"Everton"ga qarshi o'yindan oldin "Arsenal"da ikki yo'qotish
07 apr 2019 14:11
Yangiliklar


"Everton"ga qarshi o'yindan oldin "Arsenal"da ikki yo'qotish
"Everton"ga qarshi o'yindan oldin "Arsenal"ning ikki futbolchisi jarohat olgan.
"Daily Mail" xabariga ko'ra, uchrashuvni Loran Koselni hamda Granit Jaka o'tkazib yuboradi. SHuningdek, Ektor Belerin, Denni Uelbek va Rob Xolding lazaretda bo'lib turibdi.
Bu mavsumda 33 yoshli Koselni 19 o'yinda qatnashib, 3 gol kiritdi. 26 yoshli Jaka esa 39 o'yinda 4 gol urib, 3 bora assistentga aylandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar