So’nggi yangiliklar

01:55Европа лигасида инглизча финал!  0 01:50Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" жавоб ўйинида ҳам "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди ва финалга йўл олди  10 00:50Футзал. Ўзбекистон Кубогида барча ярим финалчилар аниқ бўлди  0 00:28Григорий Колосовский: "Биринчи бўлимнинг ўзида 2-3та гол урсак бўларди"  0 23:43Неъматулла Қуттибоев: "Бугун ким биринчи бўлиб гол урса, ўша ғалаба қозонарди"  2 23:21Эрон Про лигаси. Захирадан тушган Ўрунов 90+1 дақиқада гол уриб, жамоасига ғалаба тақдим этди, Машарипов захирадан тушди, Юсупов тўлиқ ўйнади, Яхшибоев эса...  2 23:16Европа Конференциялар лигаси. Ярим финал жавоб баҳслари доирасидаги "Фиорентина" — "Бетис" ва "Челси" — "Юргорден" ўйинлари учун таркиблар маълум  0 23:13Европа лигаси. Ярим финал жавоб баҳслари доирасидаги "Буду-Глимт" — "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" — "Атлетик" ўйинлари учун таркиблар маълум  3 22:37Рэшфорд Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин?!  2 22:15"Интер" ва "Ювентус" Доннаруммани қўлга киритмоқчи  6 21:50"Ливерпуль" Александер-Арнолднинг ўринбосари учун 30 млн фунт тўлашга тайёр  1 21:22Кварацхелия, Ямал, Зоммер - УЕФА Чемпионлар лигасида ҳафтанинг энг яхши жамоасида  1 20:57Про лига. "Локомотив" "Арал"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  0 20:44U-14 Ривожланиш кубоги. Ўзбекистон Арманистонга мағлуб бўлди  5 19:44Goal талқинига кўра "Олтин тўп" учун бош даъвогар ким?  24

EVRO-2016. Uels - SHimoliy Irlandiya uchrashuviga prevyu Yangiliklar

EVRO-2016. Uels - SHimoliy Irlandiya uchrashuviga prevyu

EVRO-2016 nimchorak finalida Buyuk Britaniyaning ikki jamoasi to'qnash keladi.

FIFA reytingida 25-o'rinda borayotgan SHimoliy Irlandiya 26-o'rindagi Uels bilan o'ynaydi.

Bu ikki jamoa o'zaro 95ta o'yin o'tkazgan. SHulardan 44tasida Uels g'olib bo'lgan, 27tasida SHimoliy Irlandiyaning qo'li baland kelgan.

Uels oxirgi 8 uchrashuvda bu raqibga yutqazmagan. So'nggi bor shimolliklar 1980 yilda Uelsni mag'lub etgan. Jamoalar shu yilning mart oyida Kardiffda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib durang o'ynashgan - 1:1.



Garet Beyl jamoadoshlari guruhda Angliyani ortda qoldirib birinchi bo'ldi. SHimoliy Irlandiya uchinchi o'rin bilan nimchorak finalga chiqdi. Ikkala jamoa ham o'z tarixida ilk bor Evropa chempionati final bosqichida o'ynamoqda. Bu to'qnashuvda kim g'olib bo'lsa Vengriya - Belgiya juftligi g'olibiga qarshi o'ynaydi.

O'yinni angliyalik Martin Atkinson boshchiligidagi hakamlar boshqarishadi. Bu hakam Evro-2016 doirasidagi ikkita o'yinda faoliyat olib bordi. Germaniya - Ukraina, Vengriya - Portugaliya uchrashuvlarida jami 5 marta futbolchilarni ogohlantirdi.

Uels - SHimoliy Irlandiya o'yini bo'lib o'tadigan "Park De Prens" stadionida hozirgacha musobaqaning to'rtta uchrashuvi o'tkazildi. Bular: Turkiya - Xorvatiya (0:1), Ruminiya - SHveycariya (1:1), Portugaliya - Avstriya (0:0) va SHimoliy Irlandiya - Germaniya (0:1). Ko'rib turganingizdek 4ta o'yinda darvozalarga jami 4ta gol urildi. Bugun "Park de Prens"da Evro-2016ning oxirgi o'yini bo'lib o'tadi.



Evro-2016, 1/8 final.
UELS - SHIMOLIY IRLANDIYA 
25 iyun. Parij. "Park-de-Prens" stadioni. 21:00
Hakam -
Martin Atkinson (Angliya).

TAXMINIY TARKIBLAR

Uels: Xennessi; Ganter, CHester, E. Uilyams, Devis, Teylor; Allen, Ledli; Remzi, Beyl; Robson-Kanu.
Sariq kartochkasi borlar: Vouks, Devis

SHimoliy Irlandiya: Makgovern; Xyuz, Makauli, Ketkart, D. Evans; Beyrd, Devis, Norvud, Uord, Dallas; Lafferti.
Sariq kartochkasi borlar: Ketkart, Dallas, D. Evans, Uord  

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика