Evro-2020. Sautgeyt omadli startdan so'ng nimalar dedi?
13 iyu 2021 21:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/642317_original.jpg)
![](/upload/storage/642317_220.jpg)
Evro-2020. Sautgeyt omadli startdan so'ng nimalar dedi?
Angliya TJ ustozi Garet Saytgeyt Xorvatiya ustidan qozonilgan g'alaba (1:0)dan so'ng o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“Muxlislarimiz, vatanimizga chinakam ajoyib kechani taqdim etganimiz zo'r bo'ldi.
Futbolchilar muhim uchrashuvda juda yaxshi mehnat qilishdi. Juda issiq bo'lganiga qaramay, boshidanoq ular yaxshi o'ynashdi va tashabbusni o'z qo'llariga olishdi.
Jazirama tufayli tezlik tushgan pallalar bo'ldi, ammo o'yinni asosan biz nazorat qildik va xorvatlarga vaziyatlarni yaratish uchun imkon bermadik. Xavfli o'ynadik.
Eng muhimi raqib yarim himoyasiga bosim o'tkazish edi va bunga erishdik. Bu ularning kreativligini chekladi va himoyachilar to'p uzatilgan pallalarda muvaffaqiyatli harakat qilishdi.
Maydonda bo'lganlarning barchasi zo'r o'ynadi va bu jamoaviy o'yin tufayli amalga oshdi”, deydi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
08:43
O'zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi o'z mamlakatida 2024 yilning eng yaxshisi bo'ldi 2
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar