So’nggi yangiliklar

16:42"Ницца" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0 16:20Расман: "Ливерпуль" ҳимоячи трансферини эълон қилди  1 16:07"Бухоро" Олмалиқда ОКМКни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:50Тошкентда аёл ҳакамлар учун ФИФА семинари бошланди  0 15:38Ўзбекистон МТЖ собиқ аъзоси "Шўртан" мураббийлар штабидан жой олади  3 15:16"Манчестер Сити" футболчиси сафдан чиқди  0 14:49"Бунёдкор" стадионида аёллар ўйнайди: Суперлига баҳси "Дўстлик"ка кўчди  1 14:33Қониқарсиз натижалар "Локомотив" мураббийларини лавозимидан маҳрум этди  2 14:04Қашқадарё вилояти футбол академияси футболчилари "Насаф" қароргоҳида бўлди  0 13:38"Престон" ноодатий ҳамкорликни эълон қилди  0 13:11"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми?  6 12:49Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди  0 12:20Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди  0 11:52"Ғаройиб одамлар" фильми режиссёри "Брентфорд" эгаларидан бирига айланмоқчи  0 11:20Тареми Теҳронни тарк этди  3

Evro-2020 saralash. Ukraina bir kishi kam bo'la turib, Portugaliyani mag'lub eta oldi Yangiliklar

Evro-2020 saralash. Ukraina bir kishi kam bo'la turib, Portugaliyani mag'lub eta oldi

Evro-2020 saralashining 8-turidan o'rin olgan Ukraina – Portugaliya uchrashuviga oid voqea va tafsilotlarni ushbu sahifada kuzatishingiz mumkin.

Ukraine

Roman Yaremchuk - 6', Andriy Yarmolenko - 27'

EURO Qualification Grp. B . 8-tur

15/10/2019, 00:45

1
:
2
Tugadi

Portugal

Cristiano Ronaldo - 72'

Stadion: Stadion NSK Olimpiyskiy, Kyiv, 65883 tomoshabin

45'
90'
6'  Roman Yaremchuk
6'  Serhiy Kryvtsov
25'  Taras Stepanenko
27'  Andriy Yarmolenko
27'  Vitaliy Mykolenko
47'  Andriy Yarmolenko
63'  Marlos (Yevheniy Konoplyanka)
72'  Taras Stepanenko
73'  Roman Yaremchuk (Viktor Kovalenko)
90'  Oleksandr Zinchenko
90'  Viktor Kovalenko
90'  Vitaliy Mykolenko (Igor Plastun)
26'  Pepe
46'  Goncalo Guedes (Joao Felix)
56'  Joao Moutinho (Bruno Fernandes)
64'  Ruben Dias
68'  Joao Mario (Bruma)
72'  Cristiano Ronaldo

Ukraina – Portugaliya 2:1 

14 oktyabr, 23.45, «NSK Olimpiyskiy»

Gollar: Yaremchuk 6, — 1:0, Yarmolenko 27, — 2:0, Ronaldu 72 (penalti) — 2:1.

Ukraina – Pyatov, Mikolenko (90+4, Plastun), Krivcov, Matvienko, Zinchenko, Marlos (63, Konoplyanka), Karavaev, Malinovskiy, Stepanenko, Yarmolenko, Yaremchuk (73, Kovalenko).

Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe, Ruben Diash, Semedu, Gerreyru, Danilu Pereyra, Joau Mariu (68, Bruma), Gedesh (46, Felish), Moutinyu (56, Fernandesh), Bernardu Silva, Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Stepanenko (25), Pepe (26), Yarmolenko (47), Diash (64), Stepanenko (72), Zinchkenko (90+4), Kovalenko (90+4).

CHetlatish: Stepanenko (72).


                                             

UKRAINA EVRO-2020 YO'LLANMASINI QO'LGA KIRITDI.

90+3. Daniluuu! To'p darvoza to'siniga tegib qaytdi. 

90+2. Zarbaaaaaaaa! Ronaldu! Pyatov qaytarib qoldi. Pepeee bo'sh qolgan darvozaga gol ura olmadi.

— Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. Fernandesh darvozaga zarba berdi. Kuchsiz. Ronaldu bundan asabiylashdi. 

80. UXX. Gerreyruning jarima maydochasiga uzatgan to'piga zarba beradigan futbolchi topilmadi.

73. Yaremchuk o'rniga Kovalenko tushirildi.

72. Taras Stepanenko ikkinchi sariq kartochkani olib, chetlatildi. Penalti belgilandi. GOOOOOL! Ronaldu faoliyatidagi 700-golini urdi.

68. O'zgarish. Portugaliya oxirgi o'zgarish amalga oshirdi. Joau Mariu o'rniga Bruma tushirildi.

66. Bernardudan uzatmaaa. Fernandeshning bosh bilan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.

64. Ruben Diash qo'pol o'ynadi va u ham ogohlantirildi. Yarmolenko bu safar jabrlanuvchi rolida.

63. Marlos o'rniga Evgeniy Konoplyanka tushirildi.

56. Joau Moutino zaxiraga olindi. Uning o'rniga Brunu Fernandesh tushdi.

52. Krishtianu yana bir bor Ukraina darvozasiga aylanma zarba berdi. Pyatov bir amallab to'pni qaytarib qoldi.

50. Ronalduning pushkadek zarbasini darvozabon Pyatov qaytardi. 

47. Yarmolenko ogohlantirildi.

— Ikkinchi taymga start berildi. Birinchi bo'limda harakat qilgan Gonsalo Guedesh o'rnini Joau Felish egalladi.

TANAFFUS

— Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

44. Ukraina qarshi hujumga o'tib ketdi. Yarmolenkoning o'ng oyoqda bergan yakuniy zarbasi noaniq ketdi.

41. Ronaldu! Uning zarbasi kuchli, xavfli. Biroq biroz aniqlik etishmadi.

38. Ukraina vakillari bugungi o'yinda Portugaliyaga ikkinchi qavatda imkoniyat qoldirmayapti.

30. Daniloning zarbasi muvaffaqiyatli chiqmadi. 

29. Joau Mariu yaxshi zarba yo'lladi. Pyatovdan ajoyib seyv. 

27. GOOOOOOOOOOOOLLLL! 2:0. Andrey Yarmolenko hisobni mustahkamlamoqda. Nelson Semeduning qanotidan uzatilgan to'pni Yarmolenko jarima maydoni ichida hech qanday qarshiliksiz darvozaga yo'lladi.

26. Pepe ham sariq kartochka oldi.

25. Stepanenko ogohlantirildi. Moutinoga nisbatan qo'pol o'ynagan ukrainalik futbolchi (Serbiyaga qarshi)keyingi uchrashuvni o'tkazib yuboradi. 

17. Rafael Gerreyroning ajoyib zarbasi biroz noaniq chiqdi.

16. Semedu o'ng qanotdan yorib kirdi va Krishtianuga uzatishga urindi. Raqib himoyachilari to'pni maydondan chiqarib yuborishdi.

12. Ronalduning jarimadan bergan kuchli zarbasi Yaremchukka tegdi va to'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

6. GOOOOOOOOOOOLLLL! Ukraina! Standart vaziyatdan mezbonlar foydalanishdi. Roman Yaremchuk hisobni ochdi — 1:0.

5. Ronalduning kuchli zarbasini jamoadoshi Danilo kutilmaganda qaytarib qoldi.

4. Gonsalo Guedeshga nisbatan ukrainaliklar qo'pol o'ynashdi. Ronaldu jarima zarbasini amalga oshirishga tayyorlanmoqda.

2. Ukraina o'yinda ilk xavfli vaziyatni vujudga keltirdi. Yaremchukning kuchsiz zarbasini Patrisiu qiyinchiliksiz egallab oldi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

Assalomu alaykum championat.asia sayti kuzatuvchilari. Bugun sizni Ukraina – Portugaliya uchrashuvini kuzatishga taklif qilamiz.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика