So’nggi yangiliklar

07:25А Серия. "Милан" сўнги дақиқаларда камбек амалга оширди, Мората "Милан"даги биринчи голини урди, 1-тур ўйинлари битта саҳифада  1 06:50ЛаЛига. "Валенсия" - "Барселона" 1:2, Ямалдан ассист, Левандовский иккита урди   0 06:45Туркия Суперлигаси. "Адана Демирспор" - "Ризеспор" 1:2, Алиқулов бурчак зарбасини голга айлнатирди  2 02:34Ла Лига. "Барселона" илк турда камбэк эвазига меҳмонда ғалабага эришди, Левандовскидан дубль!  18 01:49Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Демирспор"ни мағлуб этди, Алиқулов иккинчи ўйинда ҳам гол урди!  10 01:33Роналду Суперкубокдан сўнг "Ал Насср"га кумуш медаллари бериш маросимида иштирок этмади. Криштиану 1:4 билан тугаган ўйиндан сўнг дарҳол кийим алмаштириш хонасига кетиб қолди  10 00:55"Челси" ва "Атлетико" катта алмашинувни амалга оширишга яқин (Рубен Урия)  4 00:10Роналду клуб миқёсидаги 32та финалдан 10тасини бой берди  4 23:38А Серия. Амалдаги ғолиб "Интер" чемпионатни дуранг билан бошлади, миланликлар 90+6 дақиқадаги гол сабаб ғалабани қўлдан бой беришди  1 23:20Туркия Суперлигаси. Ўзбек дербисида ғолиб номи аниқланди  5 23:16Саудия Арабистони Суперкубоги. Роналду бу сафар ҳам совринни қўлга кирита олмади, "Ал Ҳилол" яна "Ал Насср"ни тор-мор этди  51 22:23Ансу Фати Туркияга йўл олиши мумкин?!  5 21:58Расман: "Милан" Франция терма жамоаси ўйинчисини 25 миллион еврога харид қилди  2 21:01Файзуллаев Россия ва Ўзбекистонни таққослади  12 20:53АПЛ. "Арсенал" чемпионатни осон ғалаба билан бошлади  3

Evro-2024. Ispaniya Angliyani mag'lub etib, to'rt karra chempionga aylandi! Yangiliklar

Evro-2024. Ispaniya Angliyani mag'lub etib, to'rt karra chempionga aylandi!

Evropa chempionatining hal qiluvchi uchrashuvi yakunlandi.

Ispaniya — Angliya 2:1

Gollar: 1:0 – 47 Uilyams, 1:1 – 73 Palmer, 2:1 – 86 Oyarsabal.

Ispaniya – Unai Simon, Karvaxal, Laport, Le Norman (Nacho, 83), Kukurelya, Fabian Ruis, Rodri (Subimendi, 46), Olmo, Uilyams, Yamal (Merino, 89), Morata (Oyarsabal, 68).

Angliya – Pikford, Uoker, Stounz, Gexi, SHou, Rays, Foden (Touni, 89), Bellingem, Maynu (Palmer, 70), Saka, Keyn (Uotkins, 61).

Ogohlantirishlar: Keyn (25), Olmo (31), Stounz (53), Uotkins (90+2).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Bugungi o'yinni Oqil Abdubarnoev sharhlab bordi. Etiboringiz uchun rahmat!

Eng qayg'uli va davomiy kadr.

Rodri turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Lamin Yamal turnirning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.

Uchrashuv yakunlandi! Ispaniya to'rt karra Evropa chempioniga aylandi!


90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. Xavfli vaziyat! Angliyaning ketma-ket zarbalarini ispanlar qaytardi. Olmo qahramonga aylandi.

Yarim finalda Franciya darvozasini ishg'ol qilgan Olmo Evropa chempionatida ketma-ket uch o'yinda gol urgan dastlabki ispaniyalik futbolchiga aylangandi.

86. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLL!!! Oyarsabal Kukurelyaning chap qanotdan oshirgan uzatmasini darvozaga to'g'rilab qo'ydi va Ispaniyani hisobda oldinga olib chiqdi!

83. Ispaniyada o'zgarish: Le Norman Nacho bilan almashtirildi.

Le Norman diskvaliikaciya sababli Franciyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgandi. Bugun esa u yana asosiy tarkibga qaytdi. "Real Sosedad" himoyachisi tez orada "Atletiko"ga yo'l olishi haqida Fabricio Romano xabar berdi, bu xabar qanchalik haqiqatga yaqin ekanligini vaqt ko'rsatadi.

82. Xavfli vaziyat! Yamalning yana bir zarbasini Pikford qaytardi.

Daniyaga qarshi o'yin Pikford uchun Angliya terma jamoasi tarkibidagi 21-o'yin bo'ldi. SHu tariqa u Angliya terma jamoasi safida Evropa va jahon chempionatlarida eng ko'p o'yin o'tkazgan darvozabonga aylandi. Avvalgi rekord Piter SHiltonga tegishli edi.

73. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLL!!! Bir necha daqiqa ilgari zaxiradan maydonga tushgan Koul Palmer chap oyoqda raqib darvozasining uzoq pastki burchagini aniq nishonga olib, hisobni tenglashtirdi!

Angliyaning Evropa chempionati asosiy vaqtidagi mag'lubiyatsiz seriyasi 13 o'yinni tashkil etadi. Inglizlar oxirgi marta 2016 yil Islandiyaga imkoniyatni boy berib qo'ygan.

70. Angliyada Palmer maydonga tushmoqda, u Meynuni almashtirdi.

68. Ispaniyada o'zgarish: Morata o'rniga Oyarsabal tushirildi.

Morataning yangi mavsumda "Milan" sharafini himoya qilishi oydinlashmoqda. Hujumchi Ispaniya tarkibida 17-o'yinini o'tkazib, terma jamoa tarkibida turnirda eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchiga aylandi.

66. Xavfli vaziyat! Yamalning uzoq burchakka yo'llagan xavfli zarbasini Pikford qaytardi.

Darhaqiqat, Yamal Evropa chempionati finallari tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi (17 yosh, 1 kun) va Renatu Sansheshning rekordini yangiladi.

64. Xavfli vaziyat! Bellingem ajoyib harakat bilan ikki ispanni dog'da qoldirib, chap oyoqda zarba yo'lladi, biroq uning urinishiga biroz aniqlik etishmadi.

Jud Bellingem birinchi bo'limda 8 ta yakkakurashda g'alaba qozonib, bu borada eng yaxshi natijani qayd etdi.

61. Angliyada o'zgarish: Keyn maydonni tark etdi. Uotkins o'yinni davom ettiradi.

Harri Keyn Evropa chempionatida pley-off bosqichida hozirga qadar 6 ta gol urib, Antuan Grizmann rekordini takrorlagan. Bugun u rekordni yangilay olmadi.

Ispaniya so'nggi 18 o'yinda faqatgina bir marta — 22 mart kuni Kolumbiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida mag'lubiyatga uchragan.

56. Uilyamsning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

Niko Uilyams tez orada "Barselona" futbolchisiga aylanishi mumkin. U kataloniyaliklar taklifini qabul qilgan.

55. Xavfli vaziyat! Morata raqib jarima maydoniga kirib bordi va zarba yo'lladi, ammo zarba noaniq yo'nalish oldi.

53. Maydon markazidan qochib ketayotgan Subimendini to'xtatib qolgan Stouns ogohlantirildi.

Ispaniya terma jamoasining transfer narxi 493 mln evroga teng. Angliya tarkibi esa salkam ikki baravar qimmat — 861 mln evro.

49. Xavfli vaziyat! Birinchi golga o'xshash vaziyat va Olmoning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

47. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLL!!! Niko Uilyams Yamalning uzatgan to'pini chap oyoqda raqib darvozasiga joylab qo'ydi!

Yamal allaqachon to'rtta golli uzatmani amalga oshirgan. Etiborlisi, hech bir ispaniyalik futbolchi Evropa chempionatida to'rtta golli uzatmani amalga oshirmagan.


46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Ispaniya terma jamoasida o'zgarish: Rodri jarohat olib, maydonni tark etdi. Martin Subimendi maydonga tushirildi.

Kayl Uoker Rodriga qarshi to'qnashuvni itlar jangiga qiyosladi. Ijobiy manoda, albatta. Karvaxal ham Rodri haqida shunday dedi: "Men unga Manchesterdan ket, "Real"ga keraksan deya har kuni aytaman".

Birinchi bo'lim statistikasi 

To'p nazorati (%): 69-31

Zarbalar: 5-3

Aniq zarbalar: 1-1

Follar: 6-2

Ogohlantirishlar: 1-1

Burchak zarbalari: 6-1

Taym yakunlandi.

45+1. Xavfli vaziyat! Jarimadan uzatilgan to'p Fodenning zarbasi bilan yakunlandi. Simon o'z o'rnida. 

Foden Niderlandiyaga qarshi uchrashuvni o'zining Angliya terma jamoasi safidagi eng yaxshi o'yini deb atadi.

45. Uokerga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Angliyada standart vaziyat yuzaga keldi.

43. Morata raqib jarima maydoniga kirib bordi, biroq ingliz himoyachilari uning zarba yo'llashiga imkon berishmadi.

Uchrashuvdan avval De la Fuente Moratada superyulduzlarga xos statistika mavjud ekanligini aytib, uni qo'llab-quvvatlashini bildirdi.

Zerikarli futbol taktikasini ishlab chiqqan Garet Sautgeyt ketma-ket ikkinchi marotaba finalga chiqdi. Murabbiylardan faqatgina Germaniyani boshqargan Xelmut SHen va Berti Fogts bunday natijaga erishgan.

De La Fuente Evropa chempionatida ishtirok etayotgan eng keksa uchinchi murabbiyga aylandi (63 yosh, 23 kun). Faqatgina Otto Rexagel va Luis Aragones undan keksaroq yoshda finalda qatnashgan.

34. Lyuk SHou o'ng qanotdan oldinga borayotgan Yamalni o'tkazmadi.

31. Olmo Raysga nisbatan qo'pollik ishlatgani va etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi. Kartochkalar bo'yicha ham hisob tenglashdi.

Olmoning ham "Manchester Siti"ga o'tishi haqida gap-so'zlar ko'paymoqda. "SHaharliklar" uning tovon pulni to'lashga tayyor ekanliklarini malum qilgan.

28. Ruisning zarbasi Gueiga tegib, tezligini pasaytirdi, natijada xavli ko'rinish olmadi.

25. Uchrashuvdagi ilk sariq kartochka Harri Keynga ko'rsatildi. U Ruisga nisbatan qo'pol o'ynadi.

Keyn o'yindan avval Evropa chempionligini qo'lga kiritish uchun barcha individual sovrinlaridan voz kechishga tayyor ekanligini aytib o'tdi.

Fabian Ruisning PSJni tark etishi haqida xabarlar bong urmoqda. SHunga qaramay, yarim himoyachi parijliklar safida baxtli ekanligini aytib o'tdi. Xavbek mazkur turnirning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar qatoridan o'rin olgan. U Xorvatiyaga qarshi o'yinning eng yaxshisi deb topilgandi.

22. Kukurelya hujumda Fodenga nisbatan qoidabuzarlik ishlatdi.

Kukurelya yakkakurashlarda g'alaba qozonish bo'yicha guruh bosqichining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. CHap qanot himoyachisi 22 ta yakkakurashda qatnashib, 17 tasida ustun kelgan. Bu umumiy ko'rsatkichning 77 foizini tashkil etadi.

15. Angliya tezkor qarshi hujum tashkil etdi. Uokerning o'ng qanotdan uzatgan to'pni Lyaport qaytardi.

Lyaport o'yindan avval Angliya terma jamoasi futbolchilari individual jihatdan kuchli ekanligini, biroq bu jihat Evropa chempionatida ko'zga tashlanmayotganini aytib o'tdi.

13. Ispaniyaning burchak zarbasi Le Normanning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

12. Stouns Uilyamsni xavfli uzatma berishiga yo'l qo'ymadi.

11. Angliya standartga ega bo'ldi, biroq hujumda Guei hujumda fol ishlatdi.

Britaniya matbuoti tarqatayotgan xabarlarga ko'ra, Mark Gueiga "Real Madrid" qiziqsh bildirmoqda. Madridliklar klub bilan xayrlashgan Nacho o'rnini yosh va iqtidorli futbolchi bilan to'ldirmoqchi. "Kristal Pelas"ning 23 yoshli futbolchisining jamoa bilan shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi. Ingliz klubi himoyachini 40 mln funt-sterlingga baholagan.

8. Ispaniyaning navbatdagi hujumini Rays zararsizlantirdi.

Deklan Rays mamlakati Evro-2024'da g'alaba qozonsa, pivo ichishga vada berdi . “Agar biz chempion bo'lsak, haqiqiy pivoni tatib ko'raman. Ammo ichayotgan payt burnimni ushlab turishim kerak, chunki uning hididan nafratlanaman!", dedi "Arsenal" futbolchisi.

5. Ispaniyaning ketma-ket ikki hujumini Stouns bartaraf etdi.

Jon Stouns jarohatidan tiklanib, safga qaytganiga ko'p bo'lmadi. U Islaniyadiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida to'pig'idan shikastlangandi. SHunga qaramay, 30 yoshli "Manchester Siti" himoyachisi inglizlar mudofaasida ishonchli harakat qilmoqda.

Jamoalar o'zaro 27 marotaba to'qnash kelishgan. 10 marta Ispaniya, 13 marta Angliyaning qo'li baland kelgan. 4 o'yinda kuchlar teng kelgan. To'plar nisbati 32-45, Angliya foydasiga.

1. Uchrashuv boshlandi. Ispaniya futbolchilari qizil, Angliya o'yinchilari oq rangli libosda harakat qilishadi.

Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda.

Ikki terma jamoa futbolchilari orasida raqiblik qilayotgan mamlakatda faoliyat yuritgan futbolchilar mavjud. Misol uchun, Angliya chempionatida David Rayya, Rodri va Mark Kukurelya to'p tepadi.

SHuningdek, klubdagi sheriklar bugun o'zaro raqib sifatida to'qnash kelishadi. Rodri "Manchester Siti"da Jon Stounz, Kayl Uoker va Fil Foden bilan birga; Mark Kukurelya "CHelsi"da Konor Gallaxer va Koul Palmer; David Rayya esa "Arsenal"da Aron Ramsdeyl, Deklan Rays va Bukayo Saka bilan jamoadosh sanaladi.

Bugun Ispaniyaga yarim himoyachi Pedri yordam bera olmaydi. U Germaniyaga qarshi o'yinda jarohat olgan. SHuningdek, hujumchi Ayose Peres ham shikastlanish sababli maydonga tushmaydi. Angliyada esa yo'qotishlar yo'q.

Finalga franciyalik hakamlar tayinlangan. Fransua Letese boshchiligidagi brigada hal qiluvchi bahsda ishlaydi, unga qanotlarda Siril Myune va Medi Ramuni yordam beradi. To'rtinchi hakam — polshalik SHimon Marcinyak. Zaxiradagi yordamchi hakam uning hamyurti Tomash Listkevich. VARda franciyalik Jerom Brizar, Villi Delajo hamda Massimiliano Irrati faoliyat olib boradi.

Ispaniya Evropa chempionatlari finallarida to'rt marotaba qatnashib, uch marotaba chempionlikni qo'lga kiritgan. 1964 yil Madridda SSSR (2:1), 2008 yil Venada Germaniya (1:0) va 2012 yil Kievda Italiya (4:0) mag'lub etilgan. "Qizil furiya" faqatgina 1984 yil Parijda Franciya (0:2)ga imkoniyatni boy bergan.

SHu bilan birga, Ispaniya chempionlik tojini himoya qila olgan yagona jamoa hisoblanadi.

Ispaniya finalga chiqish bo'yicha Germaniyadan keyin (nemislarda oltita final) ikkinchi bo'lib turibdi. Italiya va SSSR esa to'rt marotaba hal qiluvchi o'yinlarda ishtirok etgan.

Ispaniya guruh bosqichida Italiya (1:0), Xorvatiya (3:0) va Albaniya (1:0)ni mag'lub etdi. Nimchorak finalda Gruziya taslim etildi (4:1), chorak finalda mezbon Germaniyani musobaqadan chiqarib yubordi (2:1) hamda yarim finalda yana bir favorit Franciya (2:1) mag'lub etildi.

Angliya esa dahshatli kamtarona natijalarga erishdi. Guruh bosqichining ilk turida Serbiya minimal hisobda mag'lub etildi (1:0), so'ngra Daniya (1:1) va Sloveniya (0:0) bilan kuchlar teng keldi. SHunga qaramay, guruh peshqadami sifatida keyingi bosqichga yo'l olgan Sautgeyt shogirdlari Slovakiyadan tarsaki eyishiga bir bahya qoldi. "Real"dan so'nggi soniyalarda mo'jiza ko'rsatishni o'rganib kelgan Bellingem buni amalda namoyon etdi. Qo'shimcha bo'limlarda urilgan yana bir gol inglizlarga 2:1 hisobidagi qiyin g'alabani tuhfa etdi. CHorak finalda SHveycariya bilan yana durang (1:1), bu safar penaltilarda "uch sherlar"ning qo'li baland keldi va yarim finalda, durangga qarab ketayotgan o'yinning so'nggi lahzalarida zaxiradan maydonga tushgan Olli Uotkins final yo'llanmasini taqdim etdi. Xullas, Angliyani durangsevar jamoa deya etirof etishimiz mumkin.

Ispaniya hozirga qadar turnirning ketma-ket oltita uchrashuvida g'alaba qozondi va guruh bosqichida birorta gol o'tkazib yubormadi. Futbol vatani bo'lmish Angliya shu kunga qadar o'z mamlakatidan tashqarida o'tkazilgan yirik turnirlar finalida o'ynamagan.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari! Bugun Evropa chempionatining hal qiluvchi uchrashuvini birgalikda kuzatib boramiz. O'yin va uning atrofidagi jarayon hamda qiziqarli statistikalar bilan sizni zeriktirib qo'ymaymiz degan umiddaman. Finalda Ispaniya va Angliya terma jamolari to'qnash kelishadi.

Reyting: +31   

Fikrlar

+17   
15 iyu 01:54:34
Tohir P
Бу турнирда энг муносиби бу шубхасиз ИСПАНИЯ эди.
+16   
15 iyu 01:57:34
BOBIRBEK_URINOV
ЯМАЛ бир икита чайнашни бошлаганларни оркасига калампир кистириб куйди! Кайтиб огиз очолмаслиги учун! Испанлар хакли галабага эришди!
+14   
15 iyu 01:55:01
A.Iniesta
Bellingem otmen oltin top..Yamalga beriw kere...
+13   
15 iyu 02:00:24
Isroiljon Kasimov
ЯМАЛ-ЕВРОНИНГ ЭНГ ЯХШИ ЎЙИНЧИСИ!!!
+12   
15 iyu 01:55:52
Isroiljon Kasimov
Хақиқатан,ИСПАНИЯ ХАҚЛИ ЭДИ ЧЕМПИОНЛИККА,ФУТБОЛ ҒАЛАБА ҚОЗОНДИ,ХАҚИҚАТ ҒАЛАБА ҚОЗОНДИ!!!
+11   
15 iyu 01:55:33
I.Ro'ziyev
Anti Yamalchilarda qande gapla
+11   
15 iyu 01:54:26
{ CHELSEA }
Ispaniya haqli chempion boʻldi...
+11   
15 iyu 01:49:23
Tohir P
Олмо чинакам Испания кахрамони
+8   
15 iyu 01:53:55
barselona7
Испания мураббийи ҳам ниманидир билади шекилли.Заҳирадан Ойрасабални туширди ва айнан Ойрасабал ғалаба голини урди.
+7   
15 iyu 01:56:21
I.Ro'ziyev
Ispaniya yutdi Futbol yutdi
+6   
15 iyu 02:31:56
Özil10
Olimpiadada Ispaniyani yutib qoysak O’zbekistonga etibor kuchayadi endi yutishimiz qiyin bosayam termamizga omad tilimiz usha kuni
+6   
15 iyu 01:57:15
Özil10
Ispaniya haqli yutdi haqiqatda jamoviy yutdi qoil kuchli nomlar bomasayam kuchli xujum qiladigan jamoa yutdi
+6   
15 iyu 01:55:39
FC_BARCELONA_UZ
Qizil furiya 1 oylik "yurish"ini g'alaba bilan yakunladi. Men ishongandim Ispaniya chempion bo'lishiga va yakunda shunday ham bo'ldi.
+6   
15 iyu 01:53:02
ArsaBarsa
Bu chempionatda Laportni ham juda katta xizmati bor. Juda zo'r o'ynadi. Al Nasrda yurib ham yervopada darajasida ekan haliyam
+5   
15 iyu 02:26:14
Abdurahmon Irgashev
АРГЕНТИНА -КОЛУМБИЯ! яна битта финалга тайёрмисила :)
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика