Evroda ishtirok etgan rossiyalik futbolchilarning doping-testlari toza chiqdi
27 iyu 2016 17:12
Yangiliklar
Evroda ishtirok etgan rossiyalik futbolchilarning doping-testlari toza chiqdi
Rossiya terma jamoasi bosh shifokori Eduard Bezuglovning malum qilishicha, milliy jamoa futbolchilaridan doping topilmadi.
"Evrodan oldin to'rt marotaba test topshirishdi. Muammo yo'q, odatiy jarayon. Kelamiz, boramiz, topshiramiz. Natijalar chiqdi, hammasi toza. Fyodor Smolovning omadi kelmadi, u ko'proq topshirdi.
Bahsdan oldin doping-oficerlar kelishadi, jarayonga ikkinchi shifokor Mixail Butovskiy javob beradi. Tanaffusda ikki jamoa vakillari uchrashishadi va qura orqali ikki kishini hamda ikki zaxira o'yinchisina tanlashadi. 75-daqiqada konvertlar ochiladi va bular kim ekanligini bilib olamiz. Ular analiz topshirishadi. Turnirda bir yangilik bo'ldi: Asosiy tarkibga kirgan futbolchidan doim analiz olinadi. Avvallari bu shart emasdi" - deydi Bezuglov.
Fikrlar