So’nggi yangiliklar

17:10"Ювентус" ва Дэвид йиллик маоши 6 млн евро бўлган шартнома бўйича келишиб олди. Фуболчининг агентлари 10+ млн. евро комиссия талаб қилишмоқда  0 17:01Эшитдик-да! "Насаф" ҳужумчиси клубни тарк этмоқда   6 16:28Сардор Абдураимов: "Чемпионатдаги мағлубият учун "Нефтчи"дан реванш олдик"  3 16:19Саутгейт рицарлик унвонига сазовор бўлди  0 15:36"Машъал" "Нефтчи"ни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган ўйиндан галерея  2 15:20"Арсенал" 5 миллион фунтга "Челси"дан Кепани сотиб олади  1 15:05Бобир Абдихолиқов ва Жасур Жалолиддинов "Сумқайит"ни тарк этишди  10 14:40Жамшид Ҳасанов: "Ўзбекистон Кубогини ким ютади? Мен учун "Машъал" фаворит"  1 14:20Ҳожиакбар Алижонов нега фақат қора бутсада майдонга тушади?  9 14:00Достонбек Тўхтабоев: "Нефтчи"нинг кучли томонларини тўхтатишга тайёр эдик"  1 13:42Ротен ПСЖдаги Месси ҳақида: "Пиёда юрарди, ўзини бағишламасди. Бу ҳақда сукут сақлаганларнинг ҳаммаси эркак эмас"  20 13:12Марказий Осиё. Қозоғистонда кубок ярим финали ўтказилади, "Истиқлол" 3-ўринга кўтарилди, "Аркадағ" эса энг яқин таъқибчисидан 11 очко илгарилаб кетди  0 12:52"Барселона" "Камп Ноу"га қайтадиган кунни эълон қилди  1 12:22Ўзбекистон терма жамоаси футболчилари ўзлари туғилган ҳудудлардаги академияларга ташриф буюришди  4 12:17Расман: Машарипов ўйнаётган "Истиқлол"га янги бош мураббий тайинланди  1

102 daqiqa davom etgan "Everton" va "Tottenxem" jamoalari o'rtasidagi o'yin jangovar durang bilan yakunlandi Yangiliklar

102 daqiqa davom etgan "Everton" va "Tottenxem" jamoalari o'rtasidagi o'yin jangovar durang bilan yakunlandi

Angliya Premer-ligasi 11-tur doirasidagi "Everton" va "Tottenxem" jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

"Everton" - "Tottenxem" 1:1

Gol: Jenk Tosun (90+7) - Deli Alli (63)

"Gudison Park"

"Everton": Pikford, Din, Mina, Xolgeyt, Sidibe, Delf, Ivobi, Uolkott, Devis, Risharlison, Andre Gomesh.

"Tottenxem": Gassaniga, Alderveyreld, Ore, Devis, Sanches, Eriksen, Alli, Lukas Moura, Sissoko, Son Xyon Min, Ndombele.


Everton

Cenk Tosun - 90'

Premier League . 11-tur

03/11/2019, 21:30

1
:
1
Tugadi

Tottenham Hotspur

Dele Alli - 63'

Stadion: Goodison Park, 39001 tomoshabin

Bosh hakam: Martin Atkinson

45'
90'
30'  Theo Walcott
68'  Theo Walcott (Cenk Tosun)
83'  Tom Davies (Dominic Calvert-Lewin)
84'  Andre Gomes (Gylfi Sigurdsson)
90'  Cenk Tosun
90'  Lucas Digne
31'  Christian Eriksen
63'  Dele Alli
63'  Heung-Min Son
65'  Tanguy Ndombele
73'  Tanguy Ndombele (Giovani Lo Celso)
79'  Heung-Min Son
88'  Serge Aurier (Juan Foyth)
90'  Christian Eriksen (Ryan Sessegnon)


O'YIN YAKUNLANDI.

90+11. Eriksen o'z o'rnini Sessenonga bo'shatib berdi. 

90+7. "Everton" hisobni tenglashtirdi. Gol muallifi turkiyalik futbolchi. U jarima maydonchasi ichida to'pni boshi bilan Gassaniga darvozasiga joylab qo'ydi.

90. Ikkinchi bo'limga hakam tomonidan 12 daqiqa qo'shib berildi.

88. Andre Gomeshning vaziyatidan so'ng hali ham o'ziga kela olmayotgan Serj Ore o'rniga Foyt tushirildi.

87. O'yin davom etmoqda. "Everton" hisobni tenglashtirishga harakat qilgan holda oldinga o'tmoqda.

84. Gomeshning o'rniga Gilfi Sigurdsson tushirildi.

83. Andre Gomeshni zanbilda maydondan olib chiqib ketishmoqda.

82. Ha, takroriy vaziyat ko'rsatildi. Andre Gomeshning oyog'i sinibdi. 

81. Son raqibga qarshi ishlatgan qo'polligi uchun o'zini kechira olmayapti va yig'lagan holda maydonni tark etdi.

79. Son Xyon Minga qizil kartochka ko'rsatildi.

79. Yoqimsiz vaziyat. "Everton" futbolchisi maydonda hushsiz yotibdi.

77. Son Xyon Minga tibbiy yordam ko'rsatildi. Hammasi yaxshi, u o'yinni davom ettiradi.

72. "Tottenxem" safida o'zgarish: Lo CHelso Ndombeleni almashtirdi.

69. "Everton" safida o'zgarish: Jenk Tosun Teo Uolkottni almashtirdi.

65. Tangi Ndombele raqibga qarshi juda ham qo'pol o'ynadi. Hakam esa futbolchiga bu ishi uchun sariq kartochka ko'rsatdi.

63. GOOOOOOOOL!! Deli Alli jarima maydonchasi ichiga kirgan holda ikki futbolchini chalg'itib o'tib ketdi va to'pni Pikford darvozasiga joylab qo'ydi.

61. Xavfli vaziyat! Risharlisonning yaqin masofadan bergan zarbasini Gassaniga ajoyib tarzda bartaraf etdi.

58. "Tottenxem" ortda qolgan 1 soat davomida darvoza tomon aniq zarba bera olmadi, "Everton" esa faqatgina 1ta aniq zarba ijro etdi.

55. Xavfli vaziyat! "Tottenxem" golga yaqin kelgan edi. Jarima maydonchasi ichiga oshirib berilgan to'pga hech qaysi futbolchi ulgurmadi.

53. Bosh hakam vaziyatni VAR orqali qayta ko'rdi va bu vaziyatda penalti yo'q deb topildi.

51. "Everton" jarima maydonchasi ichida Son Xyon Min yiqildi va hakamdan penalti so'ramoqda.

50. Ikkinchi bo'limni "Everton" futbolchilari ko'tarinki kayfiyatda boshlashdi. Aynan ular ko'proq hujumlarga o'tishmoqda.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

46. Birinchi bo'limga hakam tomonidan 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. Risharlison yana bir bor jarima maydonchasi ichida zarba berib ko'rdi. Ammo, uning zarbasi darvoza ustuni yuqorisidan o'tib ketdi.

38. To'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik mehmonlar tarafida: 40%-60%

33. Risharlisonning jarima maydonchasi ichida bergan zarbasini Gassaniga osongina ushlab oldi.

31. Yana bir sariq kartochka. Kristian Eriksen "Everton"ning qarshi hujumini to'xtatib qolgani uchun "siylandi".

30. O'yindagi ilk sariq kartochka Teo Uolkottga Devisga qarshi ishlatgan qo'polligi uchun ko'rsatildi.

29. "Everton"dan ilk zarba! Andre Gomeshning jarima maydonchasi ichida boshi bilan bergan zarbasi umuman noaniq ketdi.

28. Ajoyib uzatmadan so'ng Son Xyon Min darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, ammo Lyuka Din to'pga birinchi bo'lib ulgurdi.

26. Hozircha "shporlar" faolroq o'ynashmoqda. "Everton" esa ko'proq himoyaga urg'u bermoqda.

19. Son o'yindagi ilk zarbani jarima maydonchasi tashqarisidan berdi. Ammo, bu to'pga "Everton" futbolchilari to'g'anoq bo'lishdi.

13. Jamoalar o'ta ehtiyotkorlik bilan o'ynashmoqda. Hozircha Angliya Premer-ligasiga xos ochiq va hujumkor futbol ko'rmayapmiz.

9. Hozircha xavfli vaziyatlar sodir bo'lmayapti. Na "Everton", na "Tottenxem" hali zarba bermadi.

4. Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan har ikki jamoa ham ustunlikni qo'lga olishga harakat qilmoqda.

1. O'yin boshlandi!

- Assalomu alaykum "Championat.asia" kuzatuvchilari. Birozdan so'ng boshlanadigan Angliya Premer-ligasi 11-tur doirasidagi "Everton" va "Tottenxem" jamoalari o'rtasidagi o'yinni birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика