So’nggi yangiliklar

08:43Ўзбекистон аёллар терма жамоаси бош мураббийи ўз мамлакатида 2024 йилнинг энг яхшиси бўлди  0 08:15U-17 Осиё кубогини қабул қиладиган стадионлар маълум  0 07:30"Пахтакор"нинг "Ал Гарафа" майдонидаги ғалабасиз серияси давом этади  2 03:30Испания кубоги. "Атлетико" "Хетафе"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  1 02:31Криштиану Роналду: "Менинг эртагим" (мутолаа учун)  29 01:45"Пахтакор" бош мураббийи Педру Морейра: "Ўйин қийин кечишини билгандик"  10 01:27Элит ОЧЛ. "Персеполис" "Ал Ҳилол"га йирик ҳисобда ютқазди. "Пахтакор"нинг плей-офф учун имкониятлари сақланиб қолмоқда  5 01:05Аббосбек Файзуллаев: "РПЛда чемпионлик учун курашишда давом этамиз"  2 00:38РПЛ Қишки кубоги. ЦСКА "Зенит"га пенальтилар сериясида ютқазди. Файзуллаев 71-дақиқада майдонга тушди  1 00:08Неймар "Сантос"даги илк машғулотига вертолетда келди  5 23:46Криштиану Роналду: "Мен барча даврларнинг энг зўр ўйинчисиман"  51 23:24Расман: Альфонсо Дэвис "Бавария" билан шартномасини узайтирди  5 22:57Элит ОЧЛ. "Пахтакор" Қатарда бирорта аниқ зарба бермай ютқазди  198 22:45МЮ Винисиус учун курашга қўшилди  4 22:19"Ал Ҳилол" — "Персеполис". Таркиблар маълум  5

"Evro-2020 kundaligi". Ispaniya - Polsha hamda "F" guruhining 2-tur o'yinlari haqida Yangiliklar

"Evro-2020 kundaligi". Ispaniya - Polsha hamda "F" guruhining 2-tur o'yinlari haqida

Evropa chempionatining 2-tur o'yinlari yakunlandi.

19 iyunga mo'ljallangan uchrashuvlarning dastlabkisi Franciya — Vengriya terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi. 

Mazkur bahsda francuzlar favorit edi. Ilk daqiqalardanoq tashabbus Franciya tomonida bo'ldi. Jamoa bir necha vaziyatlarni ko'kka sovurdi. Grizmann qulay vaziyatdan gol ura olmadi. Jamoa bir necha bor golga tortarli vaziyatlar yaratgan bo'lsa-da, o'yindagi hisob Vengriya tomonidan ochildi. 45+2 daqiqada SHallaining uzatmasidan so'ng Fiolo to'pni chap pastki burchakka yo'lladi va hisobni ochdi.

Ikkinchi bo'lim ham Franciyaning ustunligi bilan boshlandi. Bu esa o'z samarasini 66-daqiqaga kelibgina berdi. To'p qanotdan uzatib berildi va Grizmann kerakli vaqtda kerakli joyda paydo bo'ldi va hisobni tenglashtirdi.

SHundan so'ng ham Franciyada hisobda oldinga chiqib olish uchun qator vaziyatlar yuzaga keldi. Mbappe, Pogba, Dembelalar qulay vaziyatlarni ko'kka sovurdi. SHu tariqa mazkur bahs durang bilan yakunlandi.

Kunning ikkinchi o'yini Portugaliya — Germaniya o'rtasida bo'lib o'tdi. 

Ushbu bahsning ilk daqiqasidanoq Germaniya faollik qila boshladi. 12-daqiqada Toni Kroos jarima maydoniga yaqin hududda qulay imkonyatga ega chiqdi, uning zarbasidan keyin himoyachi zarba yo'liga to'g'anoq bo'ldi. Oradan uch daqiqa o'tib uchrashuvda hisobni Portugaliya ochdi. Jota uzatgan to'pni Ronaldu bo'sh qolgan darvozaga yo'lladi. SHundan so'ng Germaniya yanada hujumlarga zo'r berdi. 35-daqiqada Gosensning qulay uzatmasidan so'ng Ruben Diash to'pni o'z darvozasiga kiritib qo'ydi. Oradan to'rt daqiqa o'tib "Nemis mashinasi" hisobda oldinga chiqib oldi. Gerreyru yana o'z darvozasiga kiritib qo'ydi. SHu tariqa bo'lim o'z nihoyasiga etdi. 

Ikkinchi bo'limning 51-daqiqasida Gosensning ajoyib uzatmasidan keyin Kay deyarli bo'sh darvozani ishg'ol etdi – 1:3. 60-daqiqada Gosens hisobni yirik ko'rinishga keltirdi – 1:4. Oradan etti daqiqa o'tgach Jota hisobni qisqartirdi. 78-daqiqada Portugaliya hisobni yanada qisqartirishi mumkin edi biroq Renatu Sansheshning zarbasidan keyin to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi. 

SHu tariqa mazkur bahsda Germaniya g'alabani tantana qildi. 

Evro-2020. 2-turdan keyin "F" guruhidagi holat

Ushbu guruhda 3-tur uchrashuvlari 23 iyun kuni 00:00 da start oladi. Unda Portugaliya — Franciya, Germaniya — Venriya terma jamoalari o'zaro bahs olib boradi.

Kunning uchinchi o'yini "E" guruhidan o'rin olgan Ispaniya — Polsha o'rtasida bo'lib o'tdi. 

Ushbu bahsning ilk daqiqalaridanoq Ispaniya katta ustunlik bilan boshladi. 25-daqiqada Ispaniya hisobni ochdi.  Alvaro Morata to'pni darvozaga to'g'rilab yubordi, lekin yon hakam bayrog'ini ko'tarib o'yindan tashqari holatni qayd etdi.  "VAR" bu vaziyatda hakamlar adashgani va gol "toza" urilganini qayd etdi va Ispaniya oldinga chiqib oldi. Himoyachining orqaroqqa qo'ygan oyog'i barchasini hal qildi. 43-daqiqada Polshada xavfli vaziyat yuzaga keldi. Karol Sviderskiy uzoq masofadan yo'llagan to'pi darvoza ustuniga tegib qaytdi, Robert Levandovskiy esa hech kim halaqit qilmayotganiga qaramay, Unay Simonni dog'da qoldira bilmadi.  

Ikkinchi bo'limning 54-daqiqasida Robert Levandovski muvozanatni tikladi. Robert boshi bilan zarba yo'llab, gol urdi. 58-daqiqada Polsha darvozasi tomon penalti belgilandi. Xerard Morenoning zarbasidan keyin to'p ustunga tegdi, qaytgan to'pni Morata qaergadir tepib yubordi. SHundan keyin ikki terma jamoada ham bir necha vaziyatlar bo'ldi. Biroq ularning hech biridan samara chiqmadi. 

O'yin shu tariqa o'z nihoyasiga etdi. 

Evro-2020. 2-turdan keyin "E" guruhidagi holat

"E" guruhidagi 3-tur o'yinlari 23 iyun kuni 21:00 da boshlanadi. Unda Slovakiya — Ispaniya, SHveciya — Polsha uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Muallif : Og'abek Samisov
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика