"Everton" futbolchisi jamoadoshiga shapaloq tushirgani uchun chetlatildi
25 noy 02:45
Yangiliklar
"Everton" futbolchisi jamoadoshiga shapaloq tushirgani uchun chetlatildi
Idrissa Guye "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda jamoadoshi bilan mojaro tufayli maydondan chetlatildi.
13-daqiqada "Everton" yarimhimoyachisi o'z jarima maydonida raqib hujumi paytida topni egalladi va uni Maykl Kinga uzatdi, ammo u pasni qabul qilmadi. Shu paytda Brunu Fernandesh vaziyatdan foydalanib to'pga zarba berdi – to'p darvozadan yuqoriga ketdi.
Guye jahli chiqib, 32 yoshli himoyachi bilan jahllashib qoldi. U jamoadoshiga shapaloq tushirdi, Kin esa uni yoqasidan oldi, shundan so'ng futbolchilarni boshqalar ajratib qoldi.
Senegallik futbolchiga hakam Toni Xerrington tomonidan qizil kartochka ko'rsatildi. Guyeni tinchlantirish va maydondan olib chiqishga to'g'ri keldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. Учта голи ҳисобланмаган "Челси" 10 киши қолган "Барселона"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет бешинчи учрашувда дуранг ўйнади ва гуруҳдан чиқиш имкониятини сақлаб қолди
Морган Роналдунинг шартли дисквалификацияси ҳақида: "Тўғри қарор. Криштиануни атайлаб кийимидан тортишган"
"Насаф"нинг икки етакчиси "Пахтакор"га ўтади
Fikrlar
Myu ga ochko suv havodek kerak bulgan paytda uyinni sotishga balo bormi???
Nima myu shunaqa kambagal clubmi yoki everton shu 3 ochko bn chlda yullanma oladimi
Ozgina anavu achigan miyalaringni ishlatlaring