So’nggi yangiliklar

09:43“Ювентус“ “Адидас“ билан янги шартнома имзолади. Келишув суммаси маълум  0 09:18Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита чорак финалчилар аниқланади  1 08:47Саудия Арабистоннинг бир йўлла учта жамоаси АПЛ юлдузига таклиф билан чиқишди  1 08:40КЖЧ. 39 ёшли Серхио Рамос "Интер" дарвозасига гол урди  0 08:20МЮ “Барселона“га супер таклиф билан чиқди  6 07:52Шомуродовга қизиққан МЛС жамоаси маълум  14 07:25Ҳусанов тарихга кириши мумкин! Бугун “Манчестер Сити“ клублар ўртасидаги юришини бошлайди  8 06:50КЖЧ. "Урава Ред" сардори "Ривер Плейт" футболчиларига нисбатан ҳурматсизлик қилди  0 02:39Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Боливияга ютқазди  17 00:34Месси Баджодан Италиянинг 1994-йилги ЖЧ либосини совға сифатида олди  7 23:59Мбаппе иситма туфайли "Реал" машғулотида қатнашмаяпти. Эртага "Ал-Ҳилол" билан ўйин  1 23:39Доннарумма FourFourTwo талқинига кўра дунёнинг энг яхши дарвозабони  3 23:04КЖЧ. Танташев бошқарган ўйинда "Боруссия Д" ва "Флуминенсе" дуранг қайд этишди  1 22:48Хвича Кварацхелия: "Менга Роналдунинг ўйини ёқади, лекин Месси бошқа сайёрадан"  12 22:23Тебас "Барселона" янги футболчиларни рўйхатдан ўтказишга ҳали тайёр эмаслигини маълум қилди  5

Evro-2024. Xorvatiya - Albaniya. Prevyu Yangiliklar

Evro-2024. Xorvatiya - Albaniya. Prevyu

Bugun Evropa chempionati "V" guruhi 2-turidan o'rin olgan Xorvatiya - Albaniya uchrashuvi o'tkaziladi.

O'yin haqida nimalarni bilish lozim?

Xorvatiya Ispaniyaga qarshi birinchi tur o'yinidan katta umidlar qilgandi, lekin Berlinda Luis de la Fuente jamoasiga qarshilik qila olmadi va EVROpa chempionatining guruh bosqichidagi so'nggi 13 uchrashuvida uchinchi mag'lubiyatini qabul qildi. Bosh murabbiy Zlatko Dalich chorshanba kungi o'yin muhimligini takidlab, uning aytishicha, Xorvatiya jamoasi ketma-ket uchinchi turnirda pley-off bosqichiga chiqish umidini saqlab qolish uchun "g'alaba qozonishi kerak". Uch karra chempionlarga qarshi ikkinchi bo'limda Xorvatiyaning o'yin sifatining sezilarli darajada yaxshilanishi kelgusi bahslarga umid baxsh etadi.

Albaniya Italiyaga qarshi o'yinni juda yaxshi boshlab, EVRO tarixidagi eng tez golni urdi, lekin yakunda 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Silvino shogirdlari amaldagi Evropa chempionlariga qarshi o'yinda ko'plab ijobiy jihatlarini namoyish etdi, biroq Albaniyaning uchinchi turda Ispaniyaga qarshi o'ynashini hisobga olsak, "Arsenal" va "Barselona"ning sobiq himoyachisi Xorvatiyaga qarshi o'yinda murabbiy sifatida shogirdlarini g'alaba sari etaklashga harakat qiladi. Agar Albaniya Dortmunddagidek qiyinchiliklarni engib o'tsa, ehtimol, ularda imkoniyat paydo bo'lishi mumkin.

Taxminiy tarkiblar

Xorvatiya: Livakovich; Stanishich, SHutalo, Gvardiol, Sosa; Modrich, Kovachich; Pashalich, Mayer, Kramarich; Petkovich

Albaniya: Strakosha; Balyu, Ismayli, Djimshiti, Mitay; Ramadani, Aslani, Bayrami; Xodja, Asani, Broya

Oxirgi natijalar

Xorvatiya

Oxirgi natijalar (barcha turnirlar, oxirgi o'yinlar birinchi bo'lib sanab o'tilgan, G' - g'alaba, D - durang, M - mag'lubiyat): MG'G'G'DG'

Albaniya 

Oxirgi natijalar: MG'G'MMD

Mutaxassislar fikri

Xorvatiyalik muxbir Elvir Islamovich 

Birinchi turda Ispaniya Dalich va uning jamoasini osmondan erga tushirdi. Bu mag'lubiyat bir qancha muammolarni ochib berdi. Dalich bu shunchaki yomon kun bo'lganiga umid qilmoqda, lekin Modrich menga muhim narsani aytdi: "Biz jismoniy jihatdan yaxshilanishmiz kerak". Jamoadagilar tez charchadi, Luka va Kovachich 65-daqiqada almashtirildi, bu esa kutilmagan voqea bo'ldi. Dalich o'zgarishlarga tayyor, lekin bir necha kun ichida mo'jiza ko'rsatishga qodir emas. Eng kamida, u jamoadagi kayfiyatni ko'tarishi kerak, chunki jamoaning boshqa xatolarga yo'l qo'yishga haqqi yo'q.

Albaniyalik muxbir Egi Duro

Albaniya turnirning har bir o'yinida autsayder hisoblanadi, lekin raqiblariga jiddiy qarshilik ko'rsatishga harakat qilmoqda. Albaniyaning markazdagi dadil va matonatli o'yin uslubi Xorvatiyaning texnik mahorati bilan raqobatlashadi. Albaniyaning Modrich mahoratiga to'sqinlik qila olish-olmasligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Agar unda imkoniyat paydo bo'lsa, Xorvatiya o'tkir paslar va tezkor harakatlar bilan raqib himoyasini buzib o'tishga harakat qiladi. Bellashuvda keskin kurash bo'ladi va agar Albaniya o'z imkoniyatlaridan foydalanib, himoyada ishonchli o'yin namoyish etsa, g'alaba qozonishi mumkin.

Murabbiylar

Xorvatiya bosh murabbiyi Zlatko Dalich: "Biz bu o'yinning juda muhimligini turnir boshlanishidan oldin bilib bo'lgan edik. Ispaniyaga mag'lubiyatga uchragan bo'lsak-da, hamon ijobiy kayfiyatdamiz va tushkunlikka tushmayapmiz. Atmosfera juda yaxshi. Yigitlar birinchi o'yinga qaraganda yaxshiroq o'ynash kerakligini his qilishmoqda. Albatta, Albaniya Ispaniya kabi kuchli emas, lekin hurmatga loyiq jamoa. Albanlar motivaciyaga ega va o'yinni yaxshi tashkil qila oladi, shu bois biz xotirjam bo'lishimiz va ehtiyotkorlikni saqlashimiz kerak. Har holda ko'proq hujum qilishni niyat qilyapmiz. Biz g'alaba qilishni maqsad qilganmiz".

Albaniya bosh murabbiyi Silvino: "Jamoamiz bo'lajak bellashuvga 100 foiz tayyor. Biz o'z imkoniyatlarimizdan foydalanishimiz kerak. Qiyin guruhdan o'rin olganmiz, oldinda kuchli Xorvatiya jamoasi kutib turibdi. Ular Ispaniyaga yirik hisobda mag'lub bo'ldi, shunga qaramay, ular yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Agar o'sha o'yinda hisobga qaramasdan, statistikaga etibor bersangiz, Xorvatiyaning mag'lub bo'lganiga ishonmasligingiz mumkin. Lekin bunday darajadagi futbolda har qanday natija bo'lishi mumkin".


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика