So’nggi yangiliklar

22:50Фонсека: "Адолатсизлик"  0 22:15ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  4 22:04Конференциялар лигаси. "Копенгаген" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум қилинди  0 21:51Европа лигаси. "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед"нинг таркиби маълум!  6 21:35ТАРИХ ЯРАТИЛДИ! Абдуқодир Ҳусанов ой футболчиси!  31 21:15Жаҳон чемпионатида иштирокчилар сони янада оширилиши мумкин!  12 20:42Моуринью: "Мени дисквалификация қилганлар "Галатасарой" либосида буни нишонлади"  5 20:23А Серияда ойнинг энг яхши футболчиси маълум қилинди  3 19:58Ўзбекистон футзал федерацияси расмий ҳомийси эълон қилинди  1 19:33"Бавария" Нойер жароҳати борасида расмий хабар берди  2 19:28"Барселона" Ансу Фати билан келишувга эришди  8 19:04Деку Неймарнинг "Барса"га қайтиши ҳақида: "Жамоани қуришда балансни унутмаган ҳолда, ақл билан иш кўриш зарур"  4 18:43"Ўзи у бизга керакми?"  1 18:22Футзал. Ўзбекистон кубоги баҳслари "Футбол" ТВда жонли эфирда намойиш этилади  1 17:55"Рома"га Анчелотти келишини истардим, лекин..."   7

Evro-2020. Belgiya – Italiya (prevyu) Yangiliklar

Evro-2020. Belgiya – Italiya (prevyu)

Bugun Myunxenda Evropaning asosiy favoritlari o'rtasida yarim final yo'llanmasi uchun kurash kechadi.

Torgan Azar Belgiyani ajoyib goli orqali chorak finalga olib chiqib, Portugaliya Evropa chempionligini himoya qilishida to'sqinlik qildi. To'g'ri, ushbu g'alaba belgiyaliklarga biroz qimmatga ham tushdi: Kevin de Bryuyne va Eden Azar jarohati tufayli maydonni muddatidan oldin tark etishdi. Biroq ketma-ket to'rtinchi g'alaba (uchinchisi "quruq") – asosiy yulduzlari tiklanib olishga ulgurgan-ulgurmaganliklaridan qati nazar "qizil iblislar"ga ishonch bag'ishlaydi.

Italiya ham xuddi shunday yuk bilan chorak finalga yaqinlashdi – 4 ta g'alaba va 31 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriya. Bizni Evro-2020'dagi ikkita mukammal jamoaning o'zaro jangi kutmoqda. Afsuslanarlisi, ulardan faqat bittasi o'z yurishini davom ettira oladi.

Yo'qotishlar xususida

Portugaliya bilan o'yindan keyin Belgiyada muammolar paydo bo'ldi: Timoti Kastan yonoq suyagi sinishi, Nosir SHodli virusli infekciya tufayli o'yinni o'tkazib yuboradi. Eden Azar sonining orqa qismidan jarohat olgan. Tibo Kurtaning malum qilishicha, Eden uchun Evro yakunlandi. Kevin de Bryuyne esa Portugaliya bilan o'yinda murabbiydan o'zini almashtirishni so'rab, maydondan chiqib ketgandi. Italiya OAVning yozishicha, "shaharliklar" yarim himoyachisi bugun asosiy tarkibda maydonga tushadi.

Italiya terma jamoasini raqib bilan solishtirsak, deyarli yo'qotishlar yo'q. Alessandro Florenci Turkiyaga qarshi o'yinda olgan jarohatidan keyin umumiy guruhga qaytdi. SHveycariyaga qarshi o'yinda jarohat olib, Uels va Avstriyaga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuborgan Jorjo Kellini esa belgiyaliklarga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin.

Belgiya turnirda faqat bitta gol o'tkazib yubordi (Daniya terma jamoasidan). Portugaliyaga qarshi 1/8 final o'yinida belgiyaliklar darvozasi tomon 24 ta(!) zarba berildi va unga atigi 6 ta zarba bilan javob qaytarildi. Martines jamoasi Sevilyada mo'jiza tufayli zarbalardan qutulib qoldi. Ammo Belgiya uzoq muddatdan buyon juda yaxshi natija ko'rsatyapti. So'nggi ochko yo'qotish mart oyida, JCH-2022 saralashi doirasidagi CHexiyaga qarshi o'yinda yuz bergan. So'nggi mag'lubiyat esa 2020 yilning oktyabrida sodir bo'lgan – terma jamoa Millatlar ligasida Angliyaga yutqazgan.

Buni qarangki, Italiya terma jamoasi ham 2018 yildan buyon mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. "Skuadra Adzurra" asosiy vaqtda 12 uchrashuvdan beri gol o'tkazmayapti. Avstriya bilan asosiy vaqtdagi durang – bu rasmiy ravishda Italiyaning 2020 yil oktyabridan keyin qayd etgan birinchi durangi sanaladi.

O'zaro to'qnashuvlar

- Jamoalar o'zaro 23-marta ro'baro' kelishadi. 

- Italiya 14, Belgiya 4 g'alabaga ega, 4 marta durang kuzatilgan.

- Oxirgi o'yin 2016 yilgi Evro guruh bosqichida bo'lib o'tgan va unda Italiya 2:0 hisobida g'alaba qozongan.

- Belgiyada o'sha turnirda qatnashganlardan 15 tasi Evro-2020'ga kelgan. Italiya esa o'tgan Evropa chempionatidagi 5 nafar o'yinchisiga ega. 

- Belgiya Italiyani hech qachon yirik hisobda (3 tadan ko'p to'p farqi bilan) mag'lub etmagan.  

- Italiyaning eng yirik g'alabasi (6:1) 1938 yilga to'g'ri keladi. 

Taxminiy tarkiblar

Belgiya: Kurtua – Alderveyreld, Vermalen, Vertongen – Mene, Vitcel, Tilemans, Torgan Azar – de Bryuyne, Lukaku, Karrasko

Italiya: Donnarumma – Di Lorenco, Bonuchchi, Kellini, Spinaccola – Barella, Jorjino, Verratti – Berardi, Immobile, Insine

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines: "Italiya dastlabki soniyalardanoq hujumga o'tishiga ishonchim komil. Ular juda tez o'ynashadi. Italiyada har bir futbolchi o'z rolini yaxshi biladi. Portugaliya bilan uchrashuv biz uchun yanada qiyin o'tishi mumkin edi. Hayriyatki, bizda tiklanish uchun ancha vaqt bo'ldi".

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini: "Biz o'z futbolimizni ko'rsatamiz. Raqib kuchli ekanligini bilamiz va ularni hurmat qilamiz. Ko'rdikki, ushbu turnirda oson o'yinlar bo'lmaydi. Belgiya termasi – shubhasiz, dunyodagi eng kuchli jamoalardan biri. Biroq bu hech narsani o'zgartirmaydi. Bu bosqichda har qanday bahs qiyin kechadi".

Toshkent vaqti bilan 00:00 start oladigan tomoshabop bellashuvni o'tkazib yubormang! 

 SHerzod Nurmatov tayyorladi. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика