So’nggi yangiliklar

10:13«Манчестер Юнайтед» ходимлардан пул тежашни яна бир йўлини топди  1 09:46«Фейеноорд» устози «Ливерпул»нинг қизиқиши ҳақида фикр билдирди  0 09:19Хави «Барселона»да қолиши маълум бўлганидан сўнг нималар деди?  4 08:54«Кальяри» Шомуродовни олиб қолмоқчи. «Рома» эса терма жамоамиз сардорига нарх белгилади  8 08:30Анчелотти «Олтин тўп»га ким лойиқлиги ҳақида фикр билдирди  14 08:04Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур якунланади ва 3-тур бошланади  2 07:38Футзал. Бугун Эронга қарши финал йўлланмаси учун баҳс олиб борамиз  5 07:15U-23 Осиё кубоги. Қатар - Япония 2:4  0 07:12Реванш олиш вақти келди. Бугун Ўзбекистон ОТЖ Саудия Арабистонига қарши майдонга тушади  32 07:10U-23 Осиё кубоги. Жанубий Корея - Индонезия 2:2 (пенальтилар 10:11)  3 07:05Серия А. "Удинезе" - "Рома" 1:2  0 07:00АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 0:4  0 04:48Интервью. Исломбек Исмоилов: "Мураббийнинг ҳаёти ўйиндан-ўйингача"  1 01:56U-23 Осиё кубоги. Даҳшат! Индонезия Жанубий Кореяни енгиб, ярим финалга йўл олди. Жамоалар 12 тадан пенальти тепишди  51 00:28Швейцария Суперлигасида ўйин олдидан қорли стадионни мухлислар тозалашди  0

Evropa Superkubogi. 120 daqiqa davom etgan o'yinda "Bavariya" zafar quchdi! Yangiliklar

Evropa Superkubogi. 120 daqiqa davom etgan o'yinda "Bavariya" zafar quchdi!

Ushbu sahifa orqali Evropa Superkubogi bahsining matnli translyaciyasi bilan tanishishingiz mumkin.

Bavariya (Germaniya) – Sevilya (Ispaniya) 2:1

25 sentyabr, 00.00, «Pushkash Arena»

Gollar:

0:1 – 13, penalti Okampos, 1:1 – 34 Goretcka, 2:1 – 104 Xavi Martines.

Bavariya – Noyer, Alaba (Boateng, 112), Lyuka Ernandes (Xavi Martines, 99), Pavar, Zyule, Myuller, Kimmix, Gnabri, Goretcka (Devis, 99), Sane (Tolisso, 70), Levandovski.

Sevilya – Bunu, Eskudero, Kunde, Diego Karlos, Navas, Rakitich (Oliver Torres, 56), Jordan (Vaskes, 94), Suso (Gudel, 73), Fernando, Okampos, de Yong (En-Nesiri, 56).

Ogohlantirishlar:

Alaba (12), Jordan (45), Kunde (55), Fernando (70), Lyuka Ernandes (90), Eskudero (119).

O'yin tugadi! "Bavriya" superkubok sohibi. Nemis grandi o'z tarixida 2-bor ushbu sovrinni boshi uzra baland ko'taradi. Myunxen klubi muxlislarini tabriklaymiz!

OOOOOO! Levandovski birga-bir vaziyatda to'pni golkiperning ustida oshirib darvozaga tashlamoqchi edi. Ijroda xatoga yo'l qo'ydi.

120. Bo'liga bir daqiqa qo'shildi.

119. Qarshi hujumga qochib ketayotgan Myullerni to'xtatib qolgan Eskudero sariq kartochka bilan jazolandi.

115. Jarima maydoni chizig'i ustida Myullerdan to'pni qabul qilgan Levandovski darvozaga tepdi. Noaniq.

O'zgarish: David Alaba o'rniga o'yinni Jerom Boateng davom ettiradi.

112. Qarshi hujumga qochayotgan Levandovskini  Diego Karlos qo'pollik bilan to'xtatdi. Nemislarda qulay standart.

108. Kimmixga nisbatan Nemanya Gudel qo'pol o'ynadi.

Ilk xavfli vaziyat yana "Sevilya"da Navas yuqoridan chap qanotga to'p uzatdi, Eskuderoning zarbasi noaniq.

106. Qo'shimcha bo'limlarning ikkinchisi start oldi.

Qo'shimcha taymlarning birinchisi yakunlandi.

105. Bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

104. Gollllllll! Kimmix to'pni burchakdan o'yinga kiritdi. Qaytgan to'pga Alaba zarba yo'lladi. Darvozabon yana seyv ko'rsatdi va Xavi Martines to'pni boshi bilan darvozaga kiritdi - 2:1.

103. "Bavariya" futbolchilarida korner.

99. O'zgarishlar: Xavi Martines va Alfonso Devis maydonga tushdi. Ernandes va Goretcka o'yinning qolgan qismini zahira o'rindig'idan kuzatishadi.

94. O'zgarish: Jordan o'rnini argentinalik Franko Vaskes egalladi.

93. "Bavariya"da standart. To'p oldida Alaba va Kimmix. Avstriyalik futbolchining zarbasi noaniq.

92. Bo'limdagi dastlabki xavfli hujumlarni "Sevilya" yuzaga keltirdi. Ispanlarni goldan darvoza to'sini qutqarib qoldi. 

91. Birinchi ekstra-taymga start berildi. Bo'limni "Bavariya" futbolchilari boshlab berishdi.

Uchrashuvning asosiy vaqti durang bilan yakunlandi. Qo'shimcha taymlar guvohiga aylanamiz.

90+1. Myuller ajoyib hujumni gol bilan yakunlashi mumkin edi, ammo nemis tshpga ulgurmadi.

Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. Lukas Okampos "Bavariya"ning 4-5 futbolchisini aldab oldinga o'tayotgan vaziyatda yiqitildi. Lukas Ernandesga sariq.

87. Uxxxxx! Sal qoldi. "Sevilya" qarshi hujumga o'tdi. Xesus Navas En-Neserini darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. Hujumchining zarbasidan keyin Noyer ajoyib seyv ko'rsatdi.

85. Katta ehtimol bilan qo'shimcha taymlarga murojaat qilinsa kerak.

78. Tomas Myullerning uzoqdan yo'llangan xavfli zarbasini Bunu bartaraf qildi.

76. Gnabri va Levandovski ishtirokidagi ajoyib hujum golga aylanishiga andalusiyaliklar himoyachisi qarshi chiqidi, burchak zarbasi.

73. Susoning o'rniga Nemanya Gudel maydonga tushdi.

O'zgarish: Leroy Sanening o'rnini Tolisso egallaydi.

70. Saneni qo'pollik bilan to'xtatib qolgan Fernando ogohlantirildi.

65. Jarima maydoni chizig'ining yonginasida Myullerga nisbatan qo'pol o'ynaldi. Qoidabuzar rolida Kunde.

63. Sane to'pni darvozaga kiritdi, ammo oldinroq qoida buzilgani tufayli gol hisobga olinmadi.

61. "Bavariya"da standart! Navas Ernandesga nisbatan qoidani buzdi.

59. Gnabri va Sane qulay vaziyatdan foydalana bilishmadi.

56. De Yonn zahiraga olindi. Uning o'rnini Yusef En-Nesiri to'ldirdi. Rakitich esa o'z o'rnini Oliver Torresga bo'shatib berdi.

52. Yo'q, Robert o'yindan tashqari holatda bo'lgani tufayli gol bekor qilindi. 

51. Gol! "Bavariya"dan qoyilmaqom kombinaciya va gol! Robert Levandovski hisobda nemislarni oldinga olib chiqdi - 2:1.

46. Ikkinchi taym start oldi. Bo'limni andalusiyaliklar boshlab berishdi.

Uchrashuvni boshqarib borayotgan Entoni Teylor birinchi bo'limga yakun yasovchi hushtagini chaldi. Tanaffus!

45+1. "Sevilya" yarim himoyachisi Jordan sariq kartochka bilan jazolandi.

45. Uyarashuvga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. Pavar hujumda Okamposga nisbatan qo'pol o'ynadi. O'yin davom etadi.

35. "Sevilya"dan gol! Yo'q, Noyer darvozasini ishg'ol qilgan de Yong o'yindan tashqari holatda ekan. Hisob o'zgarmadi.

34. Gol! "Bavariya" o'yinda hisobni tenglashtirdi. Myuller Levandovskini juda qulay vaziyatga chiqardi. Ammo polyak orqaroqda turgan Goretckaga to'pni oshirdi. Leon esa vaziyatni golga aylantirdi.

30. Levandovski birga-bir vaziyatda to'pni darvozabonga sovg'a qildi. Forvardga ispan himoyachilari halaqit qilishdi.

28. Goretcka bilan to'qnashib ketgan Fernando maydonda yotibdi.

22. Uxxx! Jarima maydonidagi Robert Myullerga to'pni oshirdi, Tomas juda qulay vaziyatdan foydalana bilmadi. Aniqrog'i, to'p Kundega tegib maydondan chiqib ketdi.

20. Kimmix to'pni jarima maydoniga yuqorilatib oshirdi. Zyulening bosh bilan amalga oshirgan uzatmasi raqibga tegib maydonni tark etdi, korner.

19. "Bavariya"da qulay standart. Rakitich Levandovskiga nisbatan qoidani buzdi.

13. Gol! Lukas Okampos penaltidan unumli foydalandi!

12. Alabaga sariq.

11. Penalti! Suso jarima maydoni ichidagi de Yongga to'pni uzatdi. Niderlandiyalik futbolchi to'pni boshi bilan Rakitichga tashlab berdi. Xorvatga nisbatan Alaba qo'pol o'ynadi!

5. "Sevilya"da standart vaziyat. Himoyaga yordamga etib kelgan Serj Gnabri Jordanga nisbatan qoidani buzdi.
1. Uchrashuvni "Bavariya" futbolchilari boshlab berishdi, ketdik!

- Futbolchilar maydonda saf tortishdi. Bugungi sardorlar - Xesus Navas hamda Noyer.

- Uchrashuv boshlanishiga sanoqli daqiqalar qoldi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика