Yevropa ligasi qur'asi haqida batafsil

Narzulla Saydullayev
31 avg 2018, 12:39
Yevropa ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi bugun, 31 avgust kuni Monakodagi "Grimaldi Forum" saroyida bo'lib o'tadi.

Tadbir Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.  Unda klublar UEFA koefficientlar reytingidagi o'rniga qarab savatchalarga ajratiladi.


- 17 klub guruh bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri yo'l oldi
- 21 klub Yevropa ligasi saralash bosqichidan o'tdi
- 6 klub YCHL pley-off bosqichida yutqazib Yevropa ligasiga o'tdi
- 4 klub YCHL chempionlar yo'lidagi 3-saralash bosqichida yutqazib Yevropa ligasiga o'tdi



Birinchi savatcha
"Sevilya" (ESP)
"Arsenal" (ENG)
"Chelsi" (ENG)
"Zenit" (RUS)
"Bayer" (GER)
"Dinamo" Kiev (UKR)
"Beshiktash" (TUR)
"Zalcburg" (AUT)
"Olimpiakos" (GRE)
"Vilyareal" (ESP)
"Anderlext" (BEL)
"Lacio" (ITA)

Ikkinchi savatcha
"Sporting" (POR)
"Ludogorec" (BUL)
"Kopengagen" (DEN)
"Olimpik" (FRA)
"Seltik" (SCO)
PAOK (GRE)
"Milan" (ITA)
"Genk" (BEL)
"Fenerbaxche" (TUR)
"Krasnodar" (RUS)
"Astana" (KAZ)
"Rapid" (AUT)

Uchinchi savatcha

"Betis" (ESP)
"Karabax" (AZR)
BATE (BLR)
"Dinamo" Zagreb (CRO)
"RB Leyptsig" (GER)
"Ayntraxt" (GER)
"Malme" (SWE)
"Spartak" (RUS)
"Standard" (BEL)
"Cyurix" (SUI)
"Bordo" (FRA)
"Renn" (FRA)

To'rtinchi savatcha
"Apollon" (CYP)
"Rusenborg" (NOR)
"Vorskla" (UKR)
"Slaviya" (CZE)
"Akxisar Belediespor" (TUR)
"Yablonec" (CZE)
AEK (CYP)
"Vidi" (HUN)
"Reyndjers" (SCO)
"Dyudelanj" (LUX)
"Spartak" (SVK)
"Sarpsborg" (NOR)


Qur'a qanday o'tadi?
 
48ta klub savatchalarga ajratilgan va ular 12ta guruhga taqsimlab chiqiladi.

Bitta mamlakat klublari bitta guruhga tushishmaydi. Rossiya va Ukraina klublari ham boshqa-boshqa guruhlarga tushishadi.




Yevropa ligasi o'tgan mavsumining eng yaxshi futbolchisi
 
Qur'a tashlash jarayonida 2017/18 yilgi mavsum Yevropa ligasining eng yaxshi futbolchisi taqdirlanadi. Ushbu sovringa Diego Godin, Antuan Grizmann va Dimitri Payet da'vogarlik qilishmoqda.



Guruh bosqichi o'yinlari qachon bo'lib o'tadi?
20 sentyabr: 1-tur
4 oktyabr: 2-tur
25 oktyabr: 3-tur
8 noyabr: 4-tur
29 noyabr: 5-tur
13 dekabr: 6-tur


Final qayerda bo'ladi?
Yevropa ligasining bu mavsumdagi g'olibi Ozarbayjonda aniqlanadi. Final 2019 yilning 29 may kuni Bokudagi "Olimpiyskiy" stadionida bo'lib o'tadi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia