Evro-2020'da terma jamoalar 23 emas, 26 futbolchini qaydnomadan o'tkazadi
27 apr 2021 20:25
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/634008_original.jpg)
![](/upload/storage/634008_220.jpg)
Evro-2020'da terma jamoalar 23 emas, 26 futbolchini qaydnomadan o'tkazadi
Bu haqda The Times xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, bo'lajak Evropa chempionatida terma jamoalarga odatdagidek 23 emas, balki 26 nafar futbolchini qaydnomadan o'tkazishiga ruxsat beriladi.
UEFAning terma jamoalar bo'yicha qo'mitasi ushbu qarorni koronavirus pandemiyasi oqibatlari tufayli qabul qildi.
Tarkibning kengaytirilishi terma azolaridan biri kasallangan taqdirda ularning o'rnini tezda to'ldirish uchun imkon beradi.
Eslatib o'tamiz, Evro-2020 o'tgan yili bo'lib o'tishi kerak edi. Biroq, pandemiya tufayli u 2021 yilga qoldirildi va UEFA musobaqa nomini o'zgartirmaslikka qaror qildi. Bo'lajak qita birinchiligi 11 iyundan 11 iyulga qadar bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar