So’nggi yangiliklar

02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  0 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  1 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  1 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0 23:55Семеньо Агуэродан кейин энг яхши дебютант бўлди  1 23:13Мбаппе қатнашган "Реал"нинг ўйин олди машғулотидан эксклюзив фотомақола  4 22:59Африка Миллатлар кубоги. Нигерия Жазоирни мағлуб этиб, ярим финалга йўлланма олди  2 22:44"Фенербаҳче" - Туркия Суперкубоги соҳиби!  4 22:15Англия Кубогида бундай ҳолат 117 йил деганда такрорланди  0 21:55Англия Кубоги. "Манчестер Сити" "Эксетер" дарвозасига 10та гол урди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  24

Evropa ligasi. Bugungi o'yinlar anonsi Yangiliklar

Evropa ligasi. Bugungi o'yinlar anonsi

Teglar :  Evropa ligasi
Bugun Evropa ligasi 1/16 final bosqichi doirasidagi 16ta o'yin bo'lib o'tadi.


Markaziy uchrashuv so'zsiz Myonxengladbaxda kechadi. "Borussiya Myonxengladbax" o'z uyida Italiyaning kuchli jamoalaridan biri sanalgan "Fiorentina"ni qabul qiladi. Bu ikkala jamoaning milliy chempionatdagi ishlari yurishmayapti. "Borussiya" bundesligada 10-o'rinda borayotgan bo'lsa, "Fiorentina" A Seriyada 8-pog'onani egallab turibdi. "Borussiya M" Diter Xekking kelganidan keyin natijalar borasida o'sishga erishdi va turnir jadvalining quyi qismidan qochishga muvaffaq bo'ldi. "Fiorentina" ham barqaror o'yin ko'rsata olmayapti. SHu boisdan ham bu ikki jamoa o'z omadini Evropa ligasida qidirishi va ushbu musobaqada muvaffaqiyat qozonib, muxlislar oldidagi o'z aybini shu orqali yuvishga harakat qilishi mumkin.

"Borussiya M"ning eng xavfli futbolchisi - Torgan Azar


Evropa ligasidagi yana bir etiborga molik uchrashuv "Old Trafford"da bo'lib o'tadi. Joze Mourinyu boshchiligidagi "Manchester Yunayted" jamoasi "Sent-Eten"ni imtihondan o'tkazadi.

Mauricio Pochettinoning "Totenxemi" Belgiyaga safar uyushtiradi. "SHporlar" "Gent" qarshiligini engishga urinib ko'rishadi.

Ispaniyada "Viyarreal" "Roma" bilan to'qnashadi. Bu o'yin ham ko'pchilik muxlislarning etiborida bo'lishi shubhasiz.

Evropa ligasi 1/16 final bosqichidagi ilk o'yin Krasnodarda boshlanadi. Odil Ahmedovning sobiq jamoasi o'z uyida "Fenerbahche" bilan kuch sinashadi.


Evropa ligasi.

1/16 final.

Dastlabki uchrashuvlar.

"Krasnodar" (Rossiya) - "Fenerbahche" (Turkiya) (21:00)

"Rostov" (Rossiya) - "Sparta" (CHexiya) (23:00)

"Olimpiakos" (Greciya) - "Osmanlispor" (Turkiya) (23:00)

"Ludogorec" (Bolgariya) - "Kopengagen" (Daniya) (23:00)

"Gent" (Belgiya) - "Tottenxem" (Angliya) (23:00)

"Astra" (Ruminiya) - "Genk" (Belgiya) (23:00)

"AZ Alkmaar" (Gollandiya) - "Lion" (Franciya) (23:00)

"Borussiya M" (Germaniya) - "Fiorentina" (Italiya) (23:00)

"Selta" (Ispaniya) - "SHaxtyor" (Ukraina) (23:00)

"Vilyarreal" (Ispaniya) - "Roma" (Italiya) (01:05)

PAOK (Greciya) - "SHalke" (Germaniya) (01:05)

"Manchester Yunayted" (Angliya) - "Sent-Eten" (Franciya) (01:05)

"Legiya" (Polsha) - "Ayaks" (Gollandiya) (01:05)

"Xapoel Beer SHeva" (Isroil) - "Beshiktosh" (Turkiya) (01:05)

"Atletik" (Ispaniya) - APOEL (Kipr) (01:05)

"Anderlext" (Belgiya) - "Zenit" (Rossiya) (01:05)

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика