So’nggi yangiliklar

07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  0 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2

Evro-2020. Ekstra taymlargacha cho'zilgan bahsda Ispaniya Xorvatiyani mag'lub etdi Yangiliklar

Evro-2020. Ekstra taymlargacha cho'zilgan bahsda Ispaniya Xorvatiyani mag'lub etdi

Teglar :  IspaniyaXorvatiya
Evropa chempionati 1/8 finalidan o'rin olgan Xorvatiya - Ispaniya uchrashuvini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

Croatia

Pedri - 20', Mislav Orsic - 85', Mario Pasalic - 90'

EURO Final Stage . 1/8-tur

28/06/2021, 22:00

5
:
3
Finished AET

Spain

Pablo Sarabia - 38', Cesar Azpilicueta - 57', Ferran Torres - 77', Alvaro Morata - 100', Mikel Oyarzabal - 103'

Stadion: Parken, 22771 tomoshabin

Bosh hakam: Cuneyt Cakir

45'
90'
120'
20'  Pedri
46'  Bruno Petkovic (Andrej Kramaric)
67'  Ante Rebic (Mislav Orsic)
73'  Marcelo Brozovic
73'  Josip Juranovic (Josip Brekalo)
79'  Mateo Kovacic (Ante Budimir)
79'  Nikola Vlasic (Mario Pasalic)
84'  Duje Caleta-Car
85'  Mislav Orsic
90'  Mario Pasalic
90'  Mislav Orsic
114'  Luka Modric (Luka Ivanusec)
38'  Pablo Sarabia
38'  Jose Gaya
57'  Cesar Azpilicueta
57'  Ferran Torres
71'  Pablo Sarabia (Dani Olmo)
71'  Eric Garcia (Pau Torres)
77'  Ferran Torres
77'  Pau Torres
77'  Jose Gaya (Jordi Alba)
77'  Koke (Fabian Ruiz)
88'  Ferran Torres (Mikel Oyarzabal)
100'  Alvaro Morata
100'  Dani Olmo
101'  Sergio Busquets (Rodri)
103'  Mikel Oyarzabal
103'  Dani Olmo


Xorvatiya – Ispaniya 3:5

"Parken"

Gollar: 1:0 – 20, avtogol Pedri, 1:1 – 38 Sarabiya, 1:2 – 57 Aspilikueta, 1:3 – 76 Ferran Torres, 2:3 – 85 Orshich, 3:3 – 90 Pashalich, 3:4 – 100 Morata, 3:5 – 103 Oyarsabal.

Xorvatiya – Livakovich, CHaleta-Car, Gvardiol, Yuranovich (Brekalo, 74), Vida, Kovachich (Budimir, 79), Modrich (Ivanushec, 114), Vlashich (Pashalich, 79), Brozovich, Rebich (Orshich, 67), Petkovich (Kramarich, 46).

Ispaniya – Unai Simon, Gayya (Alba, 78), Aspilikueta, Laport, Erik Garsiya (Pau Torres, 72), Sarabiya (Olmo, 72), Koke (Fabian Ruis, 78), Pedri, Buskets (Rodri, 102), Ferran Torres (Oyarsabal, 88), Morata.

Ogohlantirishlar: Brozovich (73), CHaleta-Car (83).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

120. Ispanlarning zarbalari tasodif tufayli darvozadan joy olmadi, aks holda hisob yirik ko'rinish olardi.

116. Morata darvozabon bilan deyarli birga-bir chiqdi, ammo uning zarbasidan so'ng Livakovich to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

113. Ispaniya to'pni ko'proq o'zida ushlab, raqibni tin olishga majbur qilmoqchi.

106. ZARBAAA! Budimirning zarbasidan so'ng to'p Ispaniya darvozasi yonginasidan o'tib ketdi.

106. Jamoalar maydonga qaytishdi va ikkinchi ekstra taym boshlandi.

TANAFFUS!

105+1. Morata Rodriga pas berish o'rniga raqibini aldashga urindi va vaziyatni chipakka chiqardi.

103. GOOOL! Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Oyrasabal o'z jamoasining 5-golini urdi. U ham Morata kabi harakat qildi, biroq zarbani yuqori emas, pastki yaqin burchakka berdi.

102. Kramarichning kuchli zarbasidan so'ng to'p to'g'ri Unai Simonga borib tushdi.

100. GOOOL! MORATA! Alvaro jamoadoshi havolatib uzatgan to'pni bir urinishda o'ziga to'g'irladi va chap oyog'i bilan darvozaning yaqin burchagiga zarba berdi. Hisob 3:4!

97. OLMO! Danining zarbasi Xorvatiya terma jamoasi himoyachisiga tegib, yo'nalishini o'zgartirdi.

96. XORVATIYA! Orshich chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi va to'pni markazroqqa uzatdi, u erda esa Kramarich to'pga zarba berdi, biroq Simon to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

92. ZARBAAA! Orshichning uzoq burchakka yo'llagan zarbasi biroz noaniq bo'ldi.

91. Ekstra taym boshlandi.

ASOSIY VAQT YAKUNIGA ETDI! Ekstra taymlar ko'ramiz.

90+6. Oyrasabal to'pga zarba berdi, ammo noaniq. Raqib unga halaqit qildi.

90+5. Ispanlar uchrashuvning asosiy vaqtida g'alaba qozonishga urinib, hujumga zo'r berishyapti. Endi kech bo'lsa kerak.

90+2. GOOOL! Qanotdan uzatilgan to'pni Pashalich boshi bilan darvozaga yo'llab, hisobni tenglashtirdi.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

85. GOOOL! Xorvatlar hisobni qisqartirishdi! Ispaniya jarima maydonchasi ichiga to'p uzatildi va qaytarilgan zarbadan so'ng o'sha hududda futbolchilar betartib harakat qila boshlashdi, bundan foydalangan Orshich to'pga zarba berdi. To'p chiziqdan o'tganidan so'ng Simon uni qaytardi, ammo bosh hakamning qo'lidagi soatga "GOL" yozuvi keldi va u ushbu vaziyat gol bilan yakunlanganini elon qildi.

83. Ispaniyaliklar vaqtni cho'zishga urinishyapti va bu harakatlar Xorvatiya terma jamoasi futbolchilarining g'azablanishiga sabab bo'lmoqda.

77. GOOOL! TORRES! Ferran uzun pasdan so'ng to'pni bir harakat bilan o'ziga to'g'irladi va chap oyoqda Xorvatiya darvozasiga gol urdi.

72. GOOOL! YO'Q! Morataga to'p uzatilayotganda Alvaro ofsaydda qolib ketgan ekan.

69. Zarbaaa... Unai Simon to'pni qaytardi, ammo vaziyat yakun topgach hakam bayroqchasini ko'tardi. Ofsayd bor ekan.

67. Xorvatlar himoyada o'tiraverishdan foyda yo'qligini nihoyat tushunishdi va ko'pchilik bo'lib oldingan o'tishmoqda.

65. Xorvatiya birorta tuzukroq hujum tashkil qila olmayapti, ularning bari kuchsiz zarba, to'pni oldirish, noaniq pas bilan yakun topyapti.

57. GOOOL! Aspilikueta! Sezar qanotdan uzatilgan to'pni boshi bilan Xorvatiya qo'riqlayotgan darvozaga joyladi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

54. Statistika. Darvozaga zarbalar 2-11, aniq zarbalar 0-4.

52. Ikkinchi bo'limda ham to'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik ispanlarda va hujumlar soni ham ularda ko'proq.

46. Petkovich o'rniga Kramarich maydonga tushdi.

TANAFFUS

45. Taym tugadi.

42. Goldan so'ng ispanlar hujumni to'xtatishgani yo'q va birinchi bo'limni ustunlik bilan yakunlashga intilishmoqda.

38. GOOOL! SARABIYA! Livakovich avvaliga ispanlarning dastlabki aniq zarbasini qaytardi, qaytgan to'pga Sarabiya zarba berdi va bu safar xorvatiyalik posbon ojiz qoldi.

37. Ispanlardan yana bir noaniq zarba.

33. Ispanlarning ketma-ket tashkil etayotgan hujumlari aniq zarbasiz yakun topmoqda. Voqealar shu tempda davom etsa, Ispaniya terma jamoasi hisobni tenglashtira olmaydi.

24. Xorvatiya hujum qilayotgan paytda to'p raqib jarima maydonchasi ichida qo'lga tegdi. Xorvatlar penalti so'rashdi, ammo hakam VARni kutishga qaror qildi. VAR penalti yo'qligini malum qildi.

20. GOOOL! AVTOGOL! Ispaniyalik himoyachi Unai Simon (darvozabon)ga to'pni uzatdi, posbon esa to'pni to'xtata olmadi va to'p darvozaga kirib ketdi. Juda ajoyib va g'alati gol sodir bo'ldi.

19. ZARBAAAA! Torres qanotdan uzatgan to'pga Morata boshi bilan zarba berdi, ammo to'p darvozaga emas yonida turgan Vidaning qo'liga tegdi. Alvaro tezda hakamga murojaat qilib, penalti so'radi. Biroq hakam penalti yo'q deb hisobladi.

14. Stadiondagi muxlislarning katta qismi Xorvatiyani qo'llab-quvvatlamoqda, chunki uchrashuv o'tkazilayotgan Daniya poytaxti Kopengagen Ispaniyaga nisbatan Xorvatiyaga yaqinroq.

13. ZARBA! Sarabiyaning chap oyoqda bergan zarbasidan so'ng to'p darvozaning tashqi tomonidan to'riga tegdi.

9. Dastlabki 8 daqiqa ichida to'pga egalik qilish bo'yicha katta ustunlik Ispaniya tomonida bo'ldi.

6. Ispanlar jarima zarbasi ishlab olishdi, ammo masofa olis. To'p jarima maydonchasiga uzatildi va shu hujum zarba bilan yakunlanishi mumkin edi, biroq Koke to'pga moslasha olmadi.

2. Uchrashuvdan avval ko'pchilik Ispaniya terma jamoasining imkoniyatlarini yuqori baholabdi, ammo xorvatlar guruh bosqichida bor kuchini ko'rsatgani yo'q va bugun o'sha kuchning guvohi bo'lishimiz mumkin.

1. Uchrashuv boshlandi.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика