So’nggi yangiliklar

10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   0 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  4 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  8 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  4 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  2 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  3

Evro-2020. Germaniya musobaqadagi birinchi g'alabasini qo'lga kiritdi Yangiliklar

Evro-2020. Germaniya musobaqadagi birinchi g'alabasini qo'lga kiritdi

Evropa chempionati "F" guruhi 2-turi doirasida Portugaliya - Germaniya uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Qiziqarli va gollarga boy uchrashuv "Nemis mashinasi" foydasiga hal bo'ldi. 


Portugaliya – Germaniya 2:4
Gollar
: 1:0 – 15 Ronaldu, 1:1 – 35, avtogol Ruben Diash, 1:2 – 39, avtogol Gerreyru, 1:3 – 51 Xavertc, 1:4 – 60 Gozens, 2:4 – 67 Diogu Jota.

Portugaliya – Ruy Patrisiu, Semedu, Ruben Diash, Pepe, Gerreyru, Danilu Pereyra, Vilyam Karvalyu (Rafa Silva, 58), Bernardu Silva (Sanshesh, 46), Brunu Fernandesh (Moutinyu, 64), Diogu Jota (Andre Silva, 83), Ronaldu.

Germaniya – Noyer, Ginter, Ryudiger, Xummels (Djan, 63), Gozens (Xalstenberg, 62), Gyundogan (Zyule, 73), Kimmix, Xavertc (Goretcka, 73), Kroos, Myuller, Gnabri (Sane, 87).

Ogohlantirish: Xavertc (66), Ginter (77).

Portugal

Cristiano Ronaldo - 15', Diogo Jota - 67'

EURO Grp. F . 2-tur

19/06/2021, 22:00

4
:
2
Tugadi

Germany

Ruben Dias - 35', Raphael Guerreiro - 39', Kai Havertz - 51', Robin Gosens - 60'

Stadion: Fussball Arena Munchen, 12926 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
15'  Cristiano Ronaldo
15'  Diogo Jota
46'  Bernardo Silva (Renato Sanches)
58'  William Carvalho (Rafa Silva)
64'  Bruno Fernandes (Joao Moutinho)
67'  Diogo Jota
67'  Cristiano Ronaldo
83'  Diogo Jota (Andre Silva)
5'  Robin Gosens
35'  Ruben Dias
39'  Raphael Guerreiro
51'  Kai Havertz
51'  Robin Gosens
60'  Robin Gosens
60'  Joshua Kimmich
62'  Robin Gosens (Marcel Halstenberg)
62'  Mats Hummels (Emre Can)
66'  Kai Havertz
73'  Kai Havertz (Leon Goretzka)
73'  Ilkay Gundogan (Niklas Suele)
77'  Matthias Ginter
87'  Serge Gnabry (Leroy Sane)


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.


YANGILASH


SHu pallada uchrashuv bosh hakamining final hushtagi chalindi va Germaniya musobaqadagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. 

90+4. Burchak zarbasidan keyin Noyer jarima maydonchasida tahlikali holat yuzaga keldi, ammo oxirgi zarba beradigan futbolchi topilmadi. 

90+3. Xavfli vaziyat! Kutilmaganda germaniyalik futbolchi to'pni oldirib qo'ydi, Ronaldu katta tezlikda raqib darvozasiga yaqinlashib keldi va jarima maydonchasidagi Andre Silvaga to'pni oshirdi, hujumchining zarbasi darvozaga borishiga esa himoyachilar yo'l qo'ymadi.   

Uning birinchi daqiqasini nemislar hujumda o'tkazdi. 

O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

90. Ronaldu chap qanotda ikki raqibini dribling yordamida dog'da qoldirib ketish niyatida edi, ammo nazoratni qo'ldan chiqardi va to'p maydonni tark etdi. 

89. Portugaliya bosimni davom ettirmoqda. Ketma-ket burchak zarbalari, hujumlar...

88. Semedu o'ng qanotdan katta tezlikda jarima maydoniga kirib borgandi, lekin Niklas Zyule oxirgi pallada to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi va faqatgina burchak zarbasi.

87. O'zgarish! Gnabri o'rnini Leroy Sane egalladi. 

85. Nelson Semedu raqibning hujumini to'xtatish maqsadida Toni Kroosga nisbatan qo'pollik ishlatishga majbur bo'ldi. 

83. O'zgarish! Diogu Jota o'rniga Andre Silva.

82. Germaniyaning xavfli qarshi hujumi va Leon Gorecka o'zi zarba berishga qaror qildi, lekin ustunga tegib, to'p maydonni tark etdi.

81. Portugaliya hech bo'lmasa bir ochkodan umidini uzganicha yo'q. Rafa Gerrero kutilmaganda raqibidan to'pni ilib ketdi, ammo sheriklari orqaroqda qolib ketgani uchun xavfli vaziyat yuzaga kelmadi.   

78. Renatu Sansheshning zarbasidan keyin to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi!!!

77. Ogohlantirish! Matias Ginter sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

76. "Qariya" Pepe yaqindagina maydonga tushgan, yosh Goreckadan tezroq harakat qilib, xavfni bartaraf etdi.  

73. O'zgarish! Gyundogan o'rniga Niklas Zyule, Kay Xaverc o'rniga esa Leon Gorecka o'yinga qo'shildi.  

70. Futbolchilar suv ichib olishlari uchun imkoniyat yaratildi. 

67. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Jota hisobni qisqartirdi – 2:4!

65. Kay Xaverc ogohlantirildi. 

64. Portugaliyada o'zgarish: Fernandesh o'rniga Moutinyu tushdi.  

63. Germaniyada 2 ta almashtirish: Gosens o'rniga Xalstenberg, Xummels o'rniga Jan o'yinni davom ettiradi.

60. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Gosens hisobni yirik ko'rinishga keltirdi – 1:4! 

58. Portugaliyada o'zgarish: Karvalyu o'rniga Silva tushirildi. 

54. Zarba!  Krishtianu Ronalduning jarimadan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi.

51. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Xaverc!  Gosensning ajoyib uzatmasidan keyin Kay deyarli bo'sh darvozani ishg'ol etdi – 1:3! 

46. Portugaliyada o'zgarish: Bernardu Silva o'rniga Renatu Sanshesh tushdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:2. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi. 

44. Robin Gosens birga-bir holatsha chiqib bordi va zarba yo'lladi. Patrisiu zarbani qaytardi. Tasanno!

39. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!   Gerreyrudan avtogol!  "Nemis mashinasi" hisobda oldinga chiqib oldi – 1:2! 

35. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Hisob tenglashdi!  Gosensning qulay uzatmasidan so'ng Xaverc darvozani ishg'ol qildi – 1:1!  

29. Robin Gosensning ichkariga uzatmasidan keyin himoyachilar to'pni uzoqlashtirildi.

28. Diogu Jotaning bosh bilan bergan zarbasi aniq chiqmadi. To'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.

24. Mattias Ginterning uzatmasini himoyachilar bartaraf etishdi. To'p maydondan chiqib ketdi.

19. Kay Xaverc raqibni aldab o'tishga urindi. U Ruben Diashga nisbatan qoidani buzishga ham ulgurdi.

15. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Ronaldu hisobni ochdi – 1:0! 

12. Yaxshi vaziyat!  Toni Kroos jarima maydoniga yaqin hududda qulay imkonyatga ega chiqdi, uning zarbasidan keyin himoyachi zarba yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

3. Germaniya o'z o'yinini topib oldi, chiroyli kombinaciyalar amalga oshirilmoqda.

1. O'yin boshlandi! 

Portugal

Cristiano Ronaldo - 15', Diogo Jota - 67'

EURO Grp. F . 2-tur

19/06/2021, 22:00

4
:
2
Tugadi

Germany

Ruben Dias - 35', Raphael Guerreiro - 39', Kai Havertz - 51', Robin Gosens - 60'

Stadion: Fussball Arena Munchen, 12926 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
15'  Cristiano Ronaldo
15'  Diogo Jota
46'  Bernardo Silva (Renato Sanches)
58'  William Carvalho (Rafa Silva)
64'  Bruno Fernandes (Joao Moutinho)
67'  Diogo Jota
67'  Cristiano Ronaldo
83'  Diogo Jota (Andre Silva)
5'  Robin Gosens
35'  Ruben Dias
39'  Raphael Guerreiro
51'  Kai Havertz
51'  Robin Gosens
60'  Robin Gosens
60'  Joshua Kimmich
62'  Robin Gosens (Marcel Halstenberg)
62'  Mats Hummels (Emre Can)
66'  Kai Havertz
73'  Kai Havertz (Leon Goretzka)
73'  Ilkay Gundogan (Niklas Suele)
77'  Matthias Ginter
87'  Serge Gnabry (Leroy Sane)

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика