So’nggi yangiliklar

04:04Футзал. ЖЧ-2016. Ўзбекистоннинг дебюти, кўзи ожиз болакайга қилинган совға ҳамда "футзал Пелеси"нинг хайрлашуви ҳақида ҳикоя қиламиз  0 02:35АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Фулхэм" 1:0, 42 миллионлик трансфер гол урди  1 02:31ЛаЛига. "Севилья" дуранг билан бошлади  0 01:53АПЛ. "Манчестер Юнайтед" янги футболчисининг голи эвазига мавсумни ғалаба билан бошлади  23 01:49Франция чемпионатига старт берилди: ПСЖ мавсумни сафардаги "қийин" ғалаба билан бошлади  1 01:45Германия Кубоги. "Бавария" катта қийинчиликсиз кейинги босқичга йўл олди (+ВИДEО)  0 01:16Энцо Мареска таркибда 43 футболчи борлиги ҳақида: "Бизга яна футболчилар керак"  10 00:50Ўзбекистон футзал термаси Португалияга мағлуб бўлди  1 00:36Расман: Шакири собиқ жамоасига қайтди  2 00:13Фарҳод Нуруллаев: "Бугун қарши ҳужумда ўйнаб, натижага эришишни мақсад қилгандик"   1 23:36Эрон. Машарипов ва Юсупов жамоалари мавсумни ғалаба билан бошлади  2 23:19Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар 10 киши бўлиб ҳам футбол ўйнаш мумкинлигини кўрсатиб беришди"   19 23:11Элдор Шомуродов учун қайси вариант қулайроқ? Илёс Зейтуллаев фикрини айтди  5 23:09Франция чемпионати старт олмоқда! "Гавр" - ПСЖ баҳси асосий таркиблари билан танишинг  3 22:48Миржалол Қосимов: "Бугунги ўйиндан мухлислар ютди"  6

Evro-2016. Jamoalarning asosiy tarkiblari qanday ko'rinishda bo'ladi? Yangiliklar

Evro-2016. Jamoalarning asosiy tarkiblari qanday ko'rinishda bo'ladi?

Evropa chempionatida ishtirok etadigan jamoalarning taxminiy asosiy tarkiblari bilan tanishtirib o'tamiz.


Avstriya: Almer; Klyayn, Dragovich, Xinteregger, Fuxs; Alaba, Baumgartlinger; Xarnik, Yunuzovich, Arnautovich; Yanko.

- Avstriya terma jamoasining boshlang'ich tarkibida o'z klubida muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan bazi futbolchilar ham kirishi mumkin. Ammo bu jamoaning asosiy tarkibida katta syurprizlar kuzatilmaydi.

Albaniya: Berisha; Xyusay, Cana, Mavray, Agoli; Kukeli, Djaka; Roshi, Abrashi, Lenyani; CHikaleshi.

- Albaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Janni De Byazi Taulyant Jaka tezroq safga qaytishidan umidvor. Bu jamoaning o'ng qanot yarim himoyasida Odise Roshi o'ynashi taxmin qilinmoqda. Roshi asosiy tarkibdagi kurashda Andi Lilini dog'da qoldirgani aytilmoqda.


Angliya: Xart; Uoker, Kexill, Smolling, Rouz; Dayer, Uilshir, Alli, Runi; Keyn, Vardi.

- Jek Uilsher o'tgan mavsumni maydondan tashqarida o'tkazib yuborganiga qaramasdan Xojson unga terma jamoa eshiklarini ochib berdi. Roy Xojson Uilsherga juda ko'p ishonadi. SHuningdek, ushbu terma jamoada Jeymi Vardi ham asosiy tarkibda ko'rinish berishi kutilmoqda. Vardining hozirgi sport formasi bunga asosiy sabab sifatida qaralmoqda.


Belgiya: Kurtua; Alderveyreld, Denaye, Vermalen, Vertongen; Nainggolan, Vitsel; Mertens, de Breyne, Azar; Lukaku.

- Belgiyada eng katta bosh og'riq bu himoya chizig'i bo'ladi. Jarohati tufayli turnirni o'tkazib yuboradigan Kompani va Nikolas Lombartsning o'rnini kimlar egallashi eng katta savolligicha qolmoqda. SHuningdek, qanotlarda Mertens va Karraskolar o'rtasida ham boshlang'ich tarkibdagi o'rin uchun katta "jang" bo'lishi aniq.


Vengriya
: Kiray; Kadar, Long, Guzmich, Fiolo; Nod, Gero; Djudjak, Klyaynxaysler, Nemet; Soloi.

- Vengriyada Kristian Nemetning asosiy tarkibda o'ynashi so'roq ostida turibdi. Sababi, Nemet endigina jarohatidan forig' bo'ldi va sport formasini tiklab olganicha yo'q. Yana bir jihat borki, bu Nemanya Nikolichning hozirgi ko'rsatayotgan yorqin o'yinlari. Aynan shu jihatlar evaziga Nemet o'zining asosiy tarkibdagi o'rnini Nikolichga yutqazib qo'yishi ham mumkin.


Germaniya
: Noyer; Xevedes, Xummels, Boateng, Xektor; Kroos, Xedira; Myuller, Ezil, Draksler; Gomes.

- Nemis mashinasining zaxira o'rindig'i uzunligi Yoaxim Lyovga musobaqa davomida bir qator o'zgarishlarni amalga oshirishlariga imkon berishi mumkin. Ayni paytda terma jamoaning o'ng qanot himoyasida kim o'ynashi va Marko Roysning boshlang'ich tarkibdagi o'rnini kim egallashi jumboq bo'lib turibdi.


Irlandiya
: Rendolf; Koulmen, Kiog, O'SHi, Bredi; Uolters, Uilan, Makkarti, Xendrik; Xulaxan; Long.

- Martin O`Nilga asosiy tarkibni aniqlash borasida bir qator bosh og'riqlar mavjud. Martin O`Nil juda muhim qarorlari chiqarishga majbur bo'ladi. Robert Bredini himoya chizig'iga qo'yadimi yoki maydon markazigami? Aynan shu savol hozirda Irlandiya bosh murabbiyini qiynamoqda. Irlandiyaning Evropa chempionatidagi asosiy hujumchisi Deril Merfi yoki SHeyn Long bo'ladimi? Bu ham hozircha javobi aniq bo'lmagan savolligicha qolmoqda.


Islandiya: Kristinsson; Skulason, R. Sigurdsson. Arnason, Sevarsson; Gudmundsson, G. Sigurdsson, Gunnarsson, Byarnason; Sigtorsson, Finnbogason.

- Ushbu terma jamoaning asosiy tarkibdagi futbolchilarining o'zaro hamjihatligi va bir-birlarini yaxshi tushunishlari boshlang'ich tarkibda ko'p ham o'zgarishlar ruy bermasligiga sababchi bo'lishi mumkin. Islandiyaning zaxira o'rindig'ida o'tiradigan futbolchilar ham jamoaga ko'p foyda keltirishga qodir futbolchilar.


Ispaniya: De Xea; Xuanfran, Pike, Ramos, Alba; Buskets, Iniesta, Silva, Koke; Morata, Aduris.

- Qizil furiyada Del Boske nihoyat Ispaniyaning ko'p yillik birinchi raqamli darvozaboni Kasilyasni o'zgartirishi mumkin. De Xea Evropa chempionatida asosiy kiper bo'lishi taxmin qilinmoqda. SHuningdek, Morata va Adurisning o'zaro yaxshi o'ynashi va gollar urishayotganligi hujum chizig'ida ushbu tandem harakat qilishiga sababchi bo'lishi mumkin.


Italiya: Buffon; Bardzali, Bonuchchi, Kellini; Kandreva, Florenci, de Rossi, Djakkerini, Darmian; Pelle, Eder.

- Konte Buffonga asosiy tarkibdan o'rin kafolatlanganligini aytib o'tdi. "Skuadra adzurra"ning maydon markazida kimlar o'ynashi ko'proq qiziq. Markizio va Verattining jarohati, Pirloning Evroga olib ketilmaganligi Italiya markazida katta o'zgarishlar ruy berishiga asosiy sabab bo'ladi. De Rossining gardaniga eng katta masuliyat yuklanadi.


Polsha: Fabyanski; Pishhek, Glik, Pazdan, Endjeychik; Blashhikovski, Kryxovyak, Zelinski, Grosicki; Milik, Levandovski.

- Polshada Zelinski "Empoli"dagi ajoyib o'yinlari orqali terma jamoaning boshlang'ich tarkibidan muqim joy egallashi uchun katta xizmat qilishi kutilmoqda. Qolgan chiziqlarda deyarli o'zgarishlar ruy bermasligi taxmin qilinmoqda.


Portugaliya: Ruy Patrisiu; Sedrik, Pepe, Brunu Alvesh, Rafael Gerreyru; Danilu, Joau Mariu, Joau Moutinyu, Adrien Silva; Nani, Krishtianu Ronaldu.

- Portugaliyada Villyam Karvalyu asosiy tarkibdagi o'rinni Daniludan yutib olishi mumkin. Elizeu esa qanot himoyasida Gerreyru bilan raqobatlashadi.


Rossiya: Akinfeev; Smolnikov, V. Berezuckiy, Ignashevich, SHHennikov; Samedov, Denisov, Mamaev, SHatov; Smolov, Dzyuba.

- Alan Zagoevning jarohati Pavel mamaevga asosiy tarkibdan o'rinni kafolatlagandek. Fyodor Smolovning ajoyib mavsumi Evropa chempionatida Rossiya terma jamoasining birinchi raqamli hujumchisi bo'lishiga bosh sababchi bo'lishi taxmin qilinmoqda. CHap qanot himoyasida SHennikov va Kambarov o'zaro raqobatlashishadi. Bu borada SHennikovning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda.


Ruminiya: Teterushanu; Sepunaru, Kirikesh, Grigore, Rac; Pintiliy, Xoban; Popa, Maksim, Stanchu; Andone.

- Ruminiyada o'ng qanot yarim himoyasida Popa Torjedan asosiy tarkibdagi o'rnini yutishi kutilmoqda. Hujumda esa Kesheryu o'rniga Andone boshlang'ich tarkibda o'ynashi taxmin qilinmoqda.


SHimoliy Irlandiya
: Keroll; Maklaflin, Makauli, Ketkart, Dj. Evans; Devis, Makneyr, Norvud; Uord, Lafferti, Dallas.

Maykl O`Nil Evropa chempionatida o'z jamoasini 4-3-3 sxemasi ostida yoki 3-5-2 taktik ko'rinishida o'ynatadi. Jamoa so'nggi o'rtoqlik bellashuvlarini aynan 3 himoyachi bilan o'tkazdi. Bu jamoada darvozadan Keroll o'rin egallashi deyarli aniq bo'lib ulgurgan.


Slovakiya
: Kozachik; Pekarik, SHkrtel, Dyurica, Gubochan; Kucka, Pechovski, Mak, Gamshik, Vayss; Duris.

- Kucka, Gamshik va Vayssning asosiy tarkibda o'ynashi deyarli aniq. Bu erda syurpriz yoki katta o'zgarishlar kuzatilmaydi.


Turkiya: Volkan Babadjan; Gekxan Genyul, Mexmet Topal, Xakan Balta, Janer Erkin; Selchuk Inan, Yunus Malli, Xakan CHalxanoglu, Oguzxan Ezyakup, Arda Turan; Burak Yilmaz.

- Serdar Azizning o'rnini asosiy tarkibda Mexmet Topal egallaydi. Bundesliga ajoyib mavsumni o'tkazgan Malli esa katta ehtimol bilan Turkiyaning Evropa chempionatida o'yinlarida boshlang'ich tarkibda harakat qilishi kutilmoqda.


Ukraina: Pyatov; Fedeckiy, Xacheridi, Rakickiy, SHevchuk; Stepanenko, Garmash, Rotan; Yarmolenko, Konoplyanka; Zozulya.

- Viktor Kovalenko asosiy tarkibda bo'ladigan raqobatni Denis Garmashdan yutib olishga juda yaqin. Lekin Germaniyaga qarshi birinchi turda Ukraina bosh murabbiyi kattaroq tajribaga ega Fomenkoga ishonch bildirishi mumkin.


Uels
: Xennessi; Ganter, CHester, Uilyams, Devis, Teylor; Remzi, King, Allen; Beyl, Robson-Kanu.

- Jo Ledli kamida dastlabki ikki turda jamoasiga yordam bera olmaydi. Ledlining o'rniga Uelsda Endi King bor. King "Lester" bilan Angliya chempioni bo'lgani ham futbolchiga terma jamoaning boshlang'ich tarkibdagi o'rnini mustahkamlashi mumkin.


Franciya
: Loris; Sanya, Rami, Koscelny, Evra; Pogba, Sissoko, Matyuydi; Grizmann, Jiru, Paye.

- Bu erda Marsyal hamda Dimitri Payening asosiy tarkibda o'ynashi deyarli teng. Biz esa bu borada Payeni boshlang'ich tarkibda o'ynashini taxmin qilamiz.


Xorvatiya
: Subashich; Srna, CHorluka, SHildenfeld, Vida; Brozovich, Modrich, Rakitich, Kovachich, Perishich; Mandjukich.

- Ushbu terma jamoaning chap qanot himoyasida kim o'ynashi so'roq ostida. Vida va Strinich o'rtasidagi raqobatda biz Vidaga ishonch bildiramiz.


CHexiya: CHex; Kaderjabek, Sivok, M. Kadlec, Limberski; Darida, Plashil, Dochkal, Rosicki, Kreychi; Necid.

- Marek Suxi diskvalifikaciyasi tufayli birinchi turni o'tkazib yuboradi. Uning o'rniga birinchi o'yinda Kadlec harakat qilishi kutilmoqda. Necid Evropa chempionatida CHexiyaning hujumdagi asosiy "quroli" bo'lishi taxmin qilinmoqda. Ammo kerak paytda Necidning o'rnini David Lafata yoki Milan SHkoda egallashi mumkin.


SHveycariya: Sommer; Lixtshtayner, Lang, Djuru, Rodriges; Fernandes, Djaka, Bexrami; SHakiri, Seferovich, Mexmedi.

- SHveycariyaning asosiy tarkibida kimlar o'ynashi deyarli 50 %ga aniq. SHakiri ushbu jamoaning Evrodagi asosiy futbolchisi bo'ladi. Ko'p jihatdan ushbu futbolchining o'yiniga ko'p narsa bog'liq.


SHveciya: Isaksson; Lustig, Lindelef, Grankvist, Olsson; Durmaz, CHelstrem, Xilemark, Forsberg; Ibragimovich, Berg.

- Zlatan Ibragimovich asosiy tarkib futbolchisi va SHveciyaning ishongan tog'i. Bu erda savol shuki, Zlatan bilan birga kim hujumda o'ynaydi: Gvidetti yoki Berg?

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика