Evro-2020. Angliya – Daniya. "Bahs yulduzi" malum bo'ldi
08 iyu 2021 03:11
Yangiliklar
Evro-2020. Angliya – Daniya. "Bahs yulduzi" malum bo'ldi
Evropa chempionati yarim finali doirasidagi Angliya – Daniya (2:1) uchrashuvi yakunlandi.
O'yinning asosiy vaqti 1:1 hisobida tugadi. Qo'shimcha bo'limda Angliya hujumchisi Xarri Keyn penaltidan zarba yo'lladi, uni Daniya posboni Kasper SHmeyxel qaytardi, biroq qaytgan to'pni Keyn baribir darvozaga kiritdi.
SHu tariqa g'alaba goli muallifi uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topilib, "star of the match" ("bahs yulduzi") sovriniga ega chiqdi.
Eslatib o'tamiz, Angliya finalda Italiya bilan to'qnash keladi. O'yin 11 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.
Fikrlar