So’nggi yangiliklar

23:28Улуғбек Бакаев: “Арал” кучли иштиёқ эвазига ғалаба қозонди”  0 23:21Россия кубоги. Файзуллаев ассист қайд этган ўйинда ЦСКА "Краснодар" устидан ғалаба қозонди  1 23:06ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Интер". Бошланғич таркиблар аниқ!  1 22:55ОЧЛ 2. "Насаф" Қувайтда нурсиз дуранг қайд этди, Абдувоҳид Неъматов қаҳрамон!  139 22:41Неъматилло Қуттибоев: “Йўқотишлар сабаб ротацияларга мажбур бўлаяпмиз”  0 22:28Матиас Роса: "2021 йил Ўзбекистонга келганимда, шаҳарда кўзга кўринарли маскан йўқ эди, ҳозир эса аксинча"  1 22:04Расман: "Рома" клубига янги бош мураббий тайинланди  3 21:45Футзал бўйича ЖЧ-2024. Аргентина Афғонистонни қийинчилик билан мағлуб этди, Испания эса Янги Зеландияни аяб ўтирмади  8 21:35Футзал бўйича ЖЧ 2-тур. "Бауырлар" ишончли хисобда ғалаба қозонишди, Бразилия 8 та, Таиланд 10 та гол урди  0 21:29ЕЧЛ. "Болонья" – "Шахтёр", "Спарта Прага" – "Ред Булл". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 21:17Футзал ЖЧ. Украина ва Ангола ўртасидаги шиддатли учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 21:05Ҳелбер: "Ҳар қандай футзалчи жаҳон чемпионатига келиб, гол уравермайди"  0 20:36Иҳор Корсун: "Голларимни мамлакатимизни ҳимоя қилаётган қуролли кучларимизга бағишлайман"  7 20:19Россия кубоги. ЦСКА – "Краснодар". Файзуллаев бошланғич таркибда  0 20:13Михайло Зварич: "Узоққа қарамаймиз, ҳар дақиқа, ҳар ўйин ҳақида бош қотирамиз"  0

Ex, zarbalarning o'ndan biri kirganidami... Yangiliklar

Ex, zarbalarning o'ndan biri kirganidami...

Kecha o'yindan keyin asabim ochiqchasiga buzildi. Ishtaha bilan ishlab turganingda, natija "paq" etib tursa sovub ketasan kishi.

O'yindan oldin Akbar Ismatullaevning tishida qattiq og'riq turganligi bois asosiy tarkibda tushmasligi malum edi. Qolgan futbolchilar Gonkongga qarshi 100% tayyor edilar. O'zbekistonda mazkur o'yin translyaciya qilinmaganligi uchun ko'pchilik natijadan qoniqmadi. Boisi hech kim o'yinni ko'rmagadi. O'yin esa haqiqatdan ham zo'r bo'ldi. Ilk daqiqalardanoq hujum uyishtirdik. Gonkong esa Mourinoga dars berdi. Avtobus qo'yish bo'yicha eng kuchli terma jamoalardan biri bo'lsa ajab emas.

O'yin huddi Yangi Zellandiyaga qarshi kechgan bahsga o'xshab ketdi. To'pka bir marotaba tegish va sheriklarni pas bilan taminlash orqali. Bu tarkib ham huddi MTJ kabi o'yinni bir xilda quryapti. Demak, bu futbolchilar MTJga o'tib yangi dunyoga tushib qolmaydilar.

Ilk burchak to'pini 5-daqiqada ishladik. Davron Hoshimov o'yinda deyarli hujumkor yarim himoyachi vazifasida to'p tepdi. CHunki Gonkong maydon markaziga borish uyoqda tursin, 16talik ichida ahyon, ahyon chiqib turdi. 

Kechagi o'yinda asosan ikkita futbolchimiz yaqqol ajralib turdi, bu Davron Hoshimov va Sardor Rashidov. Sardor bazan o'ng, bazan chap qanotda harakat qildi. O'ng qanotga o'tgan payti terma jamoamizning hujumlari havfli ko'rinish oldi. Sababi bu erda u Hoshimov bilan pas o'ynab jarima maydonchasi ichiga to'pni etkazib turdi. 

Jarima maydonchasi ichida 2-3ta futbolchini yorib kirishga erishgan futbolchilarimiz oldida yana 5ta gonkonglik turardi. Kechirasiz-ku, ularni ham aldashni iloji bo'lganda bunday futbolchi hozir "Barselona" yoki "Real"da bo'lardi. Bunday vaziyatda uzoqdan zarba berishga o'tish kerak. Meni quvontirgani zarbalarimiz endi sal pastroq uchyapti. SHu kungacha futbolmi bu, yoki regbi derdik. Mana sekin-sekin o'nglanyapti. SHunday zarbalardan To'xtaxo'jaev, Rashidov, Iskanderov va Kozak bir necha marotaba berishdi. Ayniqsa Rashidovniki "podushka" uslubida bergan zarbalari juda havfli ko'rinish oldi. Faqat sal ishlov berish kerak, buning uchun mashg'ulot bor. Sardor shu maqolani o'qishiga ishonaman, Sardor, senga butun O'ZBEKISTON ko'z tikyapti, uyaltirma uka! O'zingni qo'lga ol, shunday tepginki, to'p "DEVYATKA"ga kirib ketsin.



  • Sardorga murojaatim. Keyingi o'yinda yo bitta gol yoki ikkita golli pas bo'lmasa, rasm boshqa chiqmaydi! Qani, vatan uchun, O'zbekiston uchun, ota-ona uchun. Ko'zingdagi olovdan o'rmon yonsin! 


13-daqiqadayoq hisobni ochishimiz mumkin edi. Rashidov - Iskanderov kombinaciyasidan keyin to'p Sergeevga etkazildi. Odatdaagidek, Sergeevni 4 kishi qo'riqlayotgan edi. Ko'p o'tmay Fozilning zarbasi avtobus oynasiga tegib "sindi". Raqiblarimiz 20-daqiqada qarshi hujum uyishtirdilar. Eldor Suyunov shu bilan 80-daqiqa to'pni o'z jarima maydonchasi ichida ko'rdi. 34-daqiqada esa Kozak gol urishi mumkin edi. Bu safar unga Sergeev pass oshirdi. Navro'zda ham ikkita imkoniyat bo'ldi. Ammo, lekin, biroq...

Uchrashuvning eng esda qolarli vaziyati  71-daqiqaga to'g'ri keldi. Sal avval muxlislarni qarsaklariga sababchi bo'lgan Rashidov Musaevning pasidan keyin bo'sh qolgan darvozaga to'pni yo'naltirdi. Lekin... Lekin, hech kim kutmaganda qaerdandir gonkonglik himoyachi, huddi urushda vatanini himoya qilayotgandek bor kuchi bilan oyoqlari bilan sirpanib deyarli darvozaga kirayotgan to'pni olib chiqib ketdi. O'zi esa ustunga urilib shifokorlar yordamiga muhtoj bo'lib qoldi. Bu erda men ko'proq zarbadan ko'ra, Leung CHungni o'zini ayamasdan to'pga tashlanganini ko'rdim. Yuqorida bejizga Davron Hoshimoq haqida gapirmadim. Bu o'yinchi raqibga qanchalik qo'pol bo'lib ko'rinmasin, maydonga huddi askardek tushadi. Raqib tugur, o'zini ham ayamaydi. 




  • Uni futbolchilar MAYKON deyishadi


Hujumlar ketidan, hujum. Bari-bir gol urishimiz kerak edi. CHunki himoyalanayotgan jamoa to'psiz tez charchaydi. Gonkong yong'og'i 74-daqiqada chaqildi. Iskanderovning havolatib oshirgan to'pini Sergeev kallada Yap Xung Fay darvozasiga joylab qo'ydi. SHundan keyin Gonkong ochildi va ko'p o'tmadi. "16"ni oldida CHan Siu Kvan Filip bir emas, 4 nafar futbolchimizni to'g'ri yo'l bilan qoldirib ketdi. Birontasini aldagani yo'q. SHunchaki 4 nafar terilib turgan himoyachilarni oldidan tezlik va aqlni ishga solgan holda yugurib o'tib, futbol tilida aytganda, allaqachon "sovub" qolgan Suyunov darvozasini bir zarba bilan ishg'ol qildi. SHundan keyin yana avtobus.

Bu orada Navro'z Alimov o'rniga Vohid SHodiev tushdi, keyin Musaevni Jo'raev almashtirdi. Mustafoev esa Isroilov o'rnida harakat qildi. 

O'yindan keyin bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Kim Pangon ko'zida olov bilan tushgan shogirdlaridan faxrlanishini aytib o'tdi. Mirjalol Qosimovga esa ikkita savol berdim xolos. O'yin borasida, taktika yoki tarkib tanlashda xato yo'q edi. Bunday paytda savol o'ylab topishni o'zi qiyin. SHunchaki xorijlik hamkasblarim ichida hech kim savol bermaganligi uchun eng qisqa matbuot anjumani bizniki bo'lmasin deb gap tashlab qo'ydim. Boisi, musobaqadagi eng kam jurnalist bizdan. 




  • Bir tomondan kechagi natijadan xursand bo'lishimiz kerak, Futbolchilarimiz uchun katta saboq bo'ldi.

O'zbekiston - Gonkong  1:1 (0:0)

Incheon. Munxak stadioni, 500 tomoshabin.

Bosh hakam: Al Qaysi Ali Saboh Adda (Iroq)

Gollar: Igor Sergeev 75 - CHan Siu Kvan Filip 80

O'zbekiston:1.Eldor Suyunov, 2.Egor Krimec, 13.Davron Hoshimov, 20.Islom To'xtaxo'jaev (S), 6.Azamat Isroilov (18.Salim Mustafoev, 63), 10.Vladimir Kozak, 8.Jamshid Iskandarov, 7.Fozil Musaev (5.Dilshod Jo'raev, 86), 16.Sardor Rashidov, 17.Igor Sergeev, 11.Navro'zbek Alimov (15.Vohid SHodiev, 54). 

Gonkong:1.Yapp Xung Fay (S), 4.Leung Nok Xang, 5.Leung Kvun CHung, 6.Tan CHun Lok,7.CHak Yiu Kvok Tommi (17.CHang Pak Xang, 69), 9.Vong Vai (8.Li Kai Yiyu, 62), 12.CHan Siu Kvan Filip, 14.Fong Pak Lun, 15.Annan Kristian Kvesi (10.Ju Yingzi, 78), 16.Tam Lok Xin, 20.Lo Kong Vai.

Ogohlantirishlar: Fozil Musaev (64) - Lo Kong Vai (25), Annan Kristian Kvesi (65), , CHang Pak Xang (70), Leung Nok Xang (78).


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика