Evgeniy Gogol: Lokomotiv bu yil o'tgan yilgidan yaxshiroq o'ynashi kerak
25 jan 2014 12:19
Yangiliklar

Evgeniy Gogol: Lokomotiv bu yil o'tgan yilgidan yaxshiroq o'ynashi kerak
Bugun Lokomotiv klubi azolari BAAda o'tkazilgan ikki haftalik nazorat-sinov yig'inini yakunlab, Toshkentga qaytib kelishadi.
Abu-Dabida tashkil etilgan yig'inga kecha Rossiya premer-ligasi vakili Uralga qarshi kechgan nazorat-sinov uchrashuvi yakun yasab berdi. Mazkur uchrashuvdan so'ng biz Lokomotivning markaziy himoyachisi Evgeniy Gogol bilan suhbat uyushtirdik. Quyida ushbu suhbatni etiboringizga havola qilamiz.
- Jenya, ahvollar yaxshimi? BAAdagi yig'in qanday kechmoqda? Mashg'ulotlarda asosan nimaga etibor qaratilyapti?
- Yig'in yaxshi o'tmoqda. Mashg'ulotlar jarayonida asosan jismoniy tayyorgarligimizni oshirishga etibor qaratmoqdamiz. Ochig'i, mashg'ulotlardagi yuklamalar natijasida oyoqlarimizda toliqish sezilmoqda. Bu foydamizga ishlashi shubhasiz. SHuningdek, mashg'ulotlarda yugurishga ham ko'p etibor qaratilmoqda. Asosiy maqsad – jismoniy holatimizni yaxshilash. O'ylaymanki, BAAda o'tkazilgan o'quv-mashg'ulotlar yig'inida yangi mavsum uchun etarlicha kuch to'plashga muvaffaq bo'ldik.
- Mashg'ulotlar qanday rejimda o'tkazilmoqda? Kuniga necha mahaldan mashg'ulot olib boryapsizlar?
- Asosiy guruhdagilar kuniga ikki mahaldan shug'ullanmoqdamiz. Bazi futbolchilar uchun uch mahal mashg'ulotlar joriy etilgan. Bu futbolchilar jamoamizning dekabr oyidagi o'quv-mashg'ulotlar yig'inini o'tkazib yuborishgan. Ular ertalab badantarbiya qilishadi, keyin yugurishadi va trenajyorda shug'ullanishadi. Men ham jamoamizning dekabr oyidagi mashg'ulotlarini o'tkazib yuborgandim. SHu sababli dastlabki 8 kun ertalabdan turishimga to'g'ri keldi. Oxirgi kunlarda esa umumiy guruh bilan bir xil rejimda shug'ullanyapman.
- Hozir amirliklarda ob-havo qanday? Bilishimcha, kunning birinchi yarmida harorat 20 darajadan issiq bo'layotgan ekan, to'g'rimi?
- Yo'q. Ob-havo u qadar issiq emas, nisbatan salqin. Faqat bugun havo odatdagidan issiqroq bo'ldi. Umuman olganda Abu-Dabida hozir futbol o'ynaydigan havo hukm surmoqda. Bu esa charchoqni tez engishga yordam beradi.
- So'nggi ikki raqibimiz – SHaxtyor va Ural jamoalari qaysi jihatlarda bizdan ustun ekan. Umuman, so'nggi ikki o'yin haqidagi fikrlaringiz?
- SHaxtyor mahorat bobida bizdan ustun ekanligi barchaga malum. Ularni tarkibida to'p suradigan legionerlar falon pul turishadi, boz ustiga ko'pchiligi braziliyalik futbolchilar. Qolaversa, jamoa muntazam UEFA chempionlar ligasida to'p surib keladi. To'p bilan ishlash va taktika borasida ular bizdan ancha o'zib ketishgan. Ammo, jismoniy tayyorgarlik, fizik ko'rsatkichlar va o'yinga o'zini baxshida etish bobida biz bir safdamiz, aniqrog'i ushbu omillar bo'yicha Ukraina chempioniga yutqazmadik hisob. O'yin davomida bizda ham imkoniyatlar bo'ldi. Agar o'yin oxirida darvozamiz tomon penalti bo'lmaganida yoki Raximov hamda SHevchenkolar birga-bir vaziyatdan unumli foydalanishganida ehtimol g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Uralga to'xtaladigan bo'lsak, Rossiya klubini mahorat hamda futbolchilar tarkibi borasida bizdan ustun demagan bo'lardim. Futbolchilar bo'yicha olib qaraydigan bo'lsak, bazi jihatlarda raqibimizdan qiziqarliroqdek ko'rindik. Faqat, ularda futbolchilar tanlovi borasida imkoniyat ko'proq edi. Adashmasam yig'inda ularning safida 35tacha futbolchi ishtirok etmoqda. O'zaro o'yinimiz davomida ularda 25tacha futbolchining maydonga tushgani ham fikrimni tasdiqlaydi. Lekin, uchrashuv davomida ularga aslo yutqazmadik. Gollar ikkinchi bo'limda kiritildi. Dastlab SHevchenko hisobni ochgan bo'lsa, keyin SHadrin ustunligimizni mustahkamladi.
- So'nggi savol: Lokomotivga kelib qo'shilgan futbolchilar jamoani qanchalik ko'chaytirishdi? Bu yilgi Lokomotivni o'tgan yilgi jamoadan kuchli bo'ladi, deyish mumkinmi?
- SHak-shubhasiz. Bugungi Lokomotiv o'tgan yilgidan ancha ko'chaygan. Biz bu yil o'tgan yilgidan ancha yaxshi ishtirok etishimiz kerak. Bunyodkordan kelgan to'rt nafar yangi futbolchi, ikki nafar legioner jamoamizni yaxshigina ko'chaytirishadi. O'tkazilgan o'yinlarda ko'rdikki, yangi o'yinchilar o'z vazifalarini yaxshi, aql bilan bajarishadi. Qayrat, Xitoy klubi, hattoki SHaxtyor bilan o'yinlarda ular o'zlarining nimaga qodirligini ko'rsatishdi. To'g'ri, doneckliklar bizdan ancha kuchli, ular maydonda aqlli o'yin ko'rsatishadi, mahoarti ham yuqori. Biroq, agar Ukraina chempioniga qarshi o'yin rasmiy maqomida bo'lganida, hisob qanday bo'lishini aytish qiyin edi. Bu bilan SHaxtyorni mag'lub etardik, demoqchi emasman, lekin ularga oson bo'lmasdi. Xullas, bu yil jamoamiz o'tgan yilgidan yaxshiroq natija qayd etishi kerak, deb o'ylayman.

Fikrlar