“Everton” Xitoydan murabbiy topdi
06 dek 2019 08:36
Yangiliklar


“Everton” Xitoydan murabbiy topdi
Marku Silvani istefoga chiqargan Mersisayd klubi uning o'rniga Xitoydan nomzod topdi.
“Everton” bosh murabbiyligi uchun asosiy davogar sifatida portugaliyalik mutaxassis Vitor Pereyra ko'rilmoqda. Ushbu murabbiy “Benfika” va “Olimpiakos”da faoliyat olib borgan. SHundan so'ng Xitoyning “SHanxay SIPG” klubiga ishga o'tgan.
U ayni damda dunyoning eng ko'p maosh oladigan mutaxassislaridan. Pereyraning maoshi yiliga 30 mln evroni tashkil qiladi.
Qayd etish joiz, Pereyra 2013 yilda ham “Everton” bosh murabbiyligiga nomzod sifatida ko'rilgan. Biroq u o'shanda Saudiya Arabistonidan tushgan taklifni qabul qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar