uydagi 3:1 hisobidagi mag'lubiyatni hech birimiz kutmagandik.

- Ko'pchilik jamoaga Joze Mourino bosh murabbiy etib tayinlangach, siz klubni tark etishingizni kutgandi, ammo siz qoldingiz va unga yordam bera boshladingiz. Joze sizga nima dedi? Balki nimanidir unga tushuntirishingizga to'g'ri kelgandir?


- Yangi murabbiy kelganining ertasiga Piter Kenon u men bilan gaplashmoqchi ekanligini malum qildi. Uchrashuvimizda esa Joze shunday dedi: Eydur, men yangi murabbiyman. CHelsidan ketish to'g'risida o'ylay ham ko'rma. Sen menga keraksan, albatta, yaxshi formada. 5 iyuldan ishga kirishishga tayyorlan.  Bor gap shu, xolos.

- APLda birinchi bo'lish qanday ekan, boz ustiga Bolton stadionida? Bu yanada yoqimliroq bo'lgandir? CHelsi rosa bayram qilganmidi?


- G'olib bo'lishning o'zi etarli bo'lgandi, ammo yodimda - Boltonning ayrim fanatlari mening ismimni qo'shiq qilib aytishgandi va bu ishoning, juda yoqimli edi. Boltonni va u erdagi odamlarni yaxshi ko'raman. Ikki bor u erda alo darajada o'ynadim. Bayram qildingizmi, deb so'rayapsizmi? Umuman olganda, hech qanday nishonlash bo'lmadi - oldinda Liverpul bilan CHLdagi bahs kutardi.

-  2000 yildagi CHelsi 2006 yildagisidan katta farqqilarmidi?


- Tarkib borasida ular teng edilar. Ammo 2006 yildagi ruh haqiqiy chempionlarga xos edi. Klaudio Raneri ajoyib yigit va murabbiy edi, biroq  Mourino maqsad sari intiluvchanligi bilan ajralib turardi. Jamoaning o'rtacha yoshi ham ideal darajada edi. Janluki Vialli jamoasiga borib qo'shilganimda, u erda tajribali, yosh yigitlar ko'p bo'lib, qariyb hech kim 24-27 yoshda emasdi - bu esa o'yinchi uchun ideal yosh.

- Barsaga o'tish uchun Realga rad javobi berishingizga to'g'ri keldimi?


- O'shanda Real men bilan qiziqayotgani to'g'risida gap-so'zlar paydo bo'lgandi. Umuman olganda, aynan ular ispan klublari orasida birinchi bo'lib men bilan qiziqqandilar. Ammo o'shanda ularda saylovlar o'tayotgani bois, hatto murabbiylari ham yo'q edi, shunday bo'lgach, qiziqish qay darajada jiddiy bo'lgani haqida hozir biror narsa deyish qiyin. Barselona shartnoma taklif qilganida uning hamma ishi joyida edi, endigina CHLda g'olib bo'lishgandi. Men: Gap-so'z bo'lishi mumkin emas. Qaerga imzo qo'yishim kerak, deb o'yladim o'zimcha. Barselonaga oid mish-mishlar biz evrokuboklardan chiqib ketganimizdan so'ng mengacha etib kelgandi.

- Sizni Xenrik Larssonning o'rniga xarid qilishdi. Bu darajadagi taniqli shaxs o'rniga maydonga tushishingizni o'ylab hayajon bosganmidi?


- Men kimni almashtirishimni mutlaqo bilmagandim. Keyinchalik ikkimiz ham shimol mamlakatidan va bir xil raqam ostida o'ynashimiz haqida xabar topdim. Men zahiradan maydonga tushishim va gol ham urishim mumkin edi, ammo mahalliy ishqibozlarning Xenrik Larsson har o'yinda g'alaba to'pini urishi haqida eshitish oson emasdi. Uni hech kim esdan chiqarmagandi va men ham buni uddalayolmasdim. U chindanam buyuk o'yinchi edi. SHunga qaramay, qo'shimcha bosim paydo bo'lmadi - zero, Barsaga o'tishning o'zi bosim paydo qiladi. CHelsida mashg'ulotlar yuqori darajada o'tardi, bu erda esa yanada yuqori darajada ekan. To'p oshirishing qanchalik kuchli bo'lmasin, futbolchi uni ideal darajada o'ziga bo'ysundira olardi. To'pni yo'qotsang esa uni qaytarib olishning imkoni yo'q edi.

- Siz Joze Mourino va Pep Gvardiolalar qo'l ostida to'p surgan kam sonli futbolchilar sirasidansiz. Ularni nima yaqinlashtirardi-yu, nima farqlardi?


- Futbol tili bilan aytganda, Joze ko'proq himoya to'g'risida o'ylardi. Yo'q, bu o'yin uslubiga emas, raqibni o'rganishiga bog'liq. Gvardiolani esa jamoa qanday o'ynayotganiga qarab baholash mumkin. Ularning harakatlari ham turlicha. Gvardiola doimo xotirjam va janjallashishga toqati yo'q, Mourino esa aksincha, cho'rtkesar, gapirgan gapiga javob berishga doimo tayyor. Joze janjallarni xush ko'rar va o'yinni qattiq turib muhokama qilish tarafdori edi. Gvardiola bo'lsa bunday holatlardan o'zini olib qochardi.

- 2010 yilda Tottenxemga ko'chib o'tdingiz. O'shanda Vest Xem transferiga qanchalik yaqin kelgandingiz va nima sizni shporlar eng yaxshi variant ekanligiga ishontirdi?


- CHindan ham Janfranko Zoloy - Vest Xem murabbiyi bilan muzokaralar bo'lgandi, ammo Angliyaga keta turib men Garri Rednapp bilan telefon orqali gaplashdim. U shuningdek, agentim va dadam bilan suhbatda bo'ldi. Londonga qo'ngach, oldimda 2 yo'l turgandi - yo Tottenxem yoki bo'lmasa Vest Xem. Men CHLda o'ynash uchun kurashayotgan va turnir jadvalining quyi o'rinlari uchun kurashmayotgan jamoani tanladim.

- APL va primeroda to'p surdingiz. Qaerda o'ynash og'irroq bo'lgandi?


- Texnik jihatdan olganda - Ispaniyada, jismoniy jihatdan - Angliyada.

  - Bolton va Barselonadagi o'yinlaringiz o'rtasida qanday farq bor?


- Ob-havoni hisobga olmaganda katta farq yo'q. Boltonda atmosfera elektrlashtirib qo'yilganday tuyulgandi, Ispaniyada esa fanatlar doimo: Avval birorta arzirli ish qil va shundan so'nggina bizdan qarsak kut, deyishayotganday edi. Ribokdagi atmosfera doim yuqori bo'lardi, 27 ming muxlis esa xuddi 98 ming kishiday olqishlardi. Afsus, Bolton bilan ko'p o'ynolmadim, ammo biz Angliya kubogi doirasida Liverpulga qarshi to'p surdik, o'shandagi atmosfera aqldan ozdirar darajada edi.

- Frenk Lempard, Lionel Messi va Garet Beyl kabi gigantlar bilan ularning karerasi boshida birga to'p surdingiz. O'shanda ularning qay biri yulduz darajasiga chiqishini bilganmidingiz? Balki, jamoadoshlaringiz orasida kimdir kutganingizdan ko'ra yomon o'ynagandir?


- Xarri Keyn kutganimdan ko'ra yaxshiroq to'p surdi. Bu futbolchi iqtidorini 100 foiz oldindan aytib bo'lmasligini yana bir karra isbotlaydi. Frenk Lempard to'g'risida ham shunday degan bo'lardim. Messi masalasida esa hech qanday shubha yo'q edi.

- Xitoyda qanday paydo bo'ldingiz? Imkon qadar ko'proq maydonga tushish uchunmi?

- Men Boltondagi mavsumimni qaytarishni xohlamagandim. Hammasini mavsum boshidan boshlamoqchi edim. Ammo Bolton men bilan shartnoma tuzmadi. Endi biz barcha muammo pulda bo'lganligini bilamiz. O'sha kunlari Xitoydan taklif kelib qoldi va men rozi bo'ldim. Keling, ochiqchasiga gaplashaylik: CHin o'lkasiga yo'l olarkansan, ko'proq pul topishni o'ylaysan. Lekin qarorimga faqat bularning o'zigina tasir ko'rsatmadi - futbol o'ynashda davom etmoqchi edim. Maydonga 14 marta chiqdim va har safar 40 ming kishilik o'yingoh liq to'lardi. Jamoamiz uyushgan va shartnoma asosida o'ynardi. Ayrim paytlarda so'l qanotda o'ynashimga to'g'ri kelardi va o'shanda Bu erda to'p surishga yoshim o'tib qolibdi, deb o'ylardim.

- Evro-2016dagi Islandiya to'g'risida nima deb o'ylaysiz? Mazkur turnirda qatnashishning o'zi katta gap bo'lib turgan paytda fantastik ishtirok...

... Intervyuning to'liq qismini "Interfutbol" saytida o'qishingiz mumkin

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика