So’nggi yangiliklar

20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  4 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  0 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   10 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  4 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  2 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0

EVRO-2016. SHveycariya - Polsha uchrashuviga prevyu Yangiliklar

EVRO-2016. SHveycariya - Polsha uchrashuviga prevyu

Bugun Evro-2016 nimchorak final o'yinlari start oladi.

Dastlabki uchrashuv SHveycariya va Polsha terma jamoalari o'rtasida kechadi.

Ikkala jamoa ham o'z tarixida ilk bor Evropa chempionatida guruhdan chiqishga erishdi. SHveycariya "A" guruhida Franciyadan keyingi o'rinni egalladi. Polsha esa "C" kvartetida Germanidan keyingi bo'ldi. Polyaklar guruhda umuman gol o'tkazishmadi.

SHveycariya Polshaga qarshi o'tkazgan 10ta o'yinning faqat bittasida yutgan. O'sha o'yin 1976 yilda o'rtoqlik uchrashuvi doirasida o'tgan - 2:1. Polsha hisobida 4ta g'alaba bor. Qolgan 5 uchrashuvda durang qayd etilgan.



Ushbu juftlik g'olibi 30 iyun kuni chorak finalda Xorvatiya - Portugaliya juftligi g'olibiga qarshi o'ynaydi.

Bu ikki jamoa so'nggi bor 2014 yil Vroclavda to'qnash kelishgan edi. O'rtoqlik uchrashuvi 2:2 hisobida o'z yakuniga etgan edi. Yosip Drmich mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqandi, mezbonlar safida Artur Endjeychik va Arkadiush Milik to'p kiritishgan. Yakuniy natijani so'nggi daqiqalarda Fabian Fray o'rnatgandi.

O'yin Sent-Eten shahridagi "Joffrua Gishar" stadionida bo'lib o'tadi. Ushbu stadionda EVRO-2016 doiraisdagi Portugaliya - Islandiya, CHexiya - Xorvatiya va Slovakiya - Angliya uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Qizig'i bu o'yinlarning barchasi durang bilan tugadi. SHveycariya - Polsha bahsi EVRO-2016 doirasidagi "Joffrua Gishar" stadionida o'tadigan eng so'nggi bahs bo'ladi.

O'yinni angliyalik Mark Klattenburg boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi. Ushbu hakam Evro-2016da hozirgacha ikki uchrashuvda ishladi. Klattenburg Belgiya - Italiya o'yinida 5ta, CHexiya - Xorvatiya bahsida 4ta sariq kartochka ko'rsatdi.



Evro-2016, 1/8 final.
SHVEYCARIYA - POLSHA
25 iyun. Sent-Eten. "Joffrua Gishar" stadioni. 18:00
Hakam
- Mark Klattenburg (Angliya).

TAXMINIY TARKIBLAR

SHveycariya: Sommer; Lixtshtayner, SHer, Juru, Rodriges; Bexrami, Jaka, Jemayli; SHakiri, Embolo, Mexmedi.
Sariq kartochkasi borlar: Bexrami, Embolo, SHer, Jaka

Polsha: Fabyanski; Pishek, Glik, Pazdan, Endjeychik; Blashikovski, Krixovyak, Monchinski, Grosicki; Milik, Lavandovski.
O'ynamaydi: SHensni (jarohat)
Sariq kartochkasi borlar: Grosicki, Monchinski, Peshko, Pishek

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика