So’nggi yangiliklar

22:05"Динамо" назорат учрашувида "Машъал"ни таслим қилди  0 21:21Фабио Каннаваро: "Бизда буни ўнглаш учун яна 8 ой вақт бор"  23 21:21Рустам Ашурматов: "Ўйин томонлама кучайтирадиган жиҳатларимиз бор экан"  4 20:24Ўзбекистон терма жамоасининг 11 ўйинлик мағлубиятсиз серияси якунига етди  20 20:08Русланбек Жиянов: "Уругвай каби кучли жамоаларга қарши учрашувларда катта тажриба оламиз"  16 20:00Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон – Уругвай 1:2  8 19:52"Манчестер Юнайтед" собиқ бош мураббийи "Рейнжерс" билан музокаралар ўтказмоқда  0 19:38Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон Уругвайга кичик ҳисобда мағлуб бўлди  421 19:13МЮни сотиб олишга даъвогар тадбиркор клубга "Олтин тўп" соҳибини олиб келмоқчи  3 18:49Туркиялик дарвозабон терма жамоа ихтиёридан кетиб қолди. У асосий таркибга киритилмаганидан хафа  1 18:22Ўзбекистон U-14 терма жамоаси бу сафар Қозоғистондан енгилди  3 17:59"Ньюкасл" ФИФАдан 6,5 миллион фунт олади  0 17:22Зидан тарихдаги энг яхши жамоани айтди, бу "Реал" эмас  34 16:53МЮ "Арсенал" ва "Челси" қизиқаётган футболчи учун курашга қўшилди  0 16:02"Маргарет Тэтчер, эшитяпсанми, сайлов кампаниянг қизиган пайтда менда сенга бир хабар бор..."  1

Evro-2024. Mirjalol Qosimov: “Musobaqa favoriti va chempionlik? Bu savolga 15 iyul kuni erta tongda javob berishim mumkin” Yangiliklar

Evro-2024. Mirjalol Qosimov: “Musobaqa favoriti va chempionlik? Bu savolga 15 iyul kuni erta tongda javob berishim mumkin”

Xabaringiz bor, bir necha kundan so'ng Evro-2024 musobaqasi start oladi.

O'z vaqtida nufuzli xalqaro musobaqalar ishtirokchisi bo'lgan, o'smirlar o'rtasida Jahon va Evropa chempioni, Osiyo o'yinlari g'olibi, hozirda Olmaliqning OKMK klubi jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bilan bo'lajak Evro haqida suhbatlashdik. 

- Evropa chempionatida kimga muxlislik qilasiz va nima uchun?

- Menga ko'proq ispaniyaliklarning o'yin uslubi yoqadi. SHu boisdan ham, Ispaniya terma jamoasiga muxlislik qilaman.

- Bu musobaqada qaysi terma jamoadan kutilmagan natija kutyapsiz?

- Ko'pchilik bu safar Italiya terma jamoasini jiddiy qabul qilmayapti. Jumladan Joze Mourino ham italiyaliklarni g'olib sifatida ko'rmayotganini aytdi. Lekin men Italiya terma jamoasini anchadan beri kuzatib kelaman va Appenin yarim oroli vakillari har qanday kuchsizlangan tarkib bilan ham mo'jiza ko'rsatishi mumkinligiga bir necha bor guvoh bo'lganman. SHuningdek, Belgiya va Portugaliya terma jamoalaridan ham syurpriz kutish mumkin.

- Birinchi ko'rgan Evropa chempionatingiz qaysi bo'lgan, uni qanday xotirlaysiz?

- Ko'z ochib ko'rgan ilk Evropa chempionatim 1987 yil o'smirlar o'rtasida Franciyada bo'lib o'tgan qita chempionati hisoblanadi. O'shanda biz, yani sobiq Ittifoq terma jamoasi finalda Italiya termasiga 0:2 hisobida mag'lub bo'lganmiz. Lekin, keyinchalik, italiyaliklar tarkibida yoshi katta o'yinchi borligi aniqlanib, ularning chempionligi bizga olib berilgan. SHu bois, 17 yoshimda ham Evro, ham Jahon chempioni bo'lish nasib etgan.

- Kattalar o'rtasida ilk marta ko'rgan Evropa chempionatingiz qaysi bo'lgan?   

- 1988 yil Germaniyada bo'lib o'tgan qita birinchiligi. O'shanda biz muxlislik qilgan SSSR terma jamoasi ajoyib o'yin ko'rsatib, finalgacha etib borgan. Finalda esa undan-da ajoyib o'yin namoyish qilgan Gollandiya termasi 2:0 hisobida zafar quchib, chempionlikni qo'lga kiritgan. Marko van Bastenning Rinat Dasaev darvozasiga urgan super goli hali ham ko'z o'ngimda saqlanib qolgan.

- Musobaqa favoriti kim? Kimda chempionlik uchun imkoniyat yuqori?

- Bu savolga 15 iyul kuni erta tongdan aniq javob berishim mumkin (kuladi). Taxmin va prognozlarni yoqtirmayman. Lekin fikrimcha, Angliya, Franciya, Ispaniya va Germaniya termalari   favoritlar qatorida bo'lishadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика