Etti futbolchi APLda oy o'yinchisi nomiga davogar
05 may 2017 16:50
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/251855_original.jpg)
![](/upload/storage/251855_220.jpg)
Etti futbolchi APLda oy o'yinchisi nomiga davogar
Davogarlar ro'yxati bilan tanishing: Serxio Aguero (Manchester Siti), Erik Bayi (Manchester Yunayted), Kristian Benteke (Kristal Pelas), Kristian Eriksen, Son Xyn Min, Yan Vertongen (hammasi – Tottenxem), Eden Azar (CHelsi).
Aguero aprelda APLning 6 ta uchrashuvida 5 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi. Erik Bayi esa 7 ta uchrashuvdan 6 tasida to'liq o'ynadi.
Eden Azar "CHelsi" safida 6 ta uchrashuvda 4 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi. "Kristal Pelas" hujumchisi Kristian Benteke 7 ta uchrashuvda 5 ta gol urib, 1 ta golli pas berdi.
Son Xyon Min "Tottenxem"ning 6 ta uchrashuvida 5 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi, Kristian Eriksen 2 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi, Yan Vertongen esa 6 ta uchrashuvni to'liq o'tkazdi.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar