Evro-2024. Dastlabki turning 4 ta o'yiniga hakamlar tayinlandi
14 iyu 11:56
Yangiliklar
Evro-2024. Dastlabki turning 4 ta o'yiniga hakamlar tayinlandi
UEFA Germaniya hamda SHotlandiya o'rtasidagi ochilish o'yinini franciyalik Kleman Tyurpen va uning brigadasiga ishonib topshirdi. Yordamchi hakamlar – Nikolya Dano va Benjamen Paj, to'rtinchi hakam – Fransua Letekse, VAR – Jerom Brizar, AVAR – Villi Delajod, Massimiliano Irrati.
SHuningdek, 15 iyun, juma kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan Evro-2024 guruh bosqichining uchta o'yiniga hakamlar tayinlandi.
Vengriya – SHveycariya uchrashuvini Sloveniyadan kelgan hakamlar boshqarib boradi. Bosh hakam – Slavko Vinchich, yordamchilar – Tomaj Klanchnik va Andraj Kovachich, to'rtinchi hakam – Rade Obrenovich, VAR - Neyc Kaytazovich.
Ispaniya – Xorvatiya uchrashuvida angliyalik hakamlar ishlaydi. Hakam – Maykl Oliver, yordamchilar – Styuart Bert va Den Kuk, to'rtinchi hakam – Entoni Teylor, VAR – Styuart Ettuell.
Italiya – Albaniya uchrashuvini germaniyalik hakamlar boshqarib boradi. Bosh hakam – Feliks Cvayer, yordamchilar – SHtefan Lupp va Marko Axmyuller, to'rtinchi hakam – Daniel Zibert, VAR – Bastian Dankert.
Fikrlar