Evro-2020. Angliya Germaniyani mag'lub etib, chorak finalga yo'l oldi
29 iyu 2021 22:50
Yangiliklar
Evro-2020. Angliya Germaniyani mag'lub etib, chorak finalga yo'l oldi
Angliya - Germaniya 2:0
Gollar: Sterling 75', Keyn 86'
Angliya: 1. Jordan Pikford, 2. Kayl Uoker, 6. Xarri Maguayr, 5. Jon Stounz, 12. Kiran Tripper, 14. Kalvin Fillips, 4. Deklan Rays (8. Jordan Xenderson 88'), 3. Lyuk SHou, 25. Bukayo Saka (7. Jek Grilish') 9. Xarri Keyn, 10. Raxim Sterling.
Zaxira: 13. Aaron Remsdeyl, 23. Sem Djonston, 11. Markus Reshford, 15. Tayron Mings, 16. Konor Koudi, 17. Jeydon Sancho, 19. Meyson Maunt, 20. Fil Foden, 24. Ris Jeyms, 26. Jud Bellingem.
Germaniya: 1. Manuel Noyer, 4. Mattias Ginter (19. Leroy Sane 88'), 5. Mats Xummels, 2. Antonio Ryudiger, 6. Yozua Kimmix, 18. Leon Gorecka, 8. Toni Kroos, 20. Robin Gosens (23. Emre Jan 88'), 7. Kay Xaverc, 25. Tomas Myuller (14. Jamal Musiala 90'), 11. Timo Verner (10. Serj Gnabri 68').
Zaxira: 12. Bernd Leno, 22. Kevin Trapp, 3. Marsel Xalstenberg, 9. Kevin Folland, 15. Niklas Zyule, 17. Florian Noyxaus, 21. Ilkay Gyundogan, 24. Robin Kox.
Ogohlantirishlar: Deklan Rays 8', Mattias Ginter 25', Kalvin Fillips 45', Robin Gosens 72' Xarri Maguayr 77
England Raheem Sterling - 75', Harry Kane - 86' |
EURO Final Stage . 1/8-tur 29/06/2021, 22:00 0
:
2
Tugadi
|
Germany |
Stadion: Wembley, 41973 tomoshabin
Bosh hakam: Danny Makkelie
90+4. O'yin yakunlandi! Angliya chorak finalda!
90. O'zgarish! Myuller o'rniga Musiala maydonga tushdi.
90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa vaqt qo'shib berildi.
88. O'zgarishlar! Gosens va Ginter o'rniga Jan va Sanelar maydonga tushdi.
88. O'zgarish! Rays o'rniga Xenderson maydonga tushdi.
Jek Grilish chap qanotdan to'pni jarima maydonchasiga uzatib berdi va Keyn bosh bilan gol urdi!
86. GOL! Keyn hisobni oshirdi!
81. Myulleeeeeeerrrr!!! Tomas Myuller darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqdi! Uning bergan zarbasi esa biroz noaniq!
77. Ogohlantirish! Maguayrga sariq kartochka ko'rsatildi.
Sterling hujumni boshladi, Keynga uzatdi. U to'pni Grilishga etkazdi, Grilish esa chapga SHouga uzatdi. CHap qanotdan jarima maydonchasiga to'p uzatildi va Sterling 3 metrdan to'pni darvozaga yo'llab hisobni ochdi. Ajoyib kombinaciya.
75. GOL! Sterling hisobni ochdi!
72. Ogohlantirish! Gosensga sariq kartochka ko'rsatildi
68. O'zgarish! Saka o'rniga Grilish maydonga tushdi.
68. O'zgarish! Verner o'rniga Gnabri maydonga tushdi.
63. O'yin biroz sokinlashdi.
54. Keyn maydon markazida yotibdi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
51. Germaniya ikkinchi bo'limni hujumkor tarzda boshladi.
48. ZARBA!!! Xavercning kuchli va aniq zarbasi!!! Pikforddan super seyv! Sal qolsa hisob ochilardi...
Ikkinchi bo'limga start berildi!
Terma jamoalar ikkinchi bo'limga qaytishmoqda.
Statistika! To'pni nazorat qilish bo'yicha ustunlik Angliyada - 52% - 48%. Darvozaga zarbalar bo'yicha - 3-2. Aniq zarbalar bo'yicha tenglik - 2-2.
Birinchi bo'lim yakunlandi!
45+1. Keynda yaxshi vaziyat! Ammo yakuniy zarbani bera olmadi. Darvoza deyarli bo'sh edi.
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa vaqt qo'shib berildi.
45. Ogohlantirish! Fillipsga sariq kartochka ko'rsatib berildi.
43. Keynga to'p uzatildi ammo Xummels qaytarib yubordi.
42. Jarima zarbasi belgilandi Germaniya darvozasi tomonyu CHamasi 25 metrlar masofa bor.
33. Yana Germaniya! Verner deyarli yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi. Pikford oldinga chiqib to'pni ushlab oldi.
32. Germaniya oldinga o'tdi. Kimmix o'ng qanotdan to'pni uzatib berdi, Gosens esa bosh bilan zarba bermoqchi bo'lib sakradi lekin to'p undan o'tib ketdi.
30. Statistika! To'p nazorati bo'yicha ustunlik endi Angliyada - 51% - 49%
25. Ogohlantirish! Ginterga sariq kartochka ko'rsatildi.
24. Angliya bosim uyushtirishga harakat qilmoqda.
22. O'yin tempini yuqori deb bo'lmaydi. Har ikki jamoa ham bazi-bazi hujumga o'tadi lekin keyin o'yin yana sokinlashadi.
16. ZARBA! Sterlingning zarbasi juda xavfli chiqdi. Aylantirib berilgan zarbani Noyer qaytarib yubordi.
10. Statistika! To'p nazorati bo'yicha 33% - 67% - Germaniya ustun
9. CHamasi 22 metrlardan jarima zarbasi. Xavercning erlatib bergan zarbasini angliyalik himoyachilar qaytarib yuborishdi.
8. Ogohlantirish! Gorecka hujumga qochib ketayotganda Rays to'xtatib qoldi va unga sariq kartochka ko'rsatildi.
5. Dastlabki zarba ham Germaniyadan bo'ldi. Goreckaning bergan zarbasi kuchsiz chiqdi. To'pni Pikford ushlab oldi.
4. Ilk hujum Germaniyadan bo'ldi. Qanotdan to'p uzatildi va burchak zarbasi.
3. O'yin xotirjamlik bilan boshlandi.
1. Uchrashuvga start berildi!
Har ikki davlat vakillarining madhiyalari yangramoqda.
Uchrashuvni Angliya afsonasi Devid Bekxem stadiondan kuzatib bormoqda.
Har ikki terma jamoa azolari maydonga chiqib kelishmoqda.
Hozirda har ikki terma jamoa vakillari ham o'yindan avvalgi rasmiy mashg'ulotda ishtirok etishmoqda.
Bugun ikki grand terma jamoadan biri musobaqani tark etadi.
Assalomu aleykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Evropa chempionatining nimchorak final uchrashuvlari doirasidagi markaziy o'yinlardan biri - Angliya - Germaniya uchrashuvini g'oyibona tarzda kuzatib borishga taklif qilamiz.
England Raheem Sterling - 75', Harry Kane - 86' |
EURO Final Stage . 1/8-tur 29/06/2021, 22:00 0
:
2
Tugadi
|
Germany |
Stadion: Wembley, 41973 tomoshabin
Bosh hakam: Danny Makkelie
Fikrlar