Etakchilik ilinjida: A Seriya 25 turi prevyusi
12 fev 2022 14:25
Yangiliklar
Etakchilik ilinjida: A Seriya 25 turi prevyusi
"Napoli" - "Inter"
"Napoli" chindan yaxshi tezlik oldi va skudetto uchun kurashga to'liq qaytdi deyishimiz mumkin. Spalletti deyarli barcha futbolchilari xizmatidan foydalanishi mumkin, tanlov imkoniyati etarlicha. Endigina Afrika Kubogidan qaytgan chempion Kulibalining uchrashuvga qanchalik tayyorligi faqatgina jamoadagilarga malum. SHuningdek, Lozano ham elkasidagi og'riqlardan azob chekmoqda. "Inter" safida Bastoni maydonga tusha olmasligi aniq va Indzagi himoya markaziga kimni tushirishni yaxshilab o'ylab ko'rishi lozim. Korrea hamon lazaretda, jamoaning yangi azosi Gosens esa martdagina safga qaytishi kutilmoqda. Hujumda yana Lautaro va Jeko juftligini ko'rsak kerak.
"Inter" birinchi davrada "Napoli"ga A Seriyadagi birinchi mag'lubiyatni "sovg'a qildi". "Neradzurri" o'z maydonida 3-2 hisobida zafar quchgandi. Bu safar to'qnashuv Neapolda o'tsada, bukmekerlar aynan "Inter"ni favorit sifatida ko'rmoqda. Nazarimizda "Napoli" pand berishidan cho'chishmoqda, boshqa tomondan "Inter" qarshi hujumlarda ham o'ta xavfli harakat qila oladi. Nima bo'lganda ham bizni qiziqarli bellashuv kutib turibdi.
SSC Napoli Lorenzo Insigne - 7' |
Serie A . 25-tur 12/02/2022, 22:00 1
:
1
Tugadi
|
Inter Edin Dzeko - 47' |
Stadion: Diego Armando Maradona, 27000 tomoshabin
Bosh hakam: Daniele Doveri
"Milan" - "Sampdoriya"
Pioli kamida Teo Ernandes xizmatlaridan foydalana olmaydi. Futbolchi derbida qizil kartochka olgani yodingizdan chiqmagan bo'lsa kerak. Kalabriya yoki Florenci o'zlari uchun odatiy bo'lmagan poziciyada harakat qilishlariga to'g'ri keladi. Tajribali Ibragimovich ham o'yingacha to'liq tayyor bo'lib ulgurmaydi chog'i, Gabbia va Ballo-Ture ham milanliklarga yordam bera olishmaydi. Biroq Tomori va Rebich safga qaytib ulgurgan. Jampaolo esa Gabbyadinisiz harakat qilishiga to'g'ri keladi. Uning o'rnini yaqinda okean ortidan kelgan Jovinko egallashi kutilmoqda. Qolgan barcha etakchilar safda va yaxshi sport formasida.
So'nggi bor ushbu jamoalar to'qnash kelganida "Milan" Diasning yagona goli evaziga g'alabani qo'lga kiritgandi. Hozir jamoa imkoniyatlari undanda yaxshiroq deb qaralmoqda. So'nggi vaqtlarda "rossoneri" ajoyib o'yin ko'rsatmoqda, ammo shu o'rinda "Sampdoriya" ham ijobiy taassurot qoldirayotganini takidlash lozim. Qo'shimchasiga Jampaolo o'ziga etarlicha vaqt va ishonch bildirmagan klubga qarshi o'yinda ikki barobar ishtiyoq bilan g'alabaga intiladi.
AC Milan Rafael Leao - 8' |
Serie A . 25-tur 13/02/2022, 16:30 0
:
1
Tugadi
|
Sampdoria |
Stadion: San Siro, 35710 tomoshabin
Bosh hakam: Daniele Chiffi
"Sassuolo" - "Roma"
"Sampdoriya"dan 0-4 hisobidagi mag'lubiyat va mamlakat Kubogidan chiqib ketish bilan "neroverdi"ning muammolari yakunlanmaydi. "Jalorossi"ga qarshi o'yinni Skamakka va Raspadori o'tkazib yuboradi, shunday ekan oldingi chiziqda Defrel va Traoreni ko'ramiz. Romanya va Obyangning o'yinda ishtirok eta olishi so'roq ostida qolmoqda. Joze Mourino esa Ibanesni maydonga tushira olmaydi, futbolchi jarohatidan forig' bo'lib ulgurmadi. SHuningdek, qizil kartochka ishlab olgan Zanoloni ham ko'rmaymiz. Uning o'rnini katta ehtimol Stefan El-SHaaravi egallaydi.
O'zaro o'yinlarning oxirgisida "Roma" 2-1 hisobida ustun kelgan. Hozir ham rimliklar safarda harakat qilishiga qaramay, favorit deb hisoblanmoqda. Jamoaning ishlari u qadar yurishmayotgandek, biroq "bo'rilar" evrokuboklar uchun kurasha oladigan jamoaligini isbotlash vaqti etdi.
Sassuolo Chris Smalling - 47', Hamed Traore - 73' |
Serie A . 25-tur 13/02/2022, 22:00 2
:
2
Tugadi
|
Roma Tammy Abraham - 45', Bryan Cristante - 90' |
Stadion: Stadio Mapei - Citta del Tricolore, 8000 tomoshabin
Bosh hakam: Marco Guida
"Atalanta" - "Yuventus"
Musso qizil kartochka olgani tufayli, "Atalanta" darvozasini Rossi qo'riqlaydi. Ilichich va Miranchuk jarohati sabab jamoasiga yordam berolmaydi. O'tgan o'yinda maydonga tushib, jarohati qaytalagan Sapata ham o'yinni o'tkazib yuboradi. "Keksa sinora"da ham yo'qotishlar yo'q emas. Kuadradoda mushak og'rig'i bor, o'yingacha tiklanib ulgurishi aniq emas. Kellini va Bernardeski ham maydonga tushishmaydi. Keza haqida gapirmasa ham bo'ladi. Biroq yaxshi formadagi Vlaxovich va Dibala hujumda harakatlanishadi.
Oxirgi uchrashuvda "Atalanta" Turindan 1:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytgandi. Bu gal esa "Yuventus" Bergamoda mehmon bo'ladi va favorit hisoblanmoqda. Sababi Musso va Sapataning yo'qligi bergamoliklarga qattiq zarba bo'ladi. "Yuventus" esa ancha yaxshilangan va skudetto uchun bor kuchi bilan harakat qilmoqda. SHuningdek, agar g'alaba qozonsa, turnir jadvalida "Atalanta"dan oldinga o'tib oladi.
Atalanta Ruslan Malinovsky - 76' |
Serie A . 25-tur 14/02/2022, 00:45 1
:
1
Tugadi
|
Juventus Danilo - 90' |
Stadion: Gewiss Stadium, 9731 tomoshabin
Bosh hakam: Maurizio Mariani
"Speciya" - "Fiorentina"
Bastoni jarohat olgan, Leo Sena va SHer ham uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Ammo o'tgan bahsda ajoyib o'ynagan Verde va Nvankvo yaxshi formada ekani quvonarli. Italiya Kubogidagi muvaffaqiyatdan so'ng "Fiorentina" chempionat doirasida "burgutlar"ga boy berilgan bellashuv alamini olishlari zarur. Katta ehtimol bilan Pentek asosiy tarkibda maydonga tushadi, Kabral esa o'yin davomida hujumni kuchaytirishi mumkin. Umuman olganda, tarkib "Atalanta"ga qarshi bahsdan katta farq qilmaydi.
O'tgan gal "fialkalar" "Speciya"ni 3:0 hisobida mag'lub etishgan, Vlaxovich esa xet-trik qayd etgandi. To'g'ri, Dushan boshqa jamoa sharafini himoya qilayotgan bo'lsa-da, "Fiorentina" favorit sanalmoqda.
Spezia Kevin Agudelo - 74' |
Serie A . 25-tur 15/02/2022, 00:45 2
:
1
Tugadi
|
Fiorentina Krzysztof Piatek - 42', Sofyan Amrabat - 89' |
Stadion: Stadio Alberto Picco, 5000 tomoshabin
Bosh hakam: Matteo Marchetti
Sergey Rumyancev
Fikrlar