"Evrokuboklarda to'pni biz kabi nazorat qilish qiyin" - Arteta
09 noy 2023 14:01
Yangiliklar
"Evrokuboklarda to'pni biz kabi nazorat qilish qiyin" - Arteta
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta CHempionlar Ligasi 4-turidan o'rin olgan "Sevilya"ga qarshi o'yin (2:0) haqida gapirdi. Mutaxassis jamoaning o'yinidan mamnun.
"Albatta, jamoaning o'yinidan juda mamnunman. U tajovuzkorlik va qatiyat ko'rsatdi. To'pni yo'qotganimizda ham uni qaytarib olish uchun ajoyib o'ynadik. Evrokuboklarda to'pni biz kabi nazorat qilish qiyin.
Mana nega g'alaba qozondik. Agar siz "Sevilya"ga o'zingizning jarima maydoningiz yaqinida harakat qilishiga qo'yib bersangiz, ular xavfli jamoaga aylanadi. Biz faqat bitta zarba berishga yo'l qo'ydik – 97-daqiqada", – dedi ispaniyalik murabbiy.
"Arsenal" 9 ochko bilan "B" guruhida peshqadamlik qilmoqda. "Kanonirlar" ECHLdagi navbatdagi o'yinini 29 noyabr kuni o'z maydonida Abduqodir Husanv to'p tepadigan "Lans"ga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar