So’nggi yangiliklar

21:25Ўзбекистон Кубоги. "Қўқон-1912" – "Бунёдкор", "Шўртан" – "Арал"  3 21:14Решфорд "Барса"да ўйнаш учун маошини қисқартиришга ҳам тайёр  0 21:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" - "Видад Касабланка" (онлайн ҳисоб)  17 20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  1 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   2 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1 18:4059 ёшли дунёнинг энг кекса профессионал футболчиси билан интервью: "Ўзимга чеклов қўймайман"  0 18:03Капелло: "Бу Италия терма жамоасида "дух" йўқ"  2 17:33Расман: Жоан Гарсия - "Барселона" футболчиси  11 17:04Афғонистон Россияга ўртоқлик учрашуви ўтказишни таклиф қилди  9 16:32Қасим-Жомарт Тоқаев Шавкат Мирзиёевни миллий жамоа жаҳон чемпионатига чиққани билан табриклади  5 16:15Эрон билан можаро туфайли легионерлар Исроил клубларини ортиқча шартларсиз тарк этиши мумкин  6 15:55Жоан Гарсия "Барселона"га ўтиш учун ўз шартномасини сотиб олди  2 15:18Клублар ўртасидаги ЖЧ учрашувига уч минг мухлис келди. Бу турнирдаги энг ёмон натижа  7 15:12ВАР ва АВАР ҳакамлари учун ФИФА семинари бўлиб ўтади  1

Evrofutbol. "Hafta yulduzlari" Yangiliklar

Evrofutbol. "Hafta yulduzlari"

"Kuchli-beshlik" chempionatlarining tur yakunlariga bag'ishlangan "Hafta yulduzlari" sahifasi orqali o'tgan haftaning qahramonlari haqida so'z yuritamiz.

O'tgan haftada "kuchli-beshlik"da tur o'yinlari o'tkazildi. Unda bir qator futbolchilar yorqin o'yin ko'rsatish bilan birga, jamoalari g'alabalariga munosib hissa qo'shishdi.

Haftaning eng yaxshi darvozaboni deb "Kevo" posboni Fransesko Bardini tanladik. Ushbu kiper "Napoli" bilan bo'lgan bahsda darvozasini ishonchli tarzda qo'riqladi va jamoasining muhim g'alabasiga o'zining munosib ulushini qo'shdi.

Fransesko Bardi darvozasi tomon "Napoli" futbolchilari 33 marotaba zarba berishdi. Lekin shu kuni Fransesko Bardi o'z darvozasiga temir "qulf" osib qo'ya oldi.


O'ng qanot himoyasida "Atletiko" futbolchisi Xuanfran oldik. "Real"ga qarshi o'yinda o'zining faol harakatlari va himoyadagi ishonchi o'yini bilan Ronaldoni o'z qanotida engil "nafas" olishiga yo'l qo'ymadi. SHuningdek, jamoasiga g'alaba keltirgan golga hammualliflik qildi.

Markaziy himoyachilardan "Atletiko" azosi Mirandani "hafta yulduzlari" safiga qo'shishga qaror qildik. Ushbu futbolchi Ispaniya chempionatining markaziy o'yinida "Real" futbolchilariga o'z jarima maydonchasi tomon yorib kirish imkoniyatini bermadi. Butun o'yin davomida ishonchli harakat qilgan Miranda uchrashuvning so'nggi daqiqasida juda kerakli vaziyatda ishonchli o'ynadi va yakunda jamoasi g'alabasiga o'z hissasini qo'shdi.

Mirandaga markaziy himoyada sherik qilib Martin Demichelisni qo'shdik. "Manchester Siti"ning ushbu himoyachisi "Arsenal" bilan bo'lgan bahsda jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qolgan gol sohibiga aylandi. Garchi jamoasi ikkita to'p o'tkazib yuborgan bo'lsada, Demichelis o'z xatosini goli bilan yuvib ketishga muvaffaq bo'ldi.

CHap qanot himoyasini "Manchester Yunayted" safida o'zining debyut o'yinini o'tkazgan Markos Roxoga ishonib topshirdik. Yana bir argentinalik himoyachi o'zining yangi jamoasi safidagi dastlabki o'yinida dadil harakatlari bilan ajralib turdi va jamoasining bir qator hujumlarida ham ishtirok etdi. 


Yarim himoya chizig'i vakillaridan dastavval Anxel Di Mariyani etirof etishni lozim topdik. Ushbu vinger Lui van Galning "Manchester Yunayted" boshqaruvidagi ilk g'alabasini asosiy quruvchilaridan biri bo'ldi. Jarima to'pidan jamoasining KPR darvozasiga urgan birinchi golini kiritdi. Ikkinchi goldagi vaziyatda ishtirok etdi va Xuan Mataning golida assistentlik vazifasi chiroyli uddaladi.

O'rtaga Myunxenning "Bavariya"siga ko'chib o'tgan Xabi Alonsoni qo'ydik. Ushbu futbolchi mana ikkinchi o'yindirki "Bavariya" ishtirokidagi uchrashuvda eng yaxshi futbolchi bo'lmoqda. "SHtutgart"ga qarshi kechgan o'yinda Xabi Alonso jamoasi safida eng yaxshilardan biri bo'ldi. Ispaniyalik futbolchi uchrashuv davomida sal kam 12 km masofani bosib o'tdi. To'p bilan 150 marta muomalada bo'ldi va uning sheriklariga oshirib bergan uzatmalarining 89 foizi manziliga aniq bordi. 


"Inter" yarim himoyachisi Mateo Kovachich "Sassuolo" ustidan qozonilgan g'alabada o'zining yorqin o'yini va kiritgan goli bilan ajralib turdi. Xorvatiyalik ushbu futbolchi shu kuni Maydon markazini to'liq nazorat qildi va jamoasi hujumlari rivojlantirishda katta jonbozlik ko'rsatdi. Uchrashuvda gol urishga ham erishdi va yana bir to'pga hammualliflik qildi.

"Atletiko" - "Real" uchrashuvida durang qayd etilayotgan paytda zaxiradan maydonga tushgan Arda Turan mehmonlar o'yinini chinakamiga jonlantira oldi. Turkiyalik charm to'p ustasining maydonga paydo bo'lishi shu kuni "Santyago Bernabeu"da mehmon bo'lib turgan "Atletiko"ga katta kuch bag'ishladi. Aynan shu futbolchining aniq zarbasi Diego Simeone jamoasiga markaziy o'yinda muhim uch ochkoni keltirdi.


Endi navbat hujumchilarga etib keldi.

"Inter" - "Sassuolo" o'rtasidagi bahsda qayd etilgan yirik g'alabaning bosh sababchisi bu "neradzurrilar" Mauro Ikardi bo'ladi. Argentinalik "snayper" shu kuni jamoasining uchta goliga mualliflik qildi va yakunda tabloda "7:0" hisobi porlab turishiga katta sababchi bo'ldi. Bu o'yin Mauro Ikardining benefisiga aylanib ketdi.

Ikardiga tandem sifatida "Barselona" hujumchisi Neymarni tanladik. O'z maydonida "Atletik" bilan durang o'ynab turgan paytda Luis Enrike Neymarni maydonga tushirishga majbur bo'ldi. Braziliyalik futbolchi ketma-ket ikki bor "Atletik" posboni Morenoni ranjitdi va yakunda jamoasi uchun kerakli bo'lgan uch ochkoni taqdim etgan g'alaba to'plarini kiritdi.

Ushbu jamoaga bosh murabbiy etib "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Galni qo'yishga qaror qildik. Ushbu mutaxassis ketma-ket uch o'yinlik omadsiz seriyasiga yirik g'alaba bilan nuqta qo'ya oldi va o'zining MYU boshqaruvidagi birinchi g'alabasini chiroyli nishonladi.


Hafta yulduzlari": Fransesko Bardi ("Kevo") - Xuanfran ("Atletiko"), Miranda ("Atletiko"), Demichelis ("Manchester Siti"), Markos Roxo ("Manchester Yunayted") - Di Mariya ("Manchester Yunayted"), Xabi Alonso ("Bavariya"), Mateo Kovachich ("Inter"), Arda Turan ("Atletiko") - Mauro Ikardi ("Inter"), Neymar ("Barselona"). 

Bosh murabbiy: Lui van Gal ("Manchester Yunayted")


Haftaning eng qiziqarli uchrashuvi: "Parma" - "Milan" 4:5

Haftaning eng chiroyli goli: Jeremi Menez ("Milan")

Hafta sensaciyasi: "Liverpul" mag'lubiyati (Liverpul - "Aston Villa" 0:1)

Haftaning eng foydali futbolchisi: Diego Kosta ("CHelsi")

Eng ko'p gol kiritilgan liga: Italiya chempionati va APL (31 gol)

Eng ko'p tomoshabin tushgan liga: Bundesliga (9 o'yin, 410000 tomoshabin)


SHahboz Beg'amov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика