So’nggi yangiliklar

13:25Нико Гонсалес "Манчестер Сити"га ўтиши ҳақида нималар деди?  0 12:57Англиянинг тўртинчи дивизионида сўнгги ўринда бораётган клуб Жеррардни бош мураббий этиб тайинламоқчи  2 12:26ПСВ Маласиани "Манчестер Юнайтед"дан ижарага олди  0 11:55Ўзбекистон U-17 қизлар терма жамоаси бугун Тошкентда ўқув-машғулот йиғинига киришади  0 11:29"Арсенал"нинг ёздаги иккита асосий трансфер мақсадлари маълум бўлди  1 11:07"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Раҳимов Иброҳим  0 10:47ОКМК иккинчи хориж йиғинини Анталияда давом эттиради  0 10:23Расман: Дилшод Жўраев, Ихтиёр Тошпўлатов, Жасур Азимов "Хоразм" футболчиси  2 09:37"Локомотив" Туркияга қандай таркиб билан йўл олди?  1 09:19Sofascore. "Пахтакор" футболчилари "Ал Гарафа" билан ўйинда неча баҳога лойиқ кўрилди?  15 08:43Ўзбекистон аёллар терма жамоаси бош мураббийи ўз мамлакатида 2024 йилнинг энг яхшиси бўлди  1 07:30"Пахтакор"нинг "Ал Гарафа" майдонидаги ғалабасиз серияси давом этади  4 03:30Испания кубоги. "Атлетико" "Хетафе"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  2 02:31Криштиану Роналду: "Менинг эртагим" (мутолаа учун)  104 01:45"Пахтакор" бош мураббийи Педру Морейра: "Ўйин қийин кечишини билгандик"  22

"Evro-2020 kundaligi". Finlyandiya - Rossiya hamda "A" guruhining 2-tur o'yinlari haqida Yangiliklar

"Evro-2020 kundaligi". Finlyandiya - Rossiya hamda "A" guruhining 2-tur o'yinlari haqida

16 iyundan Evropa chempionatining 2-tur uchrashuvlari boshlandi.

Kunning dastlabki uchrashuvi "B" guruhi doirasidagi Finlyandiya — Rosiiya terma jamoalari o'rtasida kechdi. 

O'yinning ilk daqiqalarini rossiyaliklar faol boshlashdi. Lekin 3-daqiqada finlyandiyalik futbolchi Poxyanpalo o'ng qanotdan etkazib berilgan zarbadan so'ng boshi bilan zarba berib, raqib darvozasini ishg'ol qildi. Ammo gol inobatga olinmadi. Futbolchi o'yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan.

SHundan so'ng yana ikki terma jamoa navbati bilan hujumlar uyushtirishdi. Rossiya terma jamoasining tashkil etgan hujumlari anchagina xavfli bo'ldi. 25-daqiqada rossiyaliklar himoyachisi Fernandes jarohat olib, maydonni tark etdi. Birinchi bo'limga 6 daqiqa vaqt qo'shib berildi. 45+3 daqiqada uchrashuvda hisob ochildi. Miranchuk chap oyog'ida zarba berib to'pni Finlyandiya darvozabonining to'qqizligiga joyladi. SHu tariqa birinchi bo'lim o'z nihoyasiga etdi. 

Ikkinchi bo'limda ham anchagina xavfli vaziyatlar yuzaga keltirishdi terma jamoalar. 51-daqiqada Golovinning uzoqdan bergan zarbasi xavfli ko'rinish oldi. 72-daqiqada yana rossiyaliklarda xavfli vaziyat yuzaga keldi. Kuzyaevda juda ajoyib imkoniyat yuzaga kelgandi. Lekin bu vaziyatda Gradecki ajoyib seyv amalga oshirdi. SHunday qilib mazkur bahs Rossiya terma jamoasining g'alabasi bilan yakuniga etdi va ular muhim bo'lgan 3 ochkoni qo'lga kiritishdi.

Statistik malumotlar:

— Rossiya Evropa chempionatining 2012 yilgi ochilish uchrashuvida CHexiyani 4: 1 hisobida mag'lubiyatga uchratganidan beri, olti o'yindan iborat g'alabasiz seriyasiga chek qo'ydi;

— Miranchukning goli Rossiya uchun uning oltinchi goli. SHuningdek, 2019 yil noyabrida San-Marino darvozasiga gol urganidan beri birinchisi bo'ldi.

Mazkur guruhning ikkinchi uchrashuvi — Belgiya — Daniya o'yini hali o'tkazilmadi. Hozircha 2-turdan so'ng Rossiya va Finlyandiyada 3 ochkodan mavjud va ular 2 hamda 3-o'rinlarni egallab turishmoqda.

Kechagi kunning ikkinchi uchrashuvi Turkiya — Uels termalari o'rtasida bo'lib o'tdi. 

Mazkur bahs ham anchagina qiziqarli boshlandi. Uelsliklar ilk daqiqalardan xavfli vaziyat yaratishdi. 6-daqiqada  Beylning super pasi bilan Aaron darvozabon bilan birga bir chiqdi. Uning bergan zarbasi darvozabon oyoqlari bilan qaytarib yubordi. 9-daqiqada Turkiya xavfli hujum uyushtirdi. Under Yilmazga ajoyib uzatmani amalga oshirdi, to'p yo'l yo'lakay himoyachilarga tegib, burchakka chiqib ketdi. Unden shundan keyin ham bir necha bor xavfli zarba yo'llada ammo ularning barchasi noaniq ketdi. 24-daqiqada Remzi yana bir bor darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi, biroq bu safar ham uning bergan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

42-daqiqada hisob ochildi. Remzi baribir o'z maqsadiga etishdi. Beylning super uzatmasidan so'ng Aaron hisobni ochdi. Birinchi bo'lim Uelsning g'alabasi bilan yakunlandi. 

Ikkinchi bo'lim birinchisidan ham xavfli boshlandi. Turkiyada ham Uelsda ham bir necha xavfli vaziyatlar yuzaga keldi biroq ulardan samara chiqmadi. 60-daqiqada Turkiya darvozasiga penalti belgilandi. Ammo Beylning bergan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi va hisob o'zgarmay qoldi. Uchrashuv yuqori tempda davom etdi. Burak Yilmaz bir necha bor qulay imkoniyatlardan foydalana olmadi. Beylda ham anchaginacha yaxshi imkoniyat bo'ldi, lekin u ham o'z imkoniyatlaridan samara chiqara olmadi. O'yindagi ikkinchi gol hakam tomonidan qo'shib berilgan vaqtning so'nggisida urildi. Beyl chiziq bo'ylab Turkiya jarima maydonchasiga kirib bordi va to'pni Robertga uzatdi. U esa gol urib, o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi. 

Uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi. 

Statistik malumotlar:

— Uels so'nggi 17 xalqaro o'yinning 12 tasida darvozani daxlsizligini saqlab qoldi;

— Robertsning goli Uels safida 2018 yil sentyabrdan beri birinchi goli bo'ldi.

"A" guruhining ikkinchi o'yini Italiya — SHveycariya terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi. 

O'yin boshidanoq favorit sanalgan italyanlar o'yin davomida chindan ham bu fikrlar to'g'ri ekanligini isbotlab qo'yishdi. Bahsni shveycariyaliklar faollik bilan boshlagan bo'lsa-da, ammo keyinchalik Italiya raqibni jarima maydonchasi ichiga "qamab qo'ydi". 10-daqiqada Spinaccola chap qanot to'pni SHvecariya jarima maydonchiga uzatdi, Immobilening boshi bilan bergan zarbasi esa noaniq bo'ldi. 19-daqiqaga kelib Kellini gol urdi, lekin uning gol offsayddan kiritildi deb baholandi. Oradan 7 daqiqa o'tib Italiya baribir hisobda oldinga chiqib oldi. Domeniko Berardi o'ng qanotdan yorib kirib to'pni jarima maydonchasiga uzatdi. Manuel Lokatelli esa deyarli bo'sh darvozani ishg'ol qildi. Goldan so'ng SHveycariya yana oldinga o'tishni boshladi. Lekin bundan naf chiqmadi. SHu tariqa birinchi bo'lim yakunlandi. 

Ikkinchi bo'limni mezbonlar — Italiya terma jamoasi yana faollik bilan boshladi. 52-daqiqada yana o'sha Lokatelli chamasi 22 metrlardan zarba berib, hisobni ikkitaga oshirdi. Mazkur goldan so'ng esa o'yin tempi biroz pasaydi. Italiya bir necha vaziyat yaratgan bo'lsa-da, hisob o'zgarmadi. CHiro Immobile qator vaziyatlarni ko'kka sovurdi. 89-daqiqada CHironing chamasi 23 metrlardan bergan zarbasi darvoza to'ridan joy oldi. SHunday qilib Italiya qatorasiga ikkinchi o'yinda 3:0 hisobida g'alaba qozonib, pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritdi. 

Statistik malumotlar:

— Italiya so'nggi o'n xalqaro o'yinda gol o'tkazmasdan g'alaba qozondi. Ular o'n o'yin davomida javobsiz 31 ta gol urishdi;

— Italiya so'nggi 29 ta xalqaro o'yinda mag'lubiyatga uchramadi;

— So'nggi o'nta xalqaro o'yinning har birida Italiya ikkita yoki undan ko'p gol urdi.

Evro-2020. 2-turdan keyin “A” guruhidagi holat 

Mazkur guruhda 3-tur o'yinlari 20 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da o'tkaziladi. SHveycariya Turkiyaga qarshi bahs olib borsa, Italiya Uelsni o'z maydonida qabul qiladi.

Muallif : Og'abek Samisov
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика