So’nggi yangiliklar

23:06УЕФА Чемпионлар лигаси финалини АҚШда ўтказиши мумкин  8 22:45ЕЧЛ. "Брест" ва ПСЖ плей-оффда ўзаро тўқнаш келмоқда (онлайн ҳисоб)  13 22:43ЕЧЛ. Мбаппе, Вини, Беллингем. "Реал"нинг "Манчестер Сити"га қарши таркиби маълум  22 22:17Родриго "Реал"дан кетиши мумкинлиги ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди  2 21:13"Реал" ёзда 120 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  17 20:44"Барселона" Франция чемпионатидан ҳужумчи олмоқчи  6 20:18Дибала Мадридга йўл олиши мумкин  2 19:44Асрор Алиқулов: "Суперлига Про лига эмас, бизни қийин ва қизиқарли мавсум кутмоқда"  2 19:20Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси БААда халқаро турнирда иштирок этади  2 18:38Тебас ЕЧЛ янги формати ҳақида: "Вазиятни янада ёмонлаштиришди. Клублар ўртасидаги тафовут ортиб кетяпти"  44 17:50Гвардиола: "Винисиус "Олтин тўп"га лойиқ эди"  39 17:24Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Осиё чемпионати финалига чиқди!  17 17:10Назорат учрашуви. "Машъал" Про лига клубига мағлуб бўлди  5 16:21Ўзбекистонлик аёл ҳакамлар CAFA турнирида иш олиб бормоқда  2 15:35"Динамо"нинг БАА йиғинидаги рақиблари маълум  7

Evro-2024. Niklas Fyullkrugning goli Germaniyani birinchi o'rinda saqlab qoldi Yangiliklar

Evro-2024. Niklas Fyullkrugning goli Germaniyani birinchi o'rinda saqlab qoldi

Tez orada Evro-2024 "A" guruh 3-tur doirasidagi SHveycariya - Germaniya uchrashuvi bo'lib o'tdi.

SHveycariya – Germaniya 1:1
"Doyche bank Park" stadioni
Gollar
: 1:0 – 28 Ndoye, 1:1 – 90+2 Fyullkrug.

SHveycariya – Zommer, Vidmer, Rodriges, SHer, Akandji, Ebisher, Djaka, Froyler, Rider (Vargas, 65), Ndoye (Amduni, 65), Embolo (Dua, 65).

Germaniya – Noyer, Ryudiger, Ta (SHlotterbek, 61), Mittelshtedt (Raum, 61), Kroos, Gyundogan, Andrix (Bayer, 65), Virtc (Sane, 76), Kimmix, Xavertc, Musiala (Fyullkrug, 76).

Ogohlantirishlar: Ndoye (25), Ta (38), Djaka (67), Vidmer (81).


Switzerland

Dan Ndoye - 28'

EURO Grp. A . 3-tur

24/06/2024, 01:00

1
:
1
Tugadi

Germany

Niclas Fuellkrug - 90'

Stadion: Deutsche Bank Park, 46685 tomoshabin

Bosh hakam: Daniele Orsato

45'
90'
25'  Dan Ndoye
28'  Dan Ndoye
28'  Remo Freuler
65'  Fabian Rieder (Ruben Vargas)
65'  Dan Ndoye (Zeki Amdouni)
65'  Breel Embolo (Kwadwo Duah)
66'  Granit Xhaka
81'  Silvan Widmer
17'  Robert Andrich
38'  Jonathan Tah
61'  Jonathan Tah (Nico Schlotterbeck)
61'  Maximilian Mittelstaedt (David Raum)
65'  Robert Andrich (Maximilian Beier)
76'  Jamal Musiala (Niclas Fuellkrug)
76'  Florian Wirtz (Leroy Sane)
90'  Niclas Fuellkrug
90'  David Raum



Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


Leroy Sane markazda to'pni oldirib qo'ydi va shu pallada Daniel Orsato final hushtagini chaldi! Mag'lubiyatdan qutilib qolgan Germaniya pley-offga birinchi o'rindan chiqdi!  

90+4-daqiqa. SHveycariya terma jamoasi hujumga tashlandi. Ammo uzatmadagi xato tufayli urinish oxiriga etmay qoldi. 

90+2-daqiqa. GOOOOOOL! Niklas Fyullkrug Germaniyani ehtimol mag'lubiyatdan qutqarib qolmoqda!

90-daqiqa. O'yinning ikkinchi bo'limiga 4 daqiqa qo'shib berildi!

84-daqiqa. Kroosning uzatmasidan keyin Kay Xaverc elkasi bilan zarba berdi, to'p darvoza to'siniga tegib, maydonni tark etdi.  

81-daqiqa. Ogohlantirish! Silvan Vidmer qanotda Raumga nisbatan ochiqchasiga fol ishlatgani uchun ogohlantirildi.

76-daqiqa. O'zgarishlar! Virc va Musiala o'rniga Niklas Fyulkryug hamda Leroy Sane jangga tashlandi.

Germaniya musobaqadagi ilk muammoga duch keldi va hozircha uni qanday hal qilish mumkinligini topa olmayapti. 

67-daqiqa. Ogohlantirish! Agressiv harakati uchun Jakaga sariq ko'rsatildi. 

66-daqiqa. O'zgarish! Andrix o'rniga Maksimilian Bayer jangga qo'shildi.

65-daqiqa. O'zgarishlar! Embolo, Ndoye va Rider o'rniga Ruben Vargas, Kvadvo Dua hamda Zeki Amduni o'yinga qo'shildi.   

64-daqiqa. Kroosning uzatmasidan keyin Kay Xaverc zarba berdi, lekin yana noaniq. 

61-daqiqa. O'zgarishlar! Jonatan Ta o'rniga Niko SHlotterbek, Maksimilian Mittelshtadt o'rniga Devid Raum maydonga tushirildi.   

60-daqiqa. Germaniya navbatdagi burchak zarbasidan foyda chiqara olmadi. 

57-daqiqa. Sariq kartochkasi bor Jonatan Ta to'p uchun kurashda Embologa nisbatan fol ishlatdi, deb topildi. Himoyachi bunday qarordan norozi.  

55-daqiqa. Toni Kroos kuchli zarba berdi, ammo mo'ljalda adashdi. 

50-daqiqa. Vircning ajoyib uzatmasidan keyin Musiala qulay imkoniyatga ega bo'ldi va zarba berdi, lekin Zommer o'z o'rnida.  

48-daqiqa. Ryudiger, Ta va Andrix birgalikda Emboloni zararsizlantirishdi!

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+2-daqiqa. Bo'ldi, Orsato bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Tanaffus!

45+1-daqiqa. Germaniya terma jamoasi hech qaerga shoshmayapti. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

44-daqiqa. Germaniyaning yana bir hujumi samarasiz yakunlandi. 

38-daqiqa. Ogohlantirish! Jonatana Ta juda baland sakrab, Embologa nisbatan xavfli harakat qilgani uchun kartochkaga loyiq ko'rildi.  

36-daqiqa. SHveycariya futbolchilari nemislarning yana bir urinishini ortiqcha muammosiz yo'qqa chiqarishdi. 

33-daqiqa. Andrixning yana bir zarbasidan keyin to'p raqib futbolchisiga tegib, maydonni tark etdi. Burchak zarbasini Kroos amalga oshirdi va himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi. 

28-daqiqa. GOOOOOOL! Remo Froylerning uzatmasidan keyin hozirgina sariq olgan Den Ndoye to'pni darvozaga yo'lladi. 

25-daqiqa. Ogohlantirish! Den Ndoye o'yin qoidasini buzgani uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

20-daqiqa. SHveycariya oldinga o'tdi. Standart vaziyatdan naf chiqmadi. 

Hisob o'zgarmadi va o'yin davom etadi. 

Ammo, lekin, biroq... "VAR" ishga tushdi va Orsatoni ekran oldiga chaqirdi. Italiyalik hakam Musiala chindan ham goldan biroz avval o'yin qoidasini buzganini qayd etdi. 

17-daqiqa. GOOOOOOOL! Andrix uzoq masofadan zarba berib, hisobni ochdi!

15-daqiqa. Jaka to'p uchun kurashda Kroosga nisbatan qoidani buzdi.

13-daqiqa. Manu Noyer ishonchli harakat qilib, jarima maydonchasiga yorib kirayotgan raqibi to'pga ega chiqa olmasligini taminladi.  

12-daqiqa. Kay Xaverc jarima maydonchasi ichida yiqildi va hakamga yuzlanib, penalti belgilanishi kerakligini uqtirmoqchi. 

10-daqiqa. Germaniya to'pni nazorat qilmoqda. 

5-daqiqa. Maydon markazida nemislar o'yin qoidasini buzishdi. 

3-daqiqa. SHveycariya darhol javob berdi, lekin bu safar ham burchak zarbasi naf keltirmadi. 

2-daqiqa. Germaniya termasi burchak zarbasi ishlab oldi, lekin darvozasi tomon yo'llangan zarba Zommerga muammo tug'dirmadi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

Har ikki jamoa asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishdi va madhiyalar jarang sochmoqda. 


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика