"Vilyarreal" - Evropa ligasi g'olibi!
27 may 2021 02:55
Yangiliklar
"Vilyarreal" - Evropa ligasi g'olibi!
Vilyarreal Ispaniya – Manchester Yunayted Angliya 1:1
"PGE Arena"
Gollar: Moreno (29, 1:0), Kavani (55, 1:1).
Vilyarreal – Ruli, Foyt (Mario Gaspar, 88), Pau Torres, Albiol, Pedrasa (Alberto Moreno, 88), Parexo, Pino (Pako Alkaser, 77), Trigeros (Moyses Gomes, 77), Kapu (Raba, 120+3), Bakka (Koklen, 60), Jerar Moreno.
Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka (Mata, 120+3), SHou, Bayi (Tuanzebe, 116), Lindelef, Brunu Fernandesh, Pogba (Jeyms, 116), Maktomini (Telles, 120+3), Kavani, Grinvud (Fred, 100), Reshford.
Ogohlantirish: Kapu (54), Bayi (82), Foyt (84), Kavani (114).
Villarreal Gerard Moreno - 29', Gerard Moreno - 121', Daniel Raba - 121', Paco Alcacer - 121', Alberto Moreno - 121', Daniel Parejo - 121', Moi Gomez - 121', Raul Albiol - 121', Francis Coquelin - 121', Mario Gaspar - 121', Pau Torres - 121', Geronimo Rulli - 121' |
Europa League Final Stage . final-tur 27/05/2021, 01:00 11
:
12
Tugadi
|
Manchester United Edinson Cavani - 55', Juan Mata - 121', Alex Telles - 121', Bruno Fernandes - 121', Marcus Rashford - 121', Edinson Cavani - 121', Fred - 121', Daniel James - 121', Luke Shaw - 121', Axel Tuanzebe - 121', Victor Nilsson Lindeloef - 121' |
Stadion: Polsat Plus Arena Gdansk, 9412 tomoshabin
Bosh hakam: Clement Turpin
De Xea xatooooo!!! Bo'ldi tugadi!!! "Vilyarreal" - Evropa ligasi g'olibi!
Ruli gol! 11:10
Lindelef gol! 10:10
Torres gol! 10:9
Tuanzebe gol! 9:9
Gaspar gol! 9:8
SHou gol! 8:8
Koklen gol! 8:7
Jeyms gol! 7:7
Albiol gol! 7:6
Fred gol! 6:6
Gomes gol! 6:5
Kavani gol! 5:5
Parexo gol! 5:4
Reshford gol! 4:4
Alberto Moreno gol! 4:3
Fernandesh gol! 3:3
Alkaser gol! 3:2
Telles gol! 2:2
Raba gol! 2:1
Mata gol! 1:1
Moreno gol! 1:0
Demak, penaltilar seriyasi boshlanmoqda!
Tugadi. Penaltilar seriyasi boshlanadi! Buyog'i lotereya!
120+3. O'yin tugashi arafasida maydonga penaltichilar tushirildi. Aqlli yurish. Ish bersa bo'lgani.
O'yinga 3 daqiqa qo'shib berildi.
118. SHou jarohat olib, maydonda yotibdi. O'yinda kichik to'xtalish.
Yo'q, penalti belgilanmadi.
VAR ishga tushdi! MYU darvozasi tomon penalti tepilishi kutilmoqda.
114. Kavani bosh hakamga ortiqcha etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.
111. Reshford jarohat olgandek edi. U maydonga qaytdi.
108. "Vilyarreal"da yana bir standart. Parexoning uzatgan to'pini de Xea ushlab oldi.
105. Ikkinchi qo'shimcha bo'lim boshlandi!
Birinchi qo'shimcha bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.
103. "Vilyarreal" avvaliga jarima zarbasidan, keyin esa burchakdan samara chiqara olmadi.
100. Nihoyat, Sulsher tarkibda o'zgarish qildi. Grinvud o'rnini Fred egalladi.
99. Moreno hujumga o'tdi. Zarba anchagina noaniq.
95. Alkaserga zarba berish uchun imkoniyat taqdim qilindi. Lindelof to'pga to'siq bo'lishga ulgurdi.
93. Alberto Moreno hujumdagi Jerar Moreno tomon to'p uzatdi. SHou to'pni autga chiqarib yubordi.
90. Qo'shimcha bo'limlar boshlandi!
Asabiy kechayotgan o'yinning asosiy vaqti tugadi. Yana 30 daqiqa uchrashuv davom etadi.
90+2. "Vilyarreal" so'nggi daqiqada sovrinni olib ketishi mumkin edi. Torres ajoyib imkoniyatni yo'qqa chiqardi.
Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
89. MYU chiroyli hujum tashkil qildi. SHouning havolatib oshirgan to'pini Pogba darvoza tomon yo'lladi.
88. "Vilyarreal" 5 o'zgarishga qo'l urdi. Sulsher esa bu imkoniyatdan foydalangani yo'q.
85. Foyt fayter SHouga qarshi butsasining tag qismi bilan o'ynagani uchun sariq kartochka oldi.
Ikki tomon uchun ham qiyin o'yin bo'lyapti. Aql kurashi, taktik kurash kechyapti. Bu murabbiylar jangi.
82. Alkaserning yuziga urib to'xtatgani uchun Bayi ogohlantirildi.
81. Reshfordning zarbasi noaniq ketdi.
79. UXXXXXX!! MYUda ajoyib vaziyat yuzaga kelgandi. Maktominining pasini Kavani darvozaga yo'llay olmadi.
77. Alkaser maydonga tushdi. Emeri sovrin istamoqda.
75. "Vilyarreal" burchak zarbasiga ega bo'ldi.
72. ZARBAAAAAAAA!! SHou zarba bergandi. O'ng oyog'ida beo'xshov yo'llagan zarbasiga Kavani boshi bilan zarba yo'lladi. Torres jamoasini goldan qutqardi.
70. UXXXXXX!! Reshford ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. Bu vaziyatda offsayd ham qayd etildi.
66. Aslida o'sha vaziyatda to'p Trigerosning qo'liga tekkandi. Ammo VARdagilar bu penaltiga etarli deb hisoblamadi.
63. "Vilyarreal" o'yinni markazdan o'tkaza olmayapti. MYU o'yinni nazorat qilmoqda.
60. Bakka o'yindan oldindi. Koklen maydonga tushdi.
57. ZARBAAAAAA!! MYU tezda hisobda oldinga chiqib olishi mumkin edi. Brunuuuuu....
55. GOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! KAVANNIIIIIII!! Ajoyib imkoniyatdan unumli foydalandi!
54. ZARBAAAAAA!! Maktominining zarbasi himoyachilarga tegib ketdi.
52. "Vilyarreal" jarima maydonchasi ichida futbolchilar to'qnashib ketishdi. Bu erda penalti qo'yilmasa kerak.
48. Xavfli vaziyatttt!! Hisobdagi farq oshishi mumkin edi. Bakka vaziyatdan foydalana olmadi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
Tanaffus!
45+1. UXXXXX!! Grinvudning qanotdan oshirgan to'pi Albiolga tegib, Rulining qo'llariga borib tushdi.
Taymga 2 daqiqa qo'shib berildi.
43. "Vilyarreal" butun jamoa bo'lib himoyalanmoqda. MYU esa doimgidek bosim uyushtirmoqda.
40. "Yunayted" hujumga o'tdi. Kavanining pasi raqibga nasib qildi.
37. Maktomini hujumga o'tdi va to'p oshirish o'rniga zarba berdi. Noaniq.
34. Sulsher asabiylashishni boshladi. Kavanida ham extiroslar jumbushga kelmoqda.
29. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Jarimadan uzatilgan to'pni Moreno MYU darvozasiga kiritdi!
27. "Vilyarreal" ham hujumga o'tdi. Pinoning zarbasiga aniqlik etishmadi.
26. "Yunayted"da yana bir imkoniyat bo'lishi mumkin edi. Pogbaning to'p uzatishi Rulining qo'llariga borib tushdi.
24. Reshfordning kuchli zarbasini Ruli ushlab oldi.
22. ZARBAAAAAAA!! Pedrasaning kuchli zarbasi Kavaniga tegib, burchakka chiqib ketdi.
20. ZARBAAAAAAA!! SHouning zarbasi noaniq ketdi. MYUning kuchli bosimi shu tariqa yakunlandi.
18. Foytga yana tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Uning burnidan tinmasdan qon oqyapti.
16. "Vilyarreal" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Undan uzatilgan to'pga Trigeros zarba yo'lladi. Anchagina noaniq.
14. Foyt peshanasiga bog'ich bog'langan holda maydonga qaytdi.
11. Grinvud raqib jarima maydonchasi yonida to'pni darvoza yoniga oshirgandi. Albiol to'pni burchakka chiqarib yubordi.
9. UXXXXX!! Xuan Foyt jarohat olgan ko'rinadi. U Pogba bilan to'qnashib ketdi.
7. Uchrashuvdagi dastlabki zarba ham "qizillar" tomonidan yo'llandi. Maktominining zarbasi anchagina noaniq ketdi.
5. Uchrashuvdagi birinchi vaziyat. SHouning qanotdan oshirgan to'pini Kavani raqib darvozasiga yo'llay olmadi.
3. Hozircha mankunianliklar to'p bilan ko'proq bo'lmoqda.
1. UCHRASHUV BOSHLANDI!
- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Evropa ligasi madhiyasi yangradi.
- Hurmatli futbol ishqibozlari! Bugungi kunning muhim to'qnashuvi boshlanishiga oz vaqt qolmoqda! Biz bilan qoling
Fikrlar