So’nggi yangiliklar

20:00Руслан Аҳмедов: "Биз натижа учун ўйнаяпмиз. Чиройли ўйин иккинчи даражали"  0 19:55Суперлига. "Динамо" – "Металлург" 0:1 (матнли трансляция)  6 19:50Улуғбек Бақоев: "Футболда шунақаси ҳам бўлиб туради"  5 19:33Кварацхелия "Наполи"дан кетмоқчи эмас  2 19:11"Арсенал" Йозуа Киммихга қизиқмоқда  6 18:15ПРО лига. Тошкентда ўтган "Бухоро" - "Хоразм" учрашувида дуранг қайд этилди  14 17:43Винченцо Итальяно мавсум охирида клубдан кетади  0 17:25Альфонсо Дэвис "Бавария" билан янги шартнома имзоламайди  1 17:01"Бунёдкор" янги бош мураббий номини эълон қилди  13 16:20"Евро-2024"да ҳеч ким Англия билан тенглаша олмайди"  11 15:57"Қизилқум" "Локомотив" билан ўйин учун қайдномасини эълон қилди  0 15:26Суперлига. 4-тур учрашувларини ўтказиб юборадиган футболчилар  4 15:10Маркус Рэшфорд Евро-2024га бора олмаслиги мумкин  1 14:38Парехо Винисиус ҳақида: "Ажойиб спортчи, аммо ўйинчилар ўзини футболга бағишлаши керак. Мени пиёниста дейишарди, лекин бунга эътибор бермаганман ва жавоб қайтармаганман – бундай одамлардан юқорироқ бўлиш зарур"  3 13:47Суперлига. 9та клуб дастлабки 3та турда фақат бир хил формадан фойдаланди. Бунга сабаб нима?  5

Evropani zabt etayotgan yangi top forvard haqida Yangiliklar

Evropani zabt etayotgan yangi top forvard haqida

29 yanvar kuni "Napoli" o'ta muhim bahsda "Roma"ni (2:1) engdi, ayniqsa birinchi gol juda chiroyli chiqdi.

17-daqiqada Xvicha Kvaracxeliyaning uzatmasidan keyin Osimxen to'pni o'ziga o'nglab, keyingi harakatda Rui Patrisiu qo'riqlayotgan darvozani "o'qqa tutdi". 

Gol har ikki jamoa murabbiylarini hayratda qoldirdi.

Luchano Spalletti o'sha vaziyatni quyidagicha izohladi: "Bu golda hamma narsani ko'rish mumkin: texnik mahorat, to'p bilan ikki raqib qurshovida ham nozik harakatlarni amalga oshira olish va u shu qadar kuchli zarba berdiki, xuddiki oyoqda emas, to'potar qurilmadek tasavvur uyg'ondi".

Joze Mourinyu esa Osimxenni bir yo'la Drogba bilan solishtirdi: "Osimxen ham o'sha darajadagi o'yinchi, ammo Dide yiqilavermasdi. Agar Viktor Angliyaga borishni istasa, o'zgarishi zarur. Sababi Italiyada uning qiliqlariga ko'z yumishmoqda, Angliyada esa qiyinroq bo'ladi". 

"Napoli" – "Roma" uchrashuvi vaqtidayoq Joze Mourinyu va Viktor Osimxen qo'l berib ko'rishib, bir-ikki og'iz fikr almashishga ham ulgurishdi.

O'indan keyingi matbuot-anjumanida Mourinyu dialogda nima haqida gap ketganini oshkor etdi:



"Men unga o'ta chiroyli gol urganini va bunday mug'ombirlik ishlatib yiqilavermasligi kerakligini aytdim. Fantastik gol, u shu mavsum doirasidagi o'tgan uchrashuvimizda ham o'xshash gol muallifi bo'lgandi, fantastik futbolchi. Lekin u mug'ombirlik bilan jarima zarbalari ishlashga urinishni to'xtatishi zarur".


Osimxenning statistikasi — top

2022/23-mavsum Viktor Osimxen uchun "Napoli" tarkibidagi eng yaxshisi: 16 o'yinda 14 ta gol va 3 ta golli uzatma. Gol+pas tizimida Osimxen bundan yaxshiroq natijaga faqat bir marta erishgan: 2018/19-yilgi mavsumda "SHarlerua" safida Viktor 34 uchrashuvda 19+3 ko'rsatkich qayd etgandi. Xuddi shuncha (17) ochkoni hujumchi "Lill"da 2019/20-yilgi mavsumda (13+4) rasmiylashtirgan, biroq u mavsum nigeriyalik 27 bahsda maydonga tushgandi.


Hozir Viktor Osimxen vazifani 16 uchrashuvda bajarib ulgurdi. Yoki bu shunchaki mahsulotning transferdan avvalgi reklamasimi?


Foto: East News/Andreas SOLARO / AFP; REUTERS/Ciro De Luca 


Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика