So’nggi yangiliklar

10:16Трансфермаркт нашри 2025 йилда энг кўп нархи тушган футболчилардан иборат рамзий терма жамоани тузиб чиқди  0 09:50"Сепахон" бош мураббийи Игор Сергеев ҳақидаги саволга жавоб берди  2 09:23Туркия Суперлигаси. Шомуродов яна бир кўрсаткичда етакчилик қилмоқда  1 08:56Ўзбекистон МТЖ ЖЧ олдидан сўнгги йиғинини қачондан бошлаши маълум  0 08:30Ўзбекистонлик футболчи Қозоғистон чемпионатида тўп тепган легионерлардан иборат рамзий терма жамоадан ўрин олди  0 08:03Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин  13 07:39Ўзбекистон U-17 терма жамоаси футболчиси "Брага"да?  4 02:40А Серия. "Интер" қийин ўйинда Бергамода "Аталанта"ни минимал ҳисобда мағлуб этди ва жадвалда биринчи ўринга кўтарилиб олди  5 01:49Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди  18 23:30АПЛ. Грейнинг голи "Тоттенхэм"га Лондон дербисида ғалаба тақдим этди  0 23:12Дембеле Globe Soccer Awards томонидан йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди  12 22:11Дембеле, Ямал, Мбаппе, Хакими, Холанд, Педри, Доннарумма ва Кейн IFFHS’нинг 2025 йилги терма жамоасида  8 22:05А Серия. Хойлунднинг дубли "Наполи"га муҳим ўйинда ғалаба келтирди  2 21:3730 декабрь - ОЧЛ 2 қуръаси  2 20:45Артём Довбик Испанияга қайтиши мумкин  1

Evropa ligasi. "Manchester Yunayted" finalda Yangiliklar

Evropa ligasi. "Manchester Yunayted" finalda

Bugun Evropa ligasi yarim final javob uchrashuvlari o'tkazildi.

Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi bugun o'z maydonida Ispaniyaning "Selta" klubini qabul qildi. Garchi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan bo'lsa ham, ikki o'yin natijasiga ko'ra Joze Mourino shogirdlari Evropa ligasi finaliga yo'l oldilar.


Evropa ligasi
1/2 final, javob uchrashuvi
"Old Trafford"
, 12.05.2017

"Manchester Yunayted" - "Selta" 1:1 (Umumiy hisob 2:1)
Gol:
M.Fellayni 17 - F.Ronkalya 85

"Manchester Yunayted": Serxio Romero, Antonio Valensiya, Erik Bayi, Matteo Darmian, Deyli Blind, Pol Pogba, Maruan Fellayni, Jessi Lingard (Ueyn Runi 89), Ander Errera, Genrix Mxitaryan (Maykl Kerrik 77), Markus Reshford (Kris Smolling 90).

"Selta": Serxio Alvares, Gustavo Kabral, Kastro, Ugo Malo, Fakundo Ronkalya, Daniel Vass (Xosabed 46), Nemanya Radoya (Teo Bongonda 68), Pablo Ernandes, Pione Sisto (Klaudio Bovyu 80), Yago Aspas, Yon Gvidetti.

Ogohlantirishlar: D.Blind 32, A.Errera 81 - YA.Aspas 66

CHetlatishlar: E.Bayi 88 - F.Ronkalya 88

Birinchi o'yin – 1:0





4 - Zarbaaa, Yago Aspasning o'ng tomondan chap oyoqda bergan aylanma zarbasini Serxio Romero qaytarib yubordi.

11 - Pol Pogbadan chiroyli yurish va Reshford so'nggi zarbaga biroz ulgurmay qoldi.

17 - Goooooooooollllllllll, Fellayniiii. O'tgan o'yindagi yagona gol sohibi Reshfordning chap qanotdan uzatgan mukammal to'p oshirishidan keyin "mikrafon" boshi bilan hisobni ochdi.

20 - Mxitaryanning chap oyoqda bergan zarbasi Lion shahrida kechayotgan narigi stadionga borib tushdiyov... )

23 - Reshfordning raqib jarima maydonchasiga oshirgan navbatdagi to'pini labbay deb javob beradigan o'yinchi topilmadi.

Ispaniyalik muxlislar "Old Trafford"da

27 - Pablo Ernandesning zarbasini Romero urib yubordi

Fellayni gol urgan vaziyat

32 - Pablo Ernandesga nisbatan qo'pol o'ynagani bois Deyli Blind birinchi bo'lib sariq kartochka bilan siylandi.

40 - Pione Sistoning to'qqizlikka yo'llagan aniq zarbasini Romero ushlab oldi.

42 - Sistoning pasidan keyin jarima maydonchasi ichida Vass boshi bilan zarba berdi, noaniq.

"Old Trafford" o'yin boshlanishidan oldin, fantastik atmosfera


Fellaynining golini tomosha qiling.

49 - Zarbaaa, Mxitaryanning to'xtatmasdan yo'llagan juda kuchli va aniq zarbasini Serxio Alvares qiyinchilik bilan qaytarib qoldi.

Yangi to'p, pliz! SHunaqasi ham bo'lib turadi )

64 - Reshfordning yaqin masofadan bergan zarbasini Alvares qaytardi.

"Qizil iblislar"ning "qizil" muxlislari

69 - Fellaynining yaqin pastki burchakka tepgan to'pini darvozabon qaytarib qoldi.

71 - Xosabedning uzoqdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

76 - Gvidettining bosh bilan bergan zarbasi ancha noaniq ketdi.

Markus Reshfordni to'xtatib qolishning yo'li

85 - Gooooooooolllllll, Fakundo Ronkalyayayayaya, 1:1.

88 - Maydonda sportga hos bo'lmagan holat. Natijada MYUdan Erik Bayi "Selta"dan esa hozirgina gol urgan Fakundo Ronkalya maydondan chetlatildi.

Uchrashuvga yakun yasaldi, "Manchester Yunayted" finalda. "Selta" futbolchilari maydonda ko'z yosh to'kishmoqda, bugun ular nomdor raqibga qarshi juda ham munosib o'yin namoyish etishdi.




Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика