Evra: "Sanches MYUga o'tganidan xabardor bo'lganimda..."
14 may 2019 20:00
Yangiliklar


Evra: "Sanches MYUga o'tganidan xabardor bo'lganimda..."
"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Patris Evra hujumchi Aleksis Sanchesning transferi borasida fikr bildirib o'tdi.
"Qo'rqmasdan ovozimni balandlatib ayta olaman, bazi futbolchislar MYUga faqat pul uchun kelishadi. Sanchesga nisbatan adovatim yo'q. Lekin, uning "Yunayted"ga o'tganini bilganimda, tezda klub tarixi qulashi mumkinligi haqida o'ylaganman. Aleksis "Manchester Siti"ga borishi mumkin edi. Ular kam pul taklif qilishdi, ammo Sanches u erda MYUdagi o'yiniga qaraganda yaxshiroq harakat qilardi. Kechirasiz-ku, "Siti" hamshahridan yaxshi o'ynaydi va Gvardiola boshqaruvida Sanches o'sishga erishgan bo'lardi.
Aleksis nima uchun bu tanlovga kelganini bilishni istayman. Faqat u bolaligidan "Yunayted"ni sevganini aytish kerak emas. Ehtimol pul uchundir, balki jamoaning 7-raqamida asosiy yulduz bo'lishni xohlagandir", - deydi Patris Evra.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar