So’nggi yangiliklar

19:11"Mirabror Usmanov Cup-2024". Финал учун Ўзбекистон таркиби маълум  0 19:05Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:1 (матнли трансляция)  195 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  1 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  44 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  2 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  11 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  21 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  10 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  3 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  7

Etakchilar o'rnida o'zgarishlar: A Seriya 6-tur yakunlari Yangiliklar

Etakchilar o'rnida o'zgarishlar: A Seriya 6-tur yakunlari

Kecha A Seriya navbatdagi turining so'nggi o'yini bo'lib o'tdi.

"Yuventus" "Sampdoriya"ni mag'lub etdi

"Speciya"ga qarshi o'tgan qiyin uchrashuvdan so'ng, Allegri shogirdlari maydonga o'zgacha ishtiyoq bilan tushib kelishdi. Bahsning 10-daqiqasidayoq Lokatelli to'pni Dibalaga oshirdi, u esa to'pni erga tushirmay zarba berdi va to'g'ri davroza burchagini nishonga oldi. Dibala biroz o'tib Kezaga ajoyib vaziyat yaratib berdi, Federiko urinishi yaxshi chiqdi, ammo darvoza ustuni to'pni o'ziga qabul qildi. "Yuventus" bosim uyushtirishda davom etdi, Morata yaqin masofadan zarba berdi, biroq Audero to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Birinchi taym oxirlarida penalti belgilandi, to'p yoniga Bonuchchi keldi va imkoniyatdan unumli foydalandi. Ammo oradan 1 daqiqa o'tib, "Sampdoriya" qarshi hujum uyushtirdi va Kandreva qanotdan bergan pasini Yosida to'g'ri raqib darvozasiga joylab qo'ydi.

"Yuventus" 2-taym boshidan samarali harakat qila boshladi. Jarohat olgan Dibalaning o'rniga maydonga tushgan Kulushevski qanot bo'ylab harakatlandi, Lokatelliga to'pni etkazib berdi va Manuel imkoniyatdan unumli foydalandi. Birozdan so'ng Bentankur hisobdagi farqni yana oshirishi mumkin edi, lekin Audero to'pni ushlab oldi. Biroq 2-taym oxirlarida "Sampdoriya" yana hujum qila boshladi va Silvaning qanotdan bergan uzatmasini Kandreva kuchli zarba bilan darvozaga joylab qo'ydi. 

"Sampa" futbolchilari yana gol urishga harakat qilib ko'rishdi, ammo boshqa imkon bo'lmadi. "Yuventus" ketma-ket 2-g'alabasiga erishgan bo'lsa-da, himoya chizig'i borasida jiddiy o'ylab ko'rishi lozim.


"Inter" va "Atalanta" murosa yo'lini tanladi

"Neradzurri" o'yin boshidan mehmonlarga bosim o'tkaza boshladi va bu tezkor gol bo'lishida yordam berdi. Ajoyib formadagi Nikolo Barella sherigiga qanotdan to'pni oshirdi, Lautaro esa 5-daqiqadayoq raqib darvozasini ishg'ol qildi. O'yin biroz muddatga tinchlanganek tuyulgandi, Malinovskiy uni jonlantirdi. Qizig'i, Ruslan gol urishiga hech kim to'sqinlik qilmadi. Oradan 8 daqiqa o'tib esa Toloy gol urdi.

Tanaffusdan so'ng Malinovskiy yana samarali harakat amalga oshirmoqchi edi, biroq to'p darvoza ustuniga tegdi. Inzagi esa o'yinchilarni almashtirish bilan bahsni jonlantirmoqchi bo'ldi va "Inter" hujumga kirishdi. Avvaliga Musso boshi bilan Vesinoga ajoyib zarba berdi. SHunga o'xshash qator vaziyatlardan so'ng va nihoyat, Dimarkoning zarbasidan so'ng Edin Jeko gol urdi. Haqiqiy drama uchrashuv yakunida sodir bo'ldi. "Inter" penalti ishlab oldi. To'p yoniga Dimarko keldi va ustunni poyladi. Qarshi hujumda esa "bergamasklar" gol urishdi va g'alaba qozondik deb o'ylashgandi. Ammo qayta ko'rilgan videodan ayon bo'ldiki, golli uzatmadan sal avval to'p maydonni tark etgandi. Natijada, bahsda 2:2 hisobi qayd etildi.


"Milan" "Speciya"ni mag'lub etdi

"Qizil-qoralar"ning taqvimi jamoaga biroz qiyinchilik tug'dirishi mumkin, shuning uchun Pioli qator o'zgartirishlar qilayotgani ajablanarli emas. Bahsdagi birinchi vaziyatni "Speciya" yaratdi: Nzola uzoqdan zarba berdi, Manyan esa ishonchni oqladi. "Milan" bunga Teoning jarima maydonidan bergan xavfli zarbasi bilan javob qaytardi, to'p darvoza tepasidan o'tib ketdi.


Tanaffus payti Piolining qator o'zgartirishlari tezlik bilan o'z samarasini berdi. Kalulu qanotdan pas berdi, Daniel Maldini esa boshi bilan to'pni raqib darvozasiga joylab qo'ydi. Maldini sulolasining uchinchi avlodi A Seriyadagi ilk golini urdi. "Milan" yana darhol gol urishi mumkin edi, ammo Leao bergan zarbani darvoza ustuni qaytardi. "Speciya" esa o'z navbatida tashabbusni o'z qo'liga oldi va bir qator xavfli hujumlardan so'ng gol urishga muvaffaq bo'ldi. Daniel Verde 80-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Bahs durang bilan yakunlanadigandek edi, lekin Piolining o'yinchilarni almashtirishi katta yordam berdi. Dias maydonga tushdi va 86-daqiqada Salemakersning uzatmasini darvoza to'riga yo'lladi. Javob golini urish uchun "Speciya"ni kuchi qolmagandi. SHunday qilib bahs "Milan"ning g'alabasi bilan o'z nihoyasiga etdi.


Rim derbisida "Lacio" kuchliroq chiqdi

Rim derbisi anchadan buyon bu qadar qiziqarli bo'lmagandi. O'yinni "burgutlar" faollik bilan boshlashdi. Felipe Andersonning havodan bergan zarbasini Milinkovich-Savich golga aylantirdi. Uchrashuvning 19-daqiqasida CHiro Immobile sherigi Pedroga pas berdi, u esa o'tgan mavsum to'p tepgan klubi darvozasini ishg'ol qildi. SHundan so'ng "Roma" faolroq harakat qilishni boshladi va "bo'rilar" tanaffusgacha niyatiga etdi: Veretuning burchakdan uzatgan to'pni Ibanes darvozaga joylab qo'ydi.

Tanaffusdan keyin "Roma" ko'p hujum qildi, "Lacio" esa ko'proq qarshi hujum uchun qulay vaziyatni kutdi. Natijada, Immobile maydon markazidan darvoza tomon yugurdi va to'pni qizg'onmay, Andersenga oshirdi, u ham imkoniyatdan unumli foydalandi. "Roma" ham bo'sh kelmadi va bor kuchi bilan oldinga intildi. Natijada Zanolo penalti ishlab oldi. To'p yoniga Veretu keldi va gol urdi. Bir qancha qulay vaziyatlar bo'lganiga qaramay, muxlislar boshqa gol ko'rishmadi.


"Napoli" etakchi bo'lib qolmoqda

Neapolliklar o'zlarini eng yaxshi tomondan namoyish etishmoqda. Jamoa bu mavsum ajoyib start qildi. Bu turdagi bahsning 10-daqiqasida Zelinski ajoyib zarba berdi, Osimxen esa to'pni darvoza to'riga joyladi. Valter Madzarri jamoasining himoya chizig'idagi muammolaridan hafsalasi pir bo'ldi. SHunday bo'lsa-da, Viktor Osimxen yana gol urishi mumkin edi, biroq no Krano gol bo'lishiga yo'l qo'ymadi. "Kalyari" esa Ospina darvozasi yonida aytarli hech narsa qilolmadi.

Tanaffusdan so'ng hech nima o'zgarmadi. Osimxenga raqiblari halal bermayotgan bo'lsa-da, raqib posboni yana gol bo'lishiga yo'q qo'ymadi. Biroq nigeriyalik forvard Godinga haqiqiy muammo bo'ldi, u jarima maydonida yiqitildi. Penalti belgilandi. To'p yoniga "Napoli" sardori Lorenso Insine keldi va hech bir muammosiz gol urdi. Spaletti o'yinchilarni almashtirish bilan o'yinga energiya berdi. SHu sababli "Napoli" yana gol urishi mumkin edi, ammo qulay vaziyat bo'lmadi. Biroq "Kalyari" bu safar hech narsa qilolmadi. Natijada, "Napoli" oltinchi g'alabasini qo'lga kiritdi va skudetto uchun asosiy davogarlardan bo'lib qadam tashlamoqda.

SHuningdek, "Veneciya" va "Torino" durang qayd etishdi, "Empoli" "Bolonya" ustidan g'alaba qozondi, "Udineze" "Fiorentina"ga mag'lub bo'ldi.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика