So’nggi yangiliklar

08:27Ярим финалда мағлуб бўлган Артета нималар деди?  0 07:45Пролига. Бугун биринчи давранинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  2 07:10ЕЧЛ. ПСЖ "Арсенал"ни мағлуб этиб, Чемпионлар Лигаси финалига чиқди  1 01:54ЕЧЛ. ПСЖ ўз уйида ҳам "Арсенал"дан устун келди ва финалга йўл олди!  120 01:02Саудия Арабистони. Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" ўз майдонида Бензема ўйнаётган "Ал Иттиҳод"га мағлуб бўлди ва 4-ўринга тушиб кетди  8 00:43МЮ "Фиорентина" ҳужумчисини ўз сафига қўшиб олиши мумкин. Форварднинг товон пули 50 млн еврони ташкил қилади  1 00:11Клаудио Раньери мухлислар талқинига кўра А Сериянинг ушбу мавсумдаги энг яхши мураббийи деб топилди  6 23:49Иньиго Мартинес "Барса" ҳақида: "Ҳеч ким шубҳаланмасин - биз албатта қайтамиз"  10 23:23Мэддисон жароҳати сабаб узоқ муддат майдонга туша олмайди  0 22:58Ачербининг ҳикояси фильмга арзийди: у 11 йил олдин саратон касаллигини енгди, энди эса "Интер"ни Чемпионлар Лигаси финалига олиб чиқди  8 22:30Агуэро собиқ жамоадошларидан рамзий терма жамоа тузди  5 21:58"Марсель" ЕЧЛга тўғридан-тўғри йўлланма олган тақдирда Лапортни ўз сафига қўшиб олмоқчи. Клуб қишда "Ал Насср" ҳимоячисини қўлга киритишга ҳаракат қилди  0 21:33Гути "Барса"нинг ҳимоядаги муаммолари ҳақида: "У деярли йил давомида олов билан ўйнашди. Ҳужум қилиш ва гол уриш ажойиб, аммо EЧЛ финалига чиқишни истаган жамоа жуда кам гол ўтказиши керак"  8 21:00Факт. "Хоразм" ўз тарихида Наманганда ғалаба қозонмаган   6 20:37Педри: "Марчиняк билан бундай ҳолат илк бор юз бераётгани йўқ. Баҳсли вазиятларнинг барчаси "Интер" фойдасига ҳал қилинди"  28

Ettiyu olti, Abramov yutdi! Yangiliklar

Ettiyu olti, Abramov yutdi!

"Lokomotiv" hamda "Al-Sadd" jamoalari o'rtasidagi o'yinning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
OCHL. 4-tur. "C" guruhi
“LOKOMOTIV” – “AL SADD” 5:0
8 aprel 2015. Toshkent. “Lokomotiv” stadioni. 16:00
Hakam
lar:
Kim Dong Jin (J.Koreya), CHoy Min Byong  (J.Koreya), Bang Gi Yol (J.Koreya), Sivakorn Pu-Udom (Tailand)
Hakamlar eksperti:
Abdulrahmon Al Zayed (S.Arabistoni)
Uchrashuv komissari:
Dr. Tu Ksiliang (Xitoy)

Gollar:
Marat Bikmaev 7, - 1:0. Marat Bikmaev 14, - 2:0 (J.Hasanov (katta).Sanjar SHoahmedov 55, - 3:0 (Marat Bikmaev). Damir Koyashevich 77, - 4:0 (Temurxo'ja Abduxoliqov). Ruslan Koryan 90+1, - 5:0 (Damir Koyashevich)

"Lokomotiv":
12. Mamur Ikromov, 3. SHavkatjon Mullajonov, 8. Sardor Mirzaev, 10. Marat Bikmaev (7. Ruslan Koryan, 65), 13. Lutfulla To'raev, 16. Jasur Hasanov (kichik), 20. Islom To'xtaxo'jaev, 22. Sanjar SHoahmedov (99. Damir Koyashevich, 75), 28. Ikrom Aliboev, 31. Nemanya Yanichich, 77. Jasur Hasanov (kattasi) (11. Temurxo'ja Abduholiqov, 63).

Zaxira:
1. Ignatiy Nesterov, 18. Timur Kopadze, 24. Ibrohimjon Rahimov, 33. Oleg Zoteev

"Al-Sadd":
22. Naim Muhannad, 3. Xasan Abdulkarim, 6. Muhammad Kasola, 8. Ali Asad, 9. Muruqi, 10. Ibrohim Halfan, 11. Alhaydos Hasan, 32. Grafite (20. Yusuf Ahmad, 74), 39. Nodir Belxoj, 40. Li Jun Su, 70. Muhammad Musaab (37. Xamza Sanxoji, 70).

Zaxira:
1. SHiib Saad, 18. Omar, 80. Abdulla Ali, 94. Hamad Mansur, 96. Abdulrahmon Daheri


                             MATNLI TRANSLYACIYA
                                        YANGILASH



90+4. Uchrashuv tugadi. "Lokomotiv" 5:0 hisobida zafar quchdi!

90+2. Koyashevichning pasidan so'ng Ruslan Koryan raqib jarima maydoniga kirib bordi va darvozabonni ham aldab o'tib gol urdi - 5:0

90+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 5:0. Ruslan Koryan!!!!

90.
O'yinga 4 daqiqa qo'shib berildi

88. ZARBA! Murkui sal qolsa hisobni qisqartiradi, Yanichich darvozani goldan saqlab qoldi

85.
Bugungi o'yinni tomosha qilish uchun 3852 nafar tomoshabin keldi

83. O'zgarish. "Al Sadd".
Xalfan Ibrohim o'rniga Umar tushdi

82. Ogohlantirish. "Lokomotiv".
Ruslan Koryan

79. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Yusuf Ahmad jarima maydoni ichidan zarba berdi, Yanichich to'p yo'liga o'zini qalqon qildi

77. Abduxoliqov chap qanotdan katta tezlikda jarima maydoniga kirib borib to'pni Koyashevichga uzatdi, Damir darvozani ishg'ol qildi - 4:0.

77. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 4:0. Damir Koyashevich!

75. O'zgarish. "Lokomotiv".
Sanjar SHoahmedov o'rniga Damir Koyashevich tushdi

74. O'zgarish. "Al Sadd".
Grafite o'rniga Yusuf Ahmad tushdi

73.
Grafite hujumda Yanichichga nisbatan qo'pol o'ynadi, hakam o'yinni to'xtatdi.

71.
Burchak to'pini mezbonlar amalga oshirishdi, hujumda qoida buzildi

70. O'zgarish. "Al Sadd".
Musab Muhammad o'rniga Hamza Senxaji tushdi

69.
Murkuining chap qanotdan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi

68. ZARBAAAAAAAAAA! Ikrom Aliboevning zarbasini darvozabon ushlab oldi

65. O'zgarish. "Lokomotiv".
Marat Bikmaev o'rniga Ruslan Koryan tushdi

63. O'zgarish. "Lokomotiv".
Katta Jasur Hasanov o'rniga Temurxo'ja Abduxoliqov tushdi

61. ZARBAAAAAAAAAA! Marat Bikmaev jarima maydoni yonida to'pni darvozaga yo'lladi, himoyachilar to'pni qaytarishdi.

59. ZARBAAAAAA! Sardor Mirzaevning jarimadan yo'llagan zarbasii birozgina noaniq ketdi!

58. Ogohlantirish. "Al Sadd".
Muhammad Kasola

55. SHoahmedov to'pni Bikmaevga uzatdi, Marat raqib jarima maydoni ichida pauza qildi va Sanjarga to'pni qaytarib berdi, SHoahmedov osonlik bilan o'ng burchakni nishonga oldi - 3:0.

55. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 3:0. Sanjar SHoahmedov!!!

54. "Lokomotiv"ning hujumi...katta Hasanov chap qanotdan raqibni aldab o'tib to'p oshirdi, Bikmaevgacha to'p o'tmay qoldi! 

52.
"Al Sadd" burchak to'pini amalga oshirishdi, himoyachilarimiz o'z o'rnida

49. Xavfli vaziyat! Lu Jung Su darvozabon bilan bir birini tushanmayati, SHoahmedov bundan foydalanib qolishi mumkin edi

47. ZARBAAAAAAAAAAAAA! SHoahmedov jarima maydoni ichidan zarba berdi, to'pni darvozabon qaytardi!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!


45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha "Loko" oldinda - 2:0

45+
1. Xalfanning zarbasini Ikromov ushlab oldi.

45+1.
Ikrom Aliboev Murkuini yiqitdi. Taym so'nggida raqibda jarima to'pi

45.
Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi

44. ZARBAAAAAAAA! Hasan Al Haydosning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi!

41. Ogohlantirish. "Al Sadd".
Musab Muhammad

41.
Belxoj jarima to'pini amalga oshirdi, SHoahmedov to'pni qaytardi.

39. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Darvoza to'sini! Sanjar SHoahmedov chamasi 25 metrlardan darvoza tomon kuchli zarba berdi, to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi!

36.
Grafite Xalfanga to'p uzatdi, o'yindan tashqari holat

35. "Lokomotiv"ning tezkor qarshi hujumi, Ikrom Aliboev katta tezlikda oldinga o'tdi, ammo to'pni hech kimga uzata olmadi...

34.
Hakamning qarorlari muxlislarga yoqmayapti...Mirzaev hujum boshlayotganda qoida buzildi deb topildi

33. Xavfli vaziyat! Xalfanning pasidan so'ng Grafite jarima maydoniga kirib bordi va havolatib to'p uzatdi, Ikromov to'pni ushlab oldi

32.
Katta Jasur Hasanov chapdan to'pni uzatdi, himoyachilar to'pni qaytardi. Kichik Hasanovning o'ngdan uzatgan to'pi noaniq chiqdi

31.
SHoahmedov markazda Xalfanni yiqitdi

28. Ogohlantirish. Islom To'xtaxo'jaev
vaqtni cho'zgani uchun

27. Ogohlantirish. Lutfulla To'raev
hakam bilan gap talashgani uchun

26.
Hushtakdan so'ng darvozaga zarba bergani uchun Ikrom Aliboev ogohlantirildi

26. Xavfli vaziyat! Kichik Hasanov o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, Sanjar SHoahmedov zarba bera olmay qoldi...

25.
"Lokomotiv"ning hujumi...Jasur Hasanovning pasidan so'ng o'ng qanotdagi Jasur Hasanov zarba berdi, biroz noaniq.

23. ZARBAAAAAAAAA! Grafite jarima maydoni ichidan zarba berdi, yaxshiki to'p noaniq ketdi!

20.
Ikrom Aliboev jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba berdi, noaniq!

17.
"Al Sadd" bosh murabbiyi Hussayin Amotta maydon chetida asabiylashmoqda.

16.
Qatarliklar hujumga o'tishdi, ammo Grafite tomon to'p etib borgani yo'q.

14. To'raev to'pni chapga katta Hasanovga uzatdi, uning jarima maydoniga uzatgan to'pini Bikmaev to'xtatib olib darvozaga yo'lladi - 2:0.

14. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! BIKMAEV! 2:0

12.
Mehmonlar burchak to'pini amalga oshirishdi, Mamur Ikromov to'pni mushtlari bilan qaytarib yubordi

10.
"Loko" ancha shijoat bilan o'ynamoqda...Aliboev ancha faol. Katta Hasanovga qulay imkoniyat bo'lgandi, ammo u zarba bera olmadi

9.
Kichik Jasur Hasanov o'ng qanotdan oldinga o'tdi, ammo qoida buzdi va hujum to'xtadi

7. Sardor Mirzaev o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, Ikrom Aliboevning zarbasini darvzabon qaytardi, qaytgan to'pni Bikmaev darvozaga yo'lladi - 1:0.

7. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MARAT BIKMAEV!

4.
Lutfulla To'raev yana raqibni yiqitdi, yana xavfli jarima to'pi. To'p himoyachilarga tegib qaytdi

3.
Murkui jarima maydoni yonida yiqitildi, Hasan Al Haydosning zarbasini To'raev maydon tashqarisiga chiqarib yubordi

2. Xavfli vaziyat! Kichik Jasur Hasanov o'ngdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, darvozabon va himoyachi to'qnashib ketishdi, ammo uning yonida "Loko"dan hech kim yo'q edi!

1.
"Loko" bahsni hujumkor boshladi. CHap qanotdan katta Jasur Hasanov jarima maydoniga kirishga urindi, yo'q o'xshamadi

1. Uchrashuv boshlandi!

-
O'yinni oq libosdagi "Lokomotiv" boshlab beradigan bo'ldi. Dastlabki bo'limda "Al Sadd" o'ng tomonda o'ynaydi.

- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. "Lokomotiv" stadionidan reportajimizni boshlaymiz. OCHL 4-turi doirasida "Lokomotiv" Qatarning "Al Sadd" klubini qabul qiladi.

- Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика